Karimov Oybek Tirkavovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polimer materiallarni haroratga barqarorligini oshirish uchun metallorganik qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3828.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Lutfullaev Sa’dulla Shukurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polimer materiallarni haroratga barqarorligini oshirish uchun metallorganik qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tereftal kislota, sirka kislota, kobalt gidroksid, mis (II) gidroksid, rux oksid, magniy gidroksidlar asosida metallorganik birikmalar sintez qilingan va ushbu birikmalar bilan polietilen, polipropilen polimerlari modifikatsiyalangan;
metallorganik birikmalar asosidagi modifikatorlar sintez qilishning optimal nisbatlari va fizik – kimyoviy xossalari aniqlangan;
metallorganik birikmalar asosidagi modifikatorlarni sintez qilish va polimer materiallarga qo‘llashning optimal nisbatlari aniqlangan hamda ularni haroratga barqarorligi 466 oC haroratda 50% massa yo‘qotishga yaxshilanganligi asoslangan;
modifikatsiyalangan haroratga barqaror polimer materiallarni yong‘inga bardoshligi bo‘yicha kislorod indeksi (KI %) 24% dan 38,7% gacha oshganligi aniqlangan;
analoglarga nisbatan iqtisodiy samaradorlik 5,5 % ga yuqori bo‘lgan metallorganik birikmalar asosidagi modifikatorlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polimer materiallarni harorat va yong‘inga barqarorligini oshirish uchun metallorganik birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metallorganik birikmalar bilan polimer materiallarini modifikatsiyalab olingan haroratbardosh materiallar “Staterm” va “Seven Systems” MChJ korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekistin Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining 2023 yil 20 iyundagi 6/4/38-1729-son ma’lumotnomasi). Natijada, haroratga va yong‘inga barqaror polimer qurilish materiallarni olish uchun polifunksional xususiyatga ega metallorganik modikatorlarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
polipropilen asosidagi polimerlar uchun haroratbardoshlikni oshiruvchi metallorganik modifikatorlar “Staterm” MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekistin Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining 2023 yil 20 iyundagi 6/4/38-1729-son ma’lumotnomasi). Natijada, polimer materiallari uchun metallorganik modifikatorlar olish texnologiyasi va tashkilot standarti ishlab chiqish hamda iqtisodiy samaradorligini o‘rtacha 5,5 % ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish