Yangiboev Elmurod Chorshanbievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati sudralib yuruvchilarining faunasi, ekologiyasi va ahamiyati», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B643.
Ilmiy rahbar: Raximov Matnazar Shomurodovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Djaloliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Jabborov Abdurashid Rayimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatida tarqalgan sudralib yuruvchilarning tur tarkibi va ekologik xususiyatlarini aniqlash, noyob hamda kamayib borayotgan turlarning muhofaza choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati sudralib yuruvchilari zamonaviy holati tahlil qilinib, 2 turkum, 12 oila, 23 urug‘ga mansub 35 tur aniqlangan;
sudralib yuruvchilardan - Eremias nigrocellata turi Qashqadaryo viloyati faunasi uchun ilk bor aniqlangan;
Qashqadaryo viloyati turli biotoplarida sudralib yuruvchilarning tarqalishiga ko‘ra Eremias velox cho‘l va adir biogeotsenozlari dominant turi, Pseudopodus apodus adir biogeotsenozi dominant turi hamda Tenuidactylus fedschenkoi tog‘ biogeotsenozi dominant turi sifatida aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatida Eremias nigrocellata, Platyceps karelini, Echis carinatus, Lycodon striatus va Gloydius caraganus zichligi kamayib borayotgan turlar ekanligi  isbotlangan;
sudralib yuruvchilarning morfologik-geometrik belgilari asosida zamonaviy dasturlar yordamida Testudinidae, Lacertidae, Colubridae va Psammophiidae oilalariga tegishli turlarning matematik modellari (matrikslari) yaratilgan;
viloyat hududida tarqalgan noyob va kamayib borayotgan Testudo horsfieldii, Varanus griseus, Eryx tataricus, va Naja oxiana turlaridan noqonuniy foydalanilishning tur holatiga salbiy ta’siri ochib berilgan;
Qashqadaryo viloyat hududida Testudo horsfieldii horsfieldii va Testudo horsfieldii bogdanovi kenja tur vakillariga morfologik jihatdan o‘xshash individlar tarqalganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyati sudralib yuruvchilarining faunasi, ekologiyasi va ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyatida tarqalgan sudralib yuruvchilarning 16 urug‘ga mansub 22 turdan iborat 27 nusxa namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2022 yil 19 sentyabrdagi 4/1255-2292-son ma’lumotnomasi), Natijada, namunalar Qashqadaryo viloyatida uchraydigan sudralib yuruvchi hayvon turlari fondini boyitgan va ular populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash hamda kadastr ma’lumotlarini tayyorlash imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatda sudralib yuruvchilar faunasining xilma-xilligini aniqlash va zamonaviy holatiga baho berish, kadastrini tuzish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2022 yil 13 oktyabrdagi 03-02/7-2224-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatida uchraydigan sudralib yuruvchi hayvon turlari populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash, muhofaza etish choralarini ishlab chiqish hamda kadastr ma’lumotlarini tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish