Joldasov Axmet Saginbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirish va hududiy tarkibini takomillashtirish», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Gr304.
Ilmiy rahbar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/31.10.2022.Gr.20.08.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Lutfullo Zeydullaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Radjapov Furkat Turakulovich, Rajabov Furqat Turakulovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslarining tanqisligini inobatga olib chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish va uning hududiy tarkibini takomillashtirish yuzasidan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq tumanlari kesimida yirik shoxli qoramollar bosh soni va ekin maydonlarini hisobga olgan holda qoramolchilik, qo‘y va echkilar bosh soni va yaylov maydonlarini hisobga olgan holda qo‘y va echkichilikning rivojlanganlik indekslari hisoblab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi va ixtisoslashuvi aks ettirilgan 1:1 000 000 masshtabli turkum xaritalar ishlab chiqilgan;
chorvachilikning tarmoqlar tarkibi va joylanishi, ularga ta’sir etuvchi tabiiy-geografik omillarni hisobga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi 5 ta (Markaziy, Janubi-sharqiy, Shimoli-sharqiy, G‘arbiy, Shimoliy) chorvachilik rayoniga ajratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turli chorva mollarining bosh soni va chorvachilik mahsulotlarini etishtirish miqdori ekstrapolyasiya usulidan foydalangan holda 2030-yilgacha davrga prognoz qilingan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida cheklangan suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda tumanlar qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvini takomillashtirish maqsadida ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekinlari ulushini ko‘paytirish va shu asosda chorvachilik mahsulotlarini etishtirish hajmini oshirish yuzasidan tumanlar kesimida ilmiy-amaliy tavsiyalar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilikning rivojlanishi va hududiy tashkil etilishining muammolari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chorvachilikning tarmoqlar tarkibi va joylanishi, ularga ta’sir etuvchi tabiiy geografik omillarni hisobga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi 5 ta (Markaziy, Janubi-sharqiy, Shimoli-sharqiy, G‘arbiy, Shimoliy) chorvachilik rayonga ajratilganligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-120-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 fevraldagi 03/026-781-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida mahalliy sharoitdan kelib chiqib chorvachilikning ixtisoslashuvini takomillashtirish yuzasidan choralarni ishlab chiqishga asos yaratilgan.
Qishloq tumanlari kesimida yirik shoxli qoramollar bosh soni va ekin maydonlarini hisobga olgan holda hisoblab chiqilgan qoramolchilik, qo‘y va echkilar bosh soni va yaylov maydonlarini hisobga olgan holda hisoblab chiqilgan qo‘y va echkichilikning rivojlanganlik indekslari Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik sohasining rivojlanish ko‘rsatkichlarining monitoring tizimini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 27-fevraldagi 03/026-781-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika qishloq tumanlarida chorvachilik sohasining hududiy tarkibini baholashning tizimliligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turli chorva mollarning bosh soni va chorvachilik mahsulotlarini etishtirish miqdori ekstrapolyasiya usulidan foydalangan holda 2030-yilgacha davrga qilingan prognoz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-120 sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 27-fevraldagi 03/026-781-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining maqsadli parametrlarini belgilash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi va ixtisoslashuvi aks ettirilgan 1:1 000 000 masshtabli turkum xaritalar hududlarda chorvachilikning ko‘rsatkichlari, ozuqa resurslari va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 fevraldagi 03/026-781-son ma’lumotnomasi). Natijada, chorvachilik tarmoqlarining hududiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlashtirishga imkon yaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida cheklangan suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda tumanlar qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvini takomillashtirish maqsadida ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekinlari ulushini ko‘paytirish va shu asosda chorvachilik mahsulotlarini etishtirish hajmini oshirish yuzasidan tumanlar kesimidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘istonda istiqbolda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 fevraldagi 03/026-781-son ma’lumotnomasi). Natijada, tegishli chora-tadbirlarning manzilliligini ta’minlash imkonini bergan.