Ismatov Jaxongir Atavullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston monoshaharlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining omillari, muammolari va istiqbollari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Gr270.
Ilmiy rahbar: Rajabov Furqat Turakulovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/31.10.2022.Gr.20.08.
Rasmiy opponentlar: Jumaxanov Shavkatjon Zairjanovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Embergenov Navriz Janabaevish, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston monoshaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini tahlil qilish asosida ularni muqobil rivojlantirish yo‘llarini belgilash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston shahar va shaharchalarining ularda joylashgan iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy obektlar tarkibi, hududiy ta’sir doirasi hamda siyosiy-ma’muriy ahamiyatini hisobga olgan holda funksional tipologiyasi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston shahar manzilgohlari shahar hosil qiluvchi funksiyalarining tahlili asosida ilk bor respublikadagi monoshaharlar tarkibi aniqlashtirilgan, ularning iqtisodiy geografik tiplari ajratilgan;
shahar hosil qiluvchi bazaviy ishlab chiqarish obektlari (mineral xomashyo konlari, sanoat korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqalar) faoliyati to‘xtagan, biroq demografik salohiyati saqlanib, aholi uchun faqat yashash maskaniga aylangan shahar manzilgohlarini ifodalash uchun ilk bor ilmiy muomalaga “relikt shahar” atamasi kiritilgan;
respublika monoshaharlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muqobil yo‘llarini belgilab beradigan iqtisodiy geografik omillar (shahar va shaharchalarning iqtisodiy geografik o‘rni, mehnat resurslari va malakali ishchi kuchi, tabiiy rekreatsiya resurslari, ishlab chiqarish infratuzilmasi, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan iste’mol talabining hududiy xususiyatlari) asoslangan;
O‘zbekiston monoshaharlarini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari (kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligi darajasini oshirish va tarmoq tarkibini diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash va boshqalar) belgilangan hamda ularga oid tashkiliy, ma’muriy va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi monoshaharlarning tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston monoshaharlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omillari, muammolari va istiqbollarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston shahar va shaharchalarining ularda joylashgan iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy obektlar tarkibi, hududiy ta’sir doirasi hamda siyosiy-ma’muriy ahamiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan funksional tipologiyasi “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 2023-yilda nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy xaritalarining mazmunini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 30 yanvardagi 03/08-797-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika hududlari iqtisodiy xaritalarining shahar manzilgohlariga oid mazmun-mohiyatini boyitishga imkon bergan;
O‘zbekiston shahar manzilgohlari shahar hosil qiluvchi funksiyalarining tahlili asosida ilk bor aniqlashtirilgan respublikadagi monoshaharlar tarkibi, muallif tomonidan ajratilgan ularning iqtisodiy geografik tiplariga oid xulosalari “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 2023 yilda nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy xaritalarining mazmunini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 30 yanvardagi 03/08-797-son ma’lumotnomasi). Natijada, tor ixtisoslashgan shaharlar va shaharchalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini geografik xaritalar yordamida o‘rganish imkoni yaratilgan;
shahar hosil qiluvchi bazaviy ishlab chiqarish obektlari (mineral xomashyo konlari, sanoat korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqalar) faoliyati to‘xtagan, biroq demografik salohiyati saqlanib, aholi uchun faqat yashash maskaniga aylangan shahar manzilgohlarini ifodalash uchun ilk bor ilmiy muommalaga kiritilgan “relikt shahar” atamasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi “2022–2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 155-son Qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 5 fevraldagi PC/01-09/30a-son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar hosil qiluvchi bazasi degradatsiyaga uchragan, lekin aholi soni barqaror saqlangan shahar manzilgohlarining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini alohida ravishda tahlil qilish va baholashning zaruratini asoslash imkonini bergan;
respublika monoshaharlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muqobil yo‘llarini belgilab beradigan iqtisodiy geografik omillar (shahar va shaharchalarning iqtisodiy geografik o‘rni, mehnat resurslari va malakali ishchi kuchi, tabiiy rekreatsiya resurslari, ishlab chiqarish infratuzilmasi, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan iste’mol talabining hududiy xususiyatlari)ga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-213-son Farmoni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 5 fevraldagi PC/01-09/30a-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tor ixtisoslashgan shahar manzilgohlarining sanoat va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari aniqlashtirilgan.
belgilangan O‘zbekiston monoshaharlarini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari (kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligi darajasini oshirish va tarmoq tarkibini diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash va boshqalar) hamda monoshaharlarning tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan tegishli tashkiliy, ma’muriy va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi “2022–2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 155-son Qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 5 fevraldagi PC/01-09/30a-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qoratov, Jumurtov, Qirqqiz singari tor ixtisoslashgan sanoat shaharchalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.