Alekseeva Viktoriya Sergeevnaning

falsafa doktori (PhD) bo‘iycha dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ijtimoiy ishning institut sifatida shakllanishi», 22.00.02– Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Sots8.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Ilmiy rahbar:Ganieva Marifat Xabibovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Sodikova Shoxida Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori; Qodirova Zuxra Rashidovna, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat sa’nat va madaniyat instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ijtimoiy ish institusionallashuvining sotsio-madaniy xususiyatlarini hamda fuqarolik jamiyatini barpo qilishdagi o‘rnini aniqlash.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ijtimoiy ish institutlarining shakllanish va rivojlanish sharoitlari milliy ijtimoiy sohaning tarkibiy elementi va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning vositasi sifatida asoslangan;

ijtimoiy ish institutlarining mazmun mohiyatini tashkil etuvchi umuminsoniy, milliy, dunyoviy va diniy qadriyatlar, shuningdek, mahalla instituti yordamida ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga xizmat ko‘rsatishning qadimgi tuzilmasi mavjudligi, hayriya ishlarining keng tarqalganligi  kabi o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy-madaniy asoslari ochib berilgan;

jamiyatdagi ijtimoiy ish institutlari rivojlanishining asosiy bosqichlari aniqlangan, ijtimoiy ish instituti shakllanishida professional yordam ko‘rsatishga talab va ehtiyoj mavjudligi, mutaxasisslarni tayyorlash, internat muassasalariga ijtimoiy xodim shtat birligini joriy kilish zarurati bo‘yicha takliflar asoslangan hamda ijtimoiy institutlarning ijtimoiy tizimdagi o‘rni ishlab chiqilgan;

faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilgan (sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi, o‘z-o‘zini boshqarish organlari) kabi davlat tashkilotlariga ijtimoiy hizmatchi shtat birligi kiritilishi taklifi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda ijtimoiy ishning institut sifatida shakllanishi bshhyicha olingan natijalar asosida:

Ijtimoiy ish sohasini yanada rivojlantirishga oid takliflardan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2018 yil 10 apreldagi 06/159-son  ma’lumotnomasi). Bu takliflardan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy ishni yanada takomillashtirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarining mazmunini keng miqyosda tushuntirish, mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar samardorligini yanada takomillashtirish va “Ijtimoiy ish etikasi” sifatini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 apreldagi 89-03-1541-ma’lumotnomasi). Tadqiqotda berilgan takliflardan natijalaridan ijtimoiy ish instituti shakllanishida professional yordam ko‘rsatishga talab va ehtiyoj mavjudligi, mutaxassislarni tayyorlash, internat muassasalariga ijtimoiy xodim shtat birligini joriy kilish mexanizmini ishlab chiqishga xizmat qilgan;

O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini ilmiy taxlil qilishga, mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishda ijtimoiy ishning istiqbollarni aniqlashga xizmat qildi.  Taklif va tavsiyalar asosida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni o‘rganish jarayonida O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda ijtimoiy ish soxasining institusionallashuv jarayonlarini baxolash “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikri o‘rganish markazning tadkikot  amaliyotiga joriy qilingan (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikri o‘rganish markazining 2018 yil 7 maydagi 01-16/166-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalari talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini keng miqyosda tushuntirish, ta’lim tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

milliy ijtimoiy sohaning tarkibiy elementlari va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning vositalari ekanligini Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2018   yil 17 martdagi 06 /123-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining ijtimoiy ish borasida malaka oshirishlarini tashkil qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish