Ataqulova Dilbar Dusmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gazlarni tozalash qurilmasida korroziyaga qarshi aminonitrilli ingibitorlar olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4079.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Mingniqul Jumagulovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nordon tarkibli gazlarni tozalash qurilmasini korroziyalanishiga qarshi aminonitrilli korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atsetonsiangidrin va alifatik diaminlarning o‘zaro ta’sir reaksiyasi asosida MAD turidagi ingibitorlarni ishlab chiqarishning optimal texnologik parametrlari: reagentlar miqdori 2:1 nisbatlarida, harorat t=25-35 0C, bosim P=101325 Pa va reaksiya davomiyligi υ=5 soat ekanligi aniqlangan;
tabiiy gazni tozalash qurilmalarini korroziyadan himoyalashda, kislotali agressiv muhitida 2,7-dimetil-2,7-disiano-3,6-diazaoktan, 2,8-dimetil-2,8-disiano-3,7-diazanonan, 2,9-dimetil-2,9-disiano-3,10-diazadekan moddalarining ingibirlash samaradorligi yuqori ekanligi ilmiy asoslangan;
nordon tarkibli gazlarni tozalash qurilmasi, St.20 va St.235 markali po‘lat namunalarini korroziyadan himoyalash samaradorligining tadbiq etilgan ingibitorlar molekulasidagi funksional guruhlar tabiatiga, muhitga, haroratga, vaqtga va ingibitor konsentratsiyasiga bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
gazlarni tozalash qurilmalaridagi korroziyaga qarshi aminonitrilli ingibitorlar olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alifatik aminonitrillar asosida olingan yangi turdagi ingibitorlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan korroziya ingibitorlari (MAD-20 ) “Gissarneftgaz” QK MChJda amaliyotga joriy etilgan (“GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston-Shveysariya qoshma korxonasi masuliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 6 sentyabrdagi 005i-sonli malumotnomasi). Natijada, suv-neft emulsiyalarida korroziyadan himoyalash darajasini 98,5 foizgacha oshirish imkonini bergan;
tarkibida nitril- va amino- funksional gruhlari saqlovchi ingibitorlar “O‘zbekneftegaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2022 yil 19 oktyabrdagi 854/GK-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aminonitrillar asosida yangi 2,7-dimetil-2,7-disiano-3,6-diazaoktan (MAD) korroziya ingibitori sifatida qo‘llanilganda neft va gaz sanoati metallokonstruksion uskunalari va qurilmalarining ekspluatsion muddatlarini 10-13 % ga oshish imkonini bergan.