Gulimmatov Ikrom Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati aholi manzilgohlarini tadqiq qilishda zamonaviy metodlardan foydalanish», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr220.
Ilmiy rahbar: Avezov Sattarbergan Atabaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshibaevna, geografiya fanlari doktori, professor; Gulmurodov Farrux Eshmurodovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati aholi manzilgohlari hududiy rivojlanishini zamonaviy sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va GAT texnologiyalari asosida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyat aholi manzilgohlari shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillari (tabiiy, irrigatsiya va transport tarmoqlariga yaqinlik, tuproq unumdorligi, relief va er osti suvlari omillari) aniqlangan hamda 5 darajali (juda qulay, qulay, o‘rtacha qulay, noqulay, juda noqulay) baholangan;
geoma’lumotlar bazasini shakllantirish asosida mahallalar kesimida aholi joylashuvi va zichligi kartalari ArcMap, ArcGIS, QGIS dasturlarida yaratilgan;
viloyat aholi manzilgohlarini hududiy o‘zgarishini arxiv ma’lumotlari, topografik kartalar, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari, kadastr kartalari va veb-kartalardan foydalanib GAT texnologiyalarida baholangan;
er resurslaridan samarali foydalanish, aholini qulay turmush sharoitini shakllantirish, aholi manzilgohlari barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida viloyat miqyosida potensial aholi manzilgohlarini tashkil qilish uchun qulay bo‘lgan hududlar GAT texnologiyalarining ko‘p ko‘rsatkichli baholash (MCDA) usullarida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyati aholi manzilgohlarining GAT texnologiyalarda tahlili va aholi joylashuvini optimal tashkil qilishni amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijallari asosida:
Xorazm viloyati aholi manzilgohlari shakllanishi va joylashuviga ta’sir qiluvchi omillar tahlili asosida 526 ta mahalla chegaralari bo‘yicha elektron yaratilgan xaritasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 25-dekabrdagi 03/13-3149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholi joylashuvining hududiy jihatlarini mahallalar kesimida tahlil qilishga erishilgan;
geografik axborot tizimlaridan foydalangan holda viloyat aholi manzilgohlarining hududiy dinamikasini arxiv ma’lumotlari, topografik xaritalar, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari, aholi xaritalaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 25-dekabrdagi 03/13-3149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholi manzilgohlarining hududiy o‘zgarishini monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
tavsiya etilgan potensial aholi manzilgohlarini hududiy tashkil qilish masalalarida geografik axborot tizimlarining (GAT) ishlab chiqilgan ko‘p ko‘rsatkichli tahlil va baholash usuli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 25-dekabrdagi 03/13-3149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi aholi manzilgohlarini joylashtirishda qishloq xo‘jalik erlarini qisqarishini oldini olgan holda optimal tashkil etish imkonini bergan;
GAT texnologiyalari va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida aniqlangan Xorazm viloyati aholi manzilgohlari hududiy kengayishi yo‘nalishlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 25-dekabrdagi 03/13-3149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar miqyosida aholi manzilgohlarining hududiy dinamikasini nazorat qilishning chora tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanish imkonini bergan.