Xudayberganova Ruxsora Tadjibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni sanoatining rivojlanishi va hududiy tarkibini takomillashtirish», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr289.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisod fanlari doktori, professor; Xodjaeva Gulya Ashirbaevna, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni sanoatini rivojlantirish va hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ekologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mazkur hudud sanoat tarmoqlari rivojlanishi va joylanishiga ta’sir etuvchi (xom ashyo, suv, yoqilg‘i-energetika, transport, mehnat resurslari, iste’mol, texnologik, ekologik) omillarning ta’siri aniqlangan;
iqtisodiy rayon sanoatining yanada samarali rivojlanishini ta’minlash maqsadida foydalanishga jalb etilmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qizketgan, Jamansoy, Darbozatov, Qaxralisoy, Ko‘lli, Janubiy-3 va Xorazm viloyatidagi Qoraqum, Bazirgon konlarini ishga tushirish orqali qurilish materiallari va kimyo sanoatiga ixtisoslashgan sanoat korxonalarini tashkil etish asoslangan;
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini matematik modellashtirish orqali Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognozi ishlab chiqilgan;
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida ajratilgan sanoat rayonlari kesimida, ishchi kuchi va mineral xom ashyoga boy bo‘lgan tumanlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali kimyo, engil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni sanoatini rivojlantirish va hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ekologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mazkur hudud sanoat tarmoqlari rivojlanishi va joylanishiga ta’sir etuvchi (xom ashyo, suv, yoqilg‘i - energetika, transport, mehnat resurslari, iste’mol, texnologik, ekologik) omillarning ta’sirini aniqlashtirishga doir ma’lumotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2023 yil 22 dekabrdagi UX-22/04-2424-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy rayonda tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik, transport infratuzilmasi va mavjud mehnat resurslari imkoniyatlari hamda ekologik toza yuqori texnologiyalar kabi omillarning sanoatni hududiy tashkil etishga ta’sirini aniqlash imkonini bergan;
iqtisodiy rayon sanoatining yanada samarali rivojlanishini ta’minlash maqsadida foydalanishga jalb etilmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qizketgan, Jamansoy, Darbozatov, Qaxralisoy, Ko‘lli, Janubiy-3 va Xorazm viloyatidagi Qoraqum, Bazirgon konlarini ishga tushirish orqali qurilish materiallari va kimyo sanoatiga ixtisoslashgan sanoat korxonalarini tashkil etish taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2023 yil 22 dekabrdagi UX-22/04-2424-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy rayondagi ishlab chiqarishga jalb etilmagan foydali qazilma konlarining imkoniyatlaridan foydalanish asosida qurilish materiallari va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish salmog‘ini oshirishga erishilgan;
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini matematik modellashtirish orqali Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2023 yil 22 dekabrdagi UX-22/04-2424-son ma’lumotnomasi). Natijada, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati sanoatining istiqbol yo‘nalishlarini belgilash va ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish salohiyatidan samarali foydalanish imkonini bergan;
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida ajratilgan sanoat rayonlari kesimida, ishchi kuchi va mineral xom ashyoga boy bo‘lgan tumanlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali kimyo, engil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2023 yil 22 dekabrdagi UX-22/04-2424-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy rayonda sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiyalash bilan ishlab chiqarish samaradorligini yanada yuksaltirish orqali aholi bandligini ta’minlash choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan.