Raupova Nasiba Shokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishemik insul`tning o‘tkir davrida neyropeptidlarning ahamiyati va diagnostika-davolash usullarini optimallashtirish”, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib.2774.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Qilichev Ubaydullo Abdullaytvich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Po‘latov Sadriddin Sayfullayevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Abi Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik insul`tning o‘tkir davrida neyropeptidlarning reabitatsiyadagi ahamiyatini baholash va mukammal tashxislash – davolash choralarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishemik insul`tning o‘tkir davri bilan og‘rigan bemorlarda nerv to‘qimalarining o‘sish omili (NGF) konsentratsiyasi va miyaning neyrotrofik omili (BDNF) qiymatlariga tayangan holda reabilitatsiya darajalari ishlab chiqilgan;
NiHSS shkalasi bo‘yicha nevrologik etishmovchilik kuchi va nerv tolalari o‘sish omili (NGF) darajasining pasayishi o‘rtasida statistik jihatdan bog‘liqlik aniklangan;
zardobdagi NGF konsentratsiyasiga qarab II ning o‘tkir davrida kundalik faoliyatning buzilish og‘irligini va tashqi yordamga muhtojlikni oldindan aniqlash va nevrologik etishmovchilikni bartaraf etish mexanizmi ishlab chiqilgan;
ishemik insul`t o‘tkir davri bilan og‘rigan bemorlarda nevrologik etishmovchilikni bartaraf etish maqsadida amantadin sulfat va fosfolipidlarni (trikortin) qo‘llash orqali davo taktikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 15 fevral 04-z/48-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Ishemik insul`tning o‘tkir davri bilan og‘rigan bemorlarda nerv to‘qimalarining o‘sish omili (NGF) konsentratsiyasi va miyaning neyrotrofik omili (BDNF) qiymatlariga tayangan holda reabilitatsiya darajalari ishlab chiqilgan, bemorning reabilitaiya darajasiga mos ravishda reabilitatsiya chora tadbirlari tuzilgan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, xamda Milliy tibbiyot birlashmasi klinikalarida 29.01.2024 yildagi 27- sonli va 26.01.2024 yildagi 01-3/8-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi parametrlarga tayangan holda aniq va dallilarga asoslangan individual reabilitatsiya darajalari ishlab chiqilgan va neyroplastika samaradorligini oshirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarning periferik qon tarkibidagi NGF darajasini aniqlagan xolda olib boriladigan kompleks davolash kurs narxi 2 273 295 so‘mni, reabilitatsiya potensialini aniqlamasdan standart kurs narxi esa 2 848 625 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Shunday qilib, xar bir bemorning iqtisodiy samaradorligi reabilitatsiya kursiga 575 330 so‘mni tashkil etgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: NiHSS shkalasi bo‘yicha nevrologik etishmovchilik kuchi va nerv tolalari o‘sish omili (NGF) darajasining pasayishi o‘rtasida statistik jihatdan bog‘liqlik aniklangan. Periferik qondagi NGF konsentratsiyasining dinamikada o‘zgarishi, nevrologik etishmovchilikni oldindan aniqlashga va uni oldini olishga imkon bergan. Shkala va biomarker orasidagi bog‘liklik Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, xamda Milliy tibbiyot birlashmasi klinikalarida 29.01.2024 yildagi 27- sonli va 26.01.2024 yildagi 01-3/8-sonli buyruq asosida o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Motor va sensor afaziyasi bo‘lgan hamda sopor, es-hush buzilishi bor bo‘lgan bemorlarni NISHH shkalasi bo‘yicha baholash qiyinchilik tug‘dirganligi sababli, ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarning nevrologik etishmovchiligi, periferik qon tarkibidagi NGF konsentratsiyasiga tayangan holda baholangan. Bu usul juda qulay, oson va kam vaqtni oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarning periferik qon tarkibidagi NGF darajasini aniqlagan xolda olib boriladigan kompleks davolash kurs narxi 2 273 295 so‘mni, reabilitatsiya potensialini aniqlamasdan standart kurs narxi esa 2 848 625 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tavsiya etilgan biomarker bir nafar bemor hisobiga 575 330 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: zardobdagi NGF konsentratsiyasiga qarab II ning o‘tkir davrida kundalik faoliyatning buzilish og‘irligini va tashqi yordamga muhtojlikni oldindan aniqlash va nevrologik etishmovchilikni bartaraf etish mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu model yordamida nevrologik etishmovchilik darajasi, erta tiklanish davri oxirida oldindan aniqlangan. Olingan natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, xamda Milliy tibbiyot birlashmasi klinikalarida 29.01.2024 yildagi 27- sonli va 26.01.2024 yildagi 01-3/8-sonli buyruq asosida o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chiqilgan matematik model tibbiyot soxasida ayniqsa tez yordam markazlarida bemorlarda kelajakda kuzatilishi mumkin bo‘lgan nogironligini xamda nevrologik etishmovchiliklarni oldindan aniqlashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chikilgan yangi reabilitatsiya darajalari, matematik model va kompleks davolanish natijasida asosiy gurux bemorlarida statsionar davolanish muddatini 3,9 kunga kamaytirgan. Xulosa: Shunday qilib, xar bir bemor uchun bir kunlik davolanish kursi 520 mingni tashkil qiladigan bo‘lsa, bir nafar bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 9 412 000 so‘mni tashkil etgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik : ishemik insul`t o‘tkir davri bilan og‘rigan bemorlarda nevrologik etishmovchilikni bartaraf etish maqsadida amantadin sulfat va fosfolipidlarni (trikortin) qo‘llash orqali davo taktikasi optimallashtirilgan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, xamda Milliy tibbiyot birlashmasi klinikalarida 29.01.2024 yildagi 27- sonli va 26.01.2024 yildagi 01-3/8-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan kompleks davolanish natijasida bemorlarning kasalxonaga davolanish muddati kamaygan va tez yordam bo‘limlariga bo‘sh davolanish o‘rinlarining yaratilishiga imkon bergan, natijada aholi orasida o‘lim kursatgichining pasayishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chikilgan yangi reabilitatsiya darajalari, matematik model va kompleks davolanish natijasida asosiy gurux bemorlarida statsionar davolanish muddatini 3,9 kunga kamaytirgan. Xulosa: Shunday qilib, xar bir bemor uchun bir kunlik davolanish kursi 520 mingni tashkil qiladigan bo‘lsa, bir nafar bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 9 412 000 so‘mni tashkil etgan.