Xusanov Ravshan Axrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «2-tur qandli diabetli miokard infarkti o‘tqazgan bemorlarda remodellashuv jarayonlarini rivojlanishida matriks metalloproteinazarlarning roli» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib1665.
Ilmiy rahbar: Nuritdinov Nuriddin Anvarxodjaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xolmurod Sa’dullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mullabaeva Guzal` Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 2- tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda infarktdan keyingi remodellashuv jarayoni rivojlanishi va bashoratlashda matriks metalloproteinaza-2 va matriks metalloproteinaza-9 rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub 2-tur qandli diabetli miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda matriks metalloproteinaza-2 genining rs243865 polimorfizmi va matriks metalloproteinaza-9 genining rs17576 polimorfizmining tarqalishi va ishtirok etish darajasi aniqlangan;
infarktdan keyingi remodellanish jarayonining rivojlanishida 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda matriks metalloproteniaza- 2 genining (rs243865) va matriks metalloproteniaza-9 genining (rs17576) molekulyar genetik determinantlarining xususiyatlari aniqlangan;
2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda infarktdan keyingi remodellanishning klinik, gumoral, tasviriy va genetik prediktorlarining xususiyatlari aniqlangan;
2-tur qandli diabet negizida miokard infarkti kechishi salbiy oqibati xavfini baholash uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan va unga ko‘ra salbiy oqibat xavfi 2- tur qandli diabet bor bemorlarda 62,2%, diabet yo‘q bemorlarda - 2,8% ni tashkil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 14 dekabrdagi 12/052 son xulosasiga ko‘ra:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub 2-tur qandli diabetli miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda matriks metalloproteinaza-2 geni (rs243865) polimorfizmi va matriks metalloproteinaza-9 geni rs17576 polimorfizmining tarqalishi va ishtirok etish darajasi aniqlangan. Matriks metalloproteinaza-9 geni (rs17576) A>G genotipi polimorfizmini aniqlash miokard infarktidan so‘ng yurakdagi o‘zgarishlar rivojlanishida ahamiyati isbotlagan, ya’ni G-genotipi himoya rolini o‘ynaydi va surunkali yurak etishmovchiligi og‘ir turini rivojlanish havfini kamaytirsa, allel A – genotipi bu xavfni oshirgan. 2-tur qandli diabetli miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda matriks metalloproteinaza-2 va matriks metalloproteinaza-9 genlari polimorfizmini infarktdan keyingi remodellanish jarayonlarini rivojlanishida ahamiyati isbotlanganligi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (01.08.2023yildagi 48-sonli buyruq), Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasi (01.08.2023yildagi 58-sonli buyruq), Yunusobod tumani 53-sonli oilaviy poliklinikasiga amaliyotiga (04.08.2023yildagi 175-sonli buyruq) joriy etilgan. Terapiya, kardiologiya va endokrinologiya ilmiy-amaliy markazlarda matriks metalloproteinaza -2 va matriks metalloproteinaza-9 genlar polimorfizmini aniqlash 2-tur kandli diabet bo‘lgan bemorlarda infarkt miokad o‘tkazgandan so‘ng infarktdan keyingi remodellanish rivojlanish havfini bashoratlaydi, surunkali yurak etishmovchiligi qaysi darajada kechayotganini hamda bunga ko‘ra davolash muolajalari va profilaktik choralar olib borishni ko‘rsatib berishi, shuningdek bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan. 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda metalloproteinazalar miqdorini qon zardobida aniqlash infarktdan keyingi remodellanish jarayonining erta baxolash xisobiga ularni shifoxonada davolash muddatlarini qisqarishiga, ambulator sharoitda o‘tkazishiga, bemorlarni xayot sifatini yaxshilashga olib kelgan. Surunkali yurak etishmovchiligini erta bosqichlarda aniqlash va kasallikni avj olib borishini hamda asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun shifoxona sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 322500 so‘mni tashkil etsa, bir kurs davolanish uchun 1745000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: 2- tur qandli diabetli miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda matriks metalloproteinaza-2 genining rs243865 polimorfizmi va matriks metalloproteinaza-9 genining rs17576 polimorfizmining tarqalishi aniqlash miokard infarktidan keyingi remodellanishni asoratli kechish havfini bashoratlash imkonini bergan.
infarktdan keyingi remodellanish jarayonining rivojlanishida 2- tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda matriks metalloproteniaza- 2 genining (rs243865) va matriks metalloproteniaza-9 genining (rs17576) molekulyar genetik determinantlarining xususiyatlari aniqlangan; Matriks metalloproteinaza -9 dagi (rs17576) A>G genining yovvoyi tur A-alleli statistik jihatdan sezilarli darajada infarktdan keyingi asoratlarni rivojlanish xavfini oshiradi, jumladan ChQ OF <40% gacha 2,16 marta oshirgan. Matriks metalloproteinaza -9 dagi (rs17576) A>G genining infarktdan keyingi asoratlarni rivojlanish xavfini bashoratlashdagi ahamiyati sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (01.08.2023yildagi 48-sonli buyruq), Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasi (01.08.2023yildagi 58-sonli buyruq), Yunusobod tumani 53-sonli oilaviy poliklinikasiga amaliyotiga (04.08.2023yildagi 175-sonli buyruq) joriy etilgan. 2-tur qandli diabet bo‘lib bemorlar miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda matriks metalloproteinaza -9 genining (rs17576) polimorfizmini o‘rganish yovvoyi turdagi allel (A) va gomozigotali A/A- genotipi tashuvchilarda birinchi turdagi remodellanish ehtimoli 2,0 va 2,57 marotaba yuqori bo‘lishi bunday bemorlarda davolash va profilaktika muolajalarini tabaqalashtirish asosida surunkali yurak etishmovchiligini jadallashib borishini susaytiradi va natijada shifoxonaga qayta yotish hamda asoratlar rivojlanishini oldi olingan. 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda metalloproteinazalar miqdorini qon zardobida aniqlash infarktdan keyingi remodellanish jarayonining erta baxolash xisobiga bemorlarni shifoxonada davolash muddatlarini qisqarishiga, ambulator sharoitda o‘tkazilishiga, ularni xayot sifatini yaxshilashga olib kelgan. Surunkali yurak etishmovchiligini erta bosqichlarda aniqlash va kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun shifoxona sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 322500 so‘mni tashkil etsa, bir kurs davolanish 1745000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: 2-tur qandli diabetli miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda matriks metalloproteinaza-9 genining (rs17576) polimorfizmini o‘rganish miokard infarktidan keyingi remodellanishni asoratli rivojlanish havfini bashoratlash, erta bosqichlarida tashxislash va urlarning umr davomiyligini uzaytirish, kasallikning keyingi bosqichiga o‘tishi natijasida kelib chiqadigan nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.
2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda infarktdan keyingi remodellanishning klinik, gumoral, tasviriy va genetik prediktorlarining xususiyatlari aniqlangan. 2-tur qandli diabet bo‘lib bemorlar miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda matriks metalloproteinaza-9 (rs17576) va matriks metalloproteinaza-2 (rs243865) genlari mutatsion tipdagi polimorfizmning mavjudligi miokard infarktidan keyingi remodellashuv jarayonlarida asoratli kechish xavfini 4,2 marta oshiradi, bu ushbu metalloproteinazalarining faolligiga ta’sir etib miokard infarktidan keyingi remodellanish shaklini belgilaydi, ma’lum genetik kombinasiyalar kasallikning rivojlanishi va prognozida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Matriks metalloproteinaza-9 (rs17576) va matriks metalloproteinaza-2 rs243865 genlari polimorfizmi bo‘yicha olingan natijalar va undan olingan xulosalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (01.08.2023yildagi 48-sonli buyruq), Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasi (01.08.2023yildagi 58-sonli buyruq), Yunusobod tumani 53-sonli oilaviy poliklinikasiga amaliyotiga (04.08.2023yildagi 175-sonli buyruq) joriy etilgan. Bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolashga sarf qilinishi mumkin bo‘lgan dori-darmon kamaytirish tufayli shifoxona sharoitda moddiy xarajatlarini kamaytirishga erishildi. Bu esa o‘z navbatida nogironlik ko‘rsatgichlarini kamayishiga va bemorlarning yashash sifatini yanada yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etgan. 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda metalloproteinazalar miqdorini qon zardobida aniqlash miokard infarktdan keyingi remodellanish jarayonining erta baxolash xisobiga urlarni shifoxonada davolash muddatlarini qisqarishiga, ambulator sharoitda o‘tkazishga, ularni xayot sifatini yaxshilashga olib kelgan. Surunkali yurak etishmovchiligini erta bosqichlarda aniqlash va kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun shifoxon sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 322500 so‘mni tashkil etsa, bir kurs davolanish uchun 1745000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: matriks metalloproteinaza-9 (rs17576) va matriks metalloproteinaza-2 (rs243865) genlari mutatsion tiplarini birgalikda kelishi va metalloproteinazalar faolligini o‘zgartirishi miokard infarktidan keyingi remodellanishni asoratli kechish rivojlanish havfini bashoratlash, erta bosqichlarida tashxislash va bemorlarning umr davomiyligini uzaytirish, kasallikning keyingi bosqichiga o‘tishi natijasida kelib chiqadigan nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.
2-tur qandli diabet negizida miokard infarkti kechishi salbiy oqibati xavfini baholash uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra salbiy oqibat xavfi 2- tur qandli diabet bor bemorlarda 62,2%, qandli diabet yo‘q bemorlarda - 2,8% ni tashkil qilgan. 2-tur qandli diabet negizida miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda salbiy oqibati xavfini baholash uchun ball tizimi va kompyuter dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga guvohnoma olingan. Dastur bo‘yicha surunkali yurak etishmovchiligining salbiy oqibat xavfi 2-tur qandli diabet bor bemorlarda 62,2%, qandli diabet yo‘q bemorlarda - 2,8% ni tashkil qildi. Bu dastur amaliyotda qo‘llaniladigan standart biokimyoviy tekshiruvlarni va anamnestik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan va asoratlar rivojlanish havfini bashoratlash va davo muolajalarigi individual yondoshish imkonini bergan. 2-tur qandli diabet negizida miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda salbiy oqibati xavfini baholash uchun ball tizimi va kompyuter dasturi va undan olingan xulosalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (01.08.2023yildagi 48-sonli buyruq), Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasi (01.08.2023yildagi 58-sonli buyruq), Yunusobod tumani 53-sonli oilaviy poliklinikasiga (04.08.2023yildagi 175-sonli buyruq) joriy etilgan. 2-tur qandli diabet negizida miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda salbiy oqibati xavfini baholash uchun ball tizimi va kompyuter dasturi kasallikni kechishi, asoratlar rivojlanish havfini juda oson bashoratlashi va uni shifoxona hamda ambulatoriya sharoitida qo‘llash mumkin. Kasallikga moyillikni aniqlash orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan miokard infarktidan keyingi oqibatlarni oldindan baholash imkonini bergan va kasallikni jadallashib borishini susaytirgan, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlarni talab etmagan va ortiqcha sarf xarajatlarni kamaytirgan. Xulosa: 2-tur qandli diabet negizida miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda salbiy oqibati xavfini baholash uchun ball tizimi va kompyuter dasturidan foydalanish asoratlar rivojlanish havfini bashoratlash, erta bosqichlarida tashxislash va ularni umr davomiyligini uzaytirish, kasallikning keyingi bosqichiga o‘tishi natijasida kelib chiqadigan nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini beragan va qo‘shimcha sarf xarajatlarni kamaytirgan. “2-tur qandli diabetli bemorlarda miokard infarktidan keyingi remodellashuv jarayonlarini rivojlanishida matriks metalloproteinazalarning roli” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 25-martdagi 09-14969-sonli xati yuborilgan.