Kayumova Nafisa Komiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipotireozga chalingan bemorlarda jinsga bog‘liq xolda asab tizimining zararlanish xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib 1916.
Ilmiy rahbar: Nazarova Janna Avzarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Urinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergasheva Nargiza Nasriddinova, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi gipotireozda jinsga bog‘liq ravishda markaziy, periferik va vegetativ nerv sistemalarining zararlanish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda pay reflekslarning pasayishi, oyoq va qo‘llarning distal qismida gipesteziya va koordinatsiyani buzilishi kabi nevrologik va vegetativ belgilar kuzatilishi, ulardagi erta nevrologik buzilishlar mavjudligini ko‘rsatuvchi klinik marker ekanligi isbotlangan;
gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda periferik asab tizimining jinsga bog‘liq xolda zararlanish xususiyatlari aniqlanib, birlamchi gipotireozli ayollarda polineyropatiya deyarli doimiy sindrom bo‘lib, erkaklarga qaraganda neyropatiyaning og‘irroq kechishi asoslangan;
gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda erkin T4 va psixo-emotsional faoliyatni baxolash shkalalari ko‘rsatqichlari o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik, shuningdek TTG va kognitiv faoliyatni baxolash shkalalari ko‘rsatkichlari o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
vegetativ so‘rovnoma va kardiointervalografiya usulida simpatik avtonom ta’sirlarning ustunligi baholash asosida gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda vegetativ buzilishlar og‘irlik darajasi aniqlanib, erta tashxisot, hamda davolash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 fevraldagi 06/07-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda pay reflekslarning pasayishi, oyoq va qo‘llarning distal qismida gipesteziya va koordinatsiyani buzilishi kabi nevrologik va vegetativ belgilar kuzatilishi, ulardagi erta nevrologik buzilishlar mavjudligini ko‘rsatuvchi klinik marker ekanligi isbotlangan;
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasi 17.06.2023 yil; № 28 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 22.06.2023 yil; №14 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gipotireozda nevrologik buzilishlar dinamikasi haqidagi bilimlar oilaviy poliklinika shifokorlarining ish yukini to‘g‘ri taqsimlashga imkon beradi; gipotireozda nevrologik buzilishlar diagnostikasida yanada malakali yondashuvni taminlaydi; bemorlarning davo muolajalariga moyilligini oshiradi, bu esa o‘z navbatida shifoxonalar va klinikalar yuklamalarini 58% gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Ambulator davolanish muddatlarining qisqarishi tufayli xalq xo‘jaligida erishilgan iqtisodiy samaradorlik: xar 3 oyda gipotireozli bemorlarimiz birlamchi bo‘g‘iniga ambulator davolanish muddatlarining qisqarishi tufayli xalq xo‘jaligi hisobidan bir bemor uchun 200 000 so‘m tejash mumkin bo‘ladi. Xulosa: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida gipotireoz bilan hastalangan bemorlarda davolash va profilaktika ishini to‘g‘ri tashkillashtirish xalq xo‘jaligi hisobidan bir bemor uchun 200 000 so‘m tejashga imkon berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda periferik asab tizimining jinsga bog‘liq xolda zararlanish xususiyatlari aniqlanib, birlamchi gipotireozli ayollarda polineyropatiya deyarli doimiy sindrom bo‘lib, erkaklarga qaraganda neyropatiyaning og‘irroq kechishi asoslangan; Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasi 17.06.2023 yil; № 28 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 22.06.2023 yil; №14 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi gipotireozning nevrologik asoratlarini davolash va reabilitatsiya qilishning muvaffaqiyati nafaqat individual sindromni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxislashni, balki asab tizimining birgalikda shikastlanish vaktini hisobga olishni ham nazarda tutadi. Nevrologik nuqsonlarning tiklanishini tezlashtiradi va asoratlar sonini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda polineyropatiyani o‘z vaqtida aniqlash bilan, natijada an’anaviy davolash 400 000 so‘m bo‘lsa, taklif qilingan usul bilan 250 000 so‘m, byudjetdan 150 000 so‘m tejalgan. Birlamchi gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarni davolashga sarflangan vaqt 24,1%, xarajatlar - 20,7%. Xulosa: Birlamchi gipotireoz davrida polineyropatiyani erta tashxislash va o‘z vaqtida davolash natijasida har bir bemor uchun 150 000 so‘mni tejash mumkin bo‘ladi.
uchinchi ilmiy yangilik: gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda erkin T4 va psixo-emotsional faoliyatni baxolash shkalalari ko‘rsatqichlari o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik, shuningdek TTG va kognitiv faoliyatni baxolash shkalalari ko‘rsatkichlari o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan; Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasi 17.06.2023 yil; № 28 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 22.06.2023 yil; №14 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan korrelyasion bog‘liqlik birlamchi tibbiy yordam shifokorlari va shifoxona shifokorlari tomonidan nevrologik va kognitiv asoratlarning og‘irligini baholash, va o‘z vaqtida tashxislash jarayonini optimallashtirish, soddalashtirish va tezlashtirish imkonini berdi; yuqori malakali mutaxassislarning ish yukini 78% gacha qisqartirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ushbu band nazariy ahamiyatga ega va olingan natijalar ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarda aks etadi. Xulosa: gipotireoz markerlari (TTG va erT4) va shkalalar (MMSE, FAB) natijalari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, davolash va profilaktikaga muolajalarini o‘z vaqtida rejalashtirishda imkon berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: vegetativ so‘rovnoma va kardiointervalografiya usulida simpatik avtonom ta’sirlarning ustunligi baholash asosida gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda vegetativ buzilishlar og‘irlik darajasi aniqlanib, erta tashxisot, hamda davolash usullari takomillashtirilgan. Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasi 17.06.2023 yil; № 28 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 22.06.2023 yil; №14 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi gipotireozning nevrologik asoratlarini davolash va reabilitatsiya qilishning muvaffaqiyati nafaqat asosiy kasallikni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxislashni, balki avtanom nerv sistemasining shikastlanish vaktini ham hisobga olishni nazarda tutadi, bu esa nevrologik nuqsonlarni tiklash va asoratlar sonini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Birlamchi gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarni davolashga sarflangan vaqt 28,4%, xarajatlar - 23,6%.
Xulosa: Shunday qilib, yuqorida aytilganlarga asoslanib, biz birlamchi gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarning avtanom nerv sistemani o‘rganish uchun tavsiya etilgan kardiointervalografiya usuli samarali va uni amaliyotda qo‘llash maqsadga muvofiq degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Birlamchi gipotireozlardagi nevrologik buzilishlarni erta tashxisot o‘tkazishdagi aniqlangan nevrologik buzilishlarni korreksiyalash maqsadida ya’ni birlamchi gipotireozlarni standart davosiga tavsiya etilgan neyroprotektiv davolash bir nafar bemor uchun ushbu yangilikni qo‘llash orqali kompleks reabilitatsiyasining 1 kursiga ketadigan xarajatlar 3 273 295 so‘mni tashkil etadi, standart kurs esa 3 623 295 so‘mga tushadi.Demak; ushbu yangilikni qo‘llash orqali kompleks reabilitatsiyasining 1 kursiga ketadigan xarajatdan 350000 so‘m xar bir birlamchi gipotireozli bemordan tejab qolishga erishish mumkin.