Yuldashev Jo‘rabek Isajanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta sellyulozasi hosilasining yallig‘lanishga qarshi faolligi» 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1723.
Ilmiy rahbar: Raxmanov Alisher Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polifenollar saqlaydigan paxta sellyulozasi hosilasining yallig‘lanishga qarshi faolligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor formalin, dekstran, gistamin, karragenin, paxta granulemasi hamda Freynd ad’yuvanti yordamida chaqirilgan o‘tkir va surunkali aseptik yallig‘lanish modellarida paxta sellyulozasi hosilasining yallig‘lanishga qarshi faolligi aniqlangan;
paxta sellyulozasi hosilasining antiflogogen ta’sir mexanizmlari, uning antioksidantlik xossasi hamda yallig‘lanish oldi sitokinlari va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, shuningdek, S-reaktiv oqsil darajasiga ta’siri bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
paxta sellyulozasi hosilasini sintetik nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan dozaga bog‘liq holda qiyosiy baholanganda ularning og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi farmakologik faolligi 50% dan yuqori ekanligi aniqlangan;
g‘o‘za o‘simligidan olingan sellyuloza hosilasining o‘tkir va surunkali zaharliligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan klinik oldi toksikologik tadqiqotlarda uning amaliy jihatdan zaharsizligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25-martdagi 03/087-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 6-oktyabrdagi 09-08697-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor formalin, dekstran, gistamin, karragenin, paxta granulemasi hamda Freynd ad’yuvanti yordamida chaqirilgan o‘tkir va surunkali aseptik yallig‘lanish modellarida paxta sellyulozasi hosilasining yallig‘lanishga qarshi faolligi aniqlanganligi Toshkent shahar “Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2023 yil 6 oktyabrdagi 53 sonli buyruq hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2023 yil 19 oktyabrdagi 444 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanish asosli kasalliklarni mahalliy xom ashyodan ishlab chiqilgan dori vositasi bilan samarali davolash imkoniyatini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan taktik samaradorligi amaldagi yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Xulosa: 2023 yilda respublikamizga import bo‘lgan birgina diklofenak natriy dori vositasining umumiy qiymati 14327000 AQSh dollarini tashkil etishini inobatga olinsa (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan) ushbu dori vositasi yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: paxta sellyulozasi hosilasining antiflogogen ta’sir mexanizmlari, uning antioksidantlik xossasi hamda yallig‘lanish oldi sitokinlari va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, shuningdek, S-reaktiv oqsil darajasiga ta’siri bilan bog‘liq ekani isbotlanganligi Toshkent shahar “Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2023 yil 6 oktyabrdagi 53 sonli buyruq hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2023 yil 19 oktyabrdagi 444 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bevosita yallig‘lanish jarayonini bostiruvchi dori preparatlari odatda nojo‘ya ta’sirlarining mavjudligi bilan ajralib turadi. Natijada qo‘shimcha dori vositalar qabul qilishni talab etishi mumkin. Paxta sellyulozasi hosilasini qabul qiluvchi bemorlarda esa dori vositasining nojo‘ya ta’sirini kamaytiruvchi qo‘shimcha dori preparatlari qabul qilishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan usuli samaradorligi ma’lum yallig‘lanishga qarshi preparatlar hamda qo‘shimcha dori vositalarni qo‘llash bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Xulosa: 2022 yilda respublikaga import bo‘lgan me’da kasalliklarida qo‘llaniladigan dori preparatlarining umumiy qiymati 22449205 AQSh dollarini tashkil etishini inobatga olinsa ushbu dori vositasi yuqori iqtisodiy tejamkor ekanligi ma’lum bo‘ladi(ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan);
uchinchi ilmiy yangilik: paxta sellyulozasi hosilasini sintetik nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan dozaga bog‘liq holda qiyosiy baholanganda ularning og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi farmakologik faolligi 50% dan yuqori ekani aniqlanganligi Toshkent shahar “Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2023 yil 6 oktyabrdagi 53 sonli buyruq hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2023 yil 19 oktyabrdagi 444 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hozirgi kunda bemorlarda yallig‘lanish jarayonini pasaytirish maqsadida nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lishiga qaramasdan ko‘plab sintetik nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari qo‘llab kelinmoqda. Paxta sellyulozasi hosilasi o‘zining farmakologik samarasi bo‘yicha ushbu sintetik dori preparatlari o‘rnini bosuvchi alternativ dori vositasi hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan taktikasi samaradorligi ma’lum yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Xulosa: 2023 yilda respublikaga import bo‘lgan birgina diklofenak natriy dori vositasining umumiy qiymati 14327000 AQSh dollarini tashkil etishini inobatga olinsa ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: g‘o‘za o‘simligidan olingan sellyuloza hosilasining o‘tkir va surunkali zaharliligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan klinik oldi toksikologik tadqiqotlarda uning amaliy jihatdan zaharsizligi asoslangani Toshkent shahar “Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2023 yil 6 oktyabrdagi 53 sonli buyruq hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2023 yil 19 oktyabrdagi 444 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ba’zi surunkali kasalliklarda yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini uzoq muddat qo‘llash talab etiladi. Hozirda amalda qo‘llanilayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari farmakologik faolliklari yuqori bo‘lishidan qat’iy nazar nojo‘ya ta’sirlarga va qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalarga ega. Paxta sellyulozasi hosilasining surunkali zaharliligini aniqlash uchun 3 oy mobaynida kalamushlarga yuqori dozalarda ichirilganda ushbu hayvonlarning periferik qon tahlili hamda ichki a’zolarining makroskopik tahlillarida patologik o‘zgarishlar aniqlanmagan. Ushbu ko‘rsatkich surunkali kasalliklarda mazkur dori vositasini qo‘llash uchun samarali hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan usuli samaradorligi ma’lum yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Xulosa: 2023 yilda respublikaga import bo‘lgan birgina diklofenak natriy dori vositasining umumiy qiymati 14327000 AQSh dollarini tashkil etishini inobatga olinsa ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Olingan natijalardan kengaytirilgan holda foydalanish: “Paxta sellyulozasi hosilasining yallig‘lanishga qarshi faolligi” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 6-oktyabrdagi 09-08697-sonli xati yuborilgan.