Melikuziev Sarvarbek Maxmud o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘orish tizimlarini gidromexanizatsiya usulida tozalashni takomillashtirish”, 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.4.PhD/T4033
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
1. O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi, professor, texnika fanlari doktori Xo‘jaev Ismatulla Qushaevich (05.09.07).
2. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, “Elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi mudiri, professor, texnika fanlari doktori Shakirov Baxtiyar Maxmudovich (05.09.07).
Yetakchi tashkilot - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘orish tizimlarini loyqa cho‘kindilardan tozalashning gidropnevmatik usulini oqim (suv+qattiq zarracha+havo) fizik xususiyatlarini inobatga olib takomillashtirishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘orish tizimlarini loyqa cho‘kindilardan gidropnevmatik usulda tozalashda oqim (suv+qattiq zarracha+havo) fizik hususiyatlarini inobatga oluvchi gidravlik model` ishlab chiqilgan;
laboratoriya va dala sharoitida olib borilgan tadqiqotlar tahlillari asosida sug‘orish tizimlarini loyqa-cho‘kindilaridan tozalash qurilmasining resurs tejamkor, gidravlik samarador konstruktiv parametrlari asoslangan;
loyqa-cho‘kindi va qurilma ishchi organining o‘zaro ta’siri inobatga olinib, deformatsiyalanuvchi ishchi organi ishlab chiqilgan;
sug‘orish tizimlarini loyqa cho‘kindilardan gidromexnizatsiya usulida tozalovchi resurs tejamkor qurilmaning napor va sarf xarakteristikalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘orish tizimlarini gidromexanizatsiya usulida tozalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Mirishkor magistral kanalining PK-916 ning UR-5 kanaliga suv oluvchi inshootiga statsionar ishlovchi gidropnevmatik qurilma o‘rnatilib, sinov ishlari o‘tkazilib dalolatnoma rasmiylashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2 noyabr 03/37-3590-sonli ma’lumotnoma). Natijada sug‘orish kanallarini loyqa-cho‘kindilardan gidropnevmatik usulda tozalashga erishilgan.
Loyqa-cho‘kindilardan tozalashda qurilmaning ishchi havo oqimini hosil qiluvchi ishchi kamerasi uchun qurilma ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi tomonidan (FAP 01913) patent olingan.
Sug‘orish kanallaridan loyqa-cho‘kindi va qurilma ishchi organining o‘zaro ta’sirini inobatga oluvchi harakatlanuvchi tish qurilmasi ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi Intellektual mulk markazi tomonidan (FAP 02099) patent olingan.