Nishonov Xayrulla Xolmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka kovlash mashinasini elovchi ishchi qismlarini va uzatish mexanizmini takomillashtirish” 05.07.01-Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3987.
Ilmiy rahbar: Boyboboev Nabijon Gulomovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor, Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich texnika fanlari nomzodi, professorlar tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: «Namangan muhandislik-texnologiya instituti».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kartoshka kovlash mashinasini elovchi ishchi qismlari va uzatish mexanizmini takomillashtirish yo‘li bilan ish sifatini oshirish va sarf-xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kartoshka hosilini yig‘ishtirishda tuganaklarning shikastlanish darajasini kamaytirgan holda yuqori ish unumi va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi shnekli baraban konstruksiyasi unga qo‘yilgan talablarga asosan ishlab chiqilgan;
shnekli baraban diametri, qadami va valining aylanishlar sonini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar u bilan tuproq-kartoshka aralashmasining o‘zaro ta’sir jarayonlari hamda aralashmaning eni, balandigi va zichliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
shnekli baraban harakati uchun talab etiladigan quvvatni uning diametri, qadami va aylanishlar soniga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan kartoshka kovlash mashinasini samarodorligiga, tuganaklarni shikastlanishiga va yo‘qotilishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar (shnekli baraban diametri, aylanishlar soni va qiyalik burchagi) ga bog‘liqligini ifodalovchi regressiya tenglamalari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shnekli baraban bilan jihozlangan takomillashgan kartoshka kovlash mashinasi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kartoshka tuganaklarini tuproqdan agrotexnik talab darajasida to‘la saralanishini ta’minlaydigan takomillashgan kartoshka kovlash mashinasining sanoat nusxasini ishlab chiqish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 25-dekabrdagi 05/22-05/6563-son ma’lumotnomasi). Natijada, shnekli baraban bilan jihozlangan, parametrlari asoslangan elovchi ishchi qismi va uzatish mexanizmi takomillashgan kartoshka kovlash mashinasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
shnekli baraban bilan jihozlangan takomillashgan kartoshka kovlash mashinasi Namangan viloyati Kosonsoy va To‘raqo‘rg‘on tumanlari fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 25-dekabrdagi 05/22-05/6563-son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashgan kartoshka kovlash mashinasi qo‘llanilganda mehnat sarfini 33,0 %, ekspluatatsion sarf-xarajatlarni 31,0 % ga kamaytirish imkoni bergan.