Nurmanova Maxfuza Urozovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gigroskopik materiallarni quritish uchun issiqlik ishlab chiqaruvchi quyosh qurilmasini yaratish”, 05.05.06 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3487.
Ilmiy rahbar: Alinazarov Alisher Xaydaralievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti”
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02/2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Ergashali Yuldashevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi gigroskopik materiallarni quritishda agat mineral toshi asosidagi issiqlik akkumulyatorli quyosh quritish qurilmasini issiqlik va geometrik parametrlarini asoslash iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyoshiy quritish qurilmasini issiqlik akkumulyatoridagi issiqlik almashinuv jarayonlarini Reynolds sonining 10000÷100000 qiymatlari oralig‘ida va radiatsiyon, konvektiv issiqlik uzatish koeffisentiga bogliq holda tezlik va temperatura maydonlari o‘zgarishini aniqlash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
quyosh quritish qurilmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi 2,05-2,2 W/m·K va issiqlik sig‘imi 860-980 J/kg·K oralig‘ida bo‘lishini hisobga olgan holda agat mineral toshi asosidagi issiqlik akkumulyatoridagi harorat 66-94 °C ga o‘zgarishi aniqlangan;
quyosh quritish kamerasidagi kiruvchi havo oqimini hamda haroratni boshqarish orqali energiya samaradorligini 1,5 marotabaga oshirish imkonini beruvchi agat mineral toshi asosidagi issiqlik akkumulyatori ishlab chiqilgan;
agat mineral toshi asosidagi issiqlik akkumulyatorida maqbul havo harorati 29-38°C oralig‘ida bo‘lishini hisobga olgan holda quyosh quritish qurilmasining gigroskopik materiallarni quritish vaqtini 38 % ga qiqartirish imkoniyati yaratilgan.
IV.Tadqiqotning joriy qilinishi: Gigroskopik materiallarni quritishda agat mineral toshi asosidagi issiqlik akkumulyatorli quyosh quritish qurilmasini issiqlik va geometrik parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan agat mineral toshi asosidagi issiqlik akkumulyatorli quyosh quritish qurilmasi “Kushon zilol suv javohiri” MChJ va “As group tex” MChJ korxonalarining gigroskopik materiallar quritish linyasiga joriy qilingan (Energetika vazirligining 2023- yil 4-oktyabrdagi 04-13-5971-son ma’lumotnomasi). Natijada, quritish kamerasidagi haroratni boshqarish orqali energiya samaradorligini 1,5 marotabaga oshirish imkonini bergan;
Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi "Biolaboratoriya" MChJ korxonasida gigroskopik materiallarni (paxta, pilla va kanop) quritish uchun issiqlik akkumulyatorli quyosh quritish qurilmasi joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi, 2023 yil 7 oktyabrdagi 07/34-05/5077-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy va noan’anaviy quritish tizimlaridan birgalikda foydalanish hisobiga uglevodorod yoqilg‘isi sarfini 18 foizga kamaytirish imkonini bergan.