Xaydarov Kamoliddin Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlov berish chuqurligini aniqlashning raqamli texnologiyasi va qurilmasini ishlab chiqish”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2205.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Abdulxaev Xurshed G‘afurovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Raxmonov Husan Tojievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlov berish chuqurligini raqamli texnologiyalar asosida aniqlaydigan qurilma ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tuproqqa ishlov berish mashinalarning ishlov berish chuqurligini raqamli texnologiyalar asosida aniqlaydigan qurilmaning konstruksiyasi uni turlicha ishlov berish chuqurligiga moslanuvchanligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
raqamli texnologiya asosida ishlov berish chuqurligini aniqlaydigan qurilma uchun dasturiy ta’minot, olingan ma’lumotlarga qayta ishlov berish, ularni masofadan turib uzatish va qabul qilish jarayonlari uzlyuksiz bajarilishi hisobiga ishlab chiqilgan;
qurilma bosim prujinasining taranglik kuchini eng kichik qiymati ish jarayonida uning tayanch g‘ildiragi doimiy ravishda dala yuzasidan uzilmay ishlash shartidan aniqlangan;
qurilma tayanch g‘ildiragining diametri, to‘g‘inining kengligi va unga beriladigan tik yuklanish hamda u parallelogramm mexanizmi tortqisi uzunligining maqbul qiymatlari tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlov berish chuqurligini mavjud usul va qurilma qo‘llanilib aniqlangan qiymatlari orasidagi farqni absolyut qiymati meyoriy hujjatlarda keltirilgan ruxsat etilgan xatolikdan kichik bo‘lishi shartidan aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlov berish chuqurligini aniqlashning raqamli texnologiyasi va qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproqqa ishlov beradigan mashinalarining ishlov berish chuqurligini aniqlaydigan qurilmaning sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) BMKB-Agromash AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 18-sentyabrdagi 07/22-05-4730-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mashinalarining tuproqqa turlicha ishlov berish chuqurligiga moslanuvchan qurilmaning sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi mashinalarining tuproqqa ishlov berish chuqurligini aniqlaydigan qurilmaning sanoat nusxasi Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi “Oq dala mardona” va Namangan tumanidagi “Kumush tola yog‘dusi” fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 18- sentyabrdagi 07/22-05-4730-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlov berish chuqurligini aniqlashda raqamli texnologiya asosida masofadan turib uzatish va qabul qilish jarayonlari uzlyuksizligini ta’minlash hisobiga mehnat sarfini 3,0-3,5 martaga kamaytirishga hamda ish unumini 1,7-2,0 martaga orttirishga erishilgan.