Ganiev Sanjar Ernazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga siderat ekinlar hamda o‘g‘itlar qo‘llashning ta’siri (Jizzax viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01 - Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx988.
Ilmiy rahbar: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaev Shuxrat Xudoyberdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan, o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida ma’dan o‘g‘itlarning nisbat va me’yorlari, mahalliy o‘g‘itlar hamda oraliq siderat ekinlarning tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax vilioyatining o‘rtacha sho‘rlangan, o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligini oshirishda oraliq ekinlar raps va perkodan siderat sifatida foydalanish hamda shu fonlarda g‘o‘zada mahalliy va ma’dan o‘g‘itlarning turli me’yor va nisbatlarda qo‘llashning samaradorligi aniqlangan;
siderat ekinlar tomonidan tuproqda qoldirilgan organiq qoldiqlar miqdori o‘rtacha hisobda gektariga 67,9 sentnerdan 75,0 sentnergacha organik qoldiq to‘plashga va shu orqali tuproqda 80,2-98,7 kg/ga miqdorida azot, 20,7-28,6 kg/ga miqdorida fosfor, 80,5-95,3 kg/ga miqdorida kaliy moddasi qoldirishi aniqlangan.
tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligini oshirishda oraliq siderat ekinlar (raps va perko)dan foydalanish hamda shu fonlarda g‘o‘zada mahalliy va ma’dan o‘g‘itlarning turli me’yor va nisbatlarda qo‘llashning tuproqning agrofizikaviy va mikrobiologik xossalari yaxshilanib, 1:0,7:0,5 nisbatda N-160, R2O5-112, K2O-80 kg/ga me’yori + 20 t/ga me’yorda go‘ng qo‘llanilganda gumus miqdori dastlabki miqdorga nisbatan 0,031-0,034%ga, azot 0,003-0,006%, fosfor 0,010-0,013 % ga, nitratli azot miqdori esa 1,6-1,7 mg/kg, harakatchan fosfor 1,2-1,4 mg/kg, almashinuvchi kaliy 0,03-0,05 mg/kg ga oshganligi aniqlangan;
tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligini oshirishda oraliq siderat ekinlar (raps va perko)dan foydalanish hamda shu fonlarda g‘o‘zada mahalliy va ma’dan o‘g‘itlarning turli me’yor va nisbatlarda qo‘llashning g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishiga ta’siri ijobiy bo‘lganligi kuzatilib, nazoratga nisbatan mos ravishda 23,9; 24,4 va 26,2 s/ga, tavsiya etilgan N-240, R2O5-168, K2O-120 kg/ga me’yorga nisbatan 1,8; 1,3; 3,4 s/ga, N-200, R2O5-140, K2O-100 kg/ga me’yorga nisbatan esa 4,6; 4,1; 6,2 s/ga qo‘shimcha hosil olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda oraliq siderat ekinlar va ularning fonida mahalliy va ma’dan o‘g‘itlarni turli me’yor va nisbatlarda qo‘llashning samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun «G‘o‘za etishtirishda mineral, organik o‘g‘itlar va siderat ekinlar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi №07/022-04/6396-son ma’lumotnomasi) Mazkur tavsiyanoma tuproq unumdorligini oshirish va g‘o‘za etishtirishda fermer xo‘jaliklari tomonidan qo‘llanma sifatida foydalanilib kelinmoqda;
Jizzax viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan, o‘tloqilashib borayotgan tuproqlari sharoitida g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirish uchun mineral o‘g‘itlar (NPK) ning turli me’yorlarini 1:0,7:0,5 va 1:0,5:0,3 nisbatlarda qo‘llanilib, qo‘shimcha ravishda 10, 20 t/ga go‘ng hamda oraliq ekin sifatida raps va perko ekinlarini ikki komponentli aralashmalarini yashil o‘g‘it sifatida foydalanish samaradorligi bo‘yicha olingan natijalar Mirzacho‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 41,0 gektar va Paxtakor tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 23,0 gektar, viloyat bo‘yicha jami 64,0 (oltmish to‘rt) gektar maydonlarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi №07/022-04/6396-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida g‘o‘zada mineral o‘g‘itlar (NPK) me’yorlarini 1,0:0,7:0,5 va 1,0:0,5:0,3 nisbatlarda qo‘llanilib, o‘g‘itlarning N-160, R-112, K-80 kg/ga + 20 t/ga go‘ng, N-160, P-80, K-48 kg/ga+20 t/ga me’yorlarda qo‘llanilganda 39,1-42,6 s/ga miqdorida paxta xosili olinib, mineral o‘g‘itlarning N-160, R-112, K-80 va N 160, P 80, K 48 kg/ga me’yorlari qo‘llanilganga nisbatan 5,9-7,4 s/ga mikdorida qo‘shimcha paxta xosili olishni ta’minlagan. O‘g‘itlarning N-160, R-112, K-80 kg/ga + 10 t/ga go‘ng, N-160, R-80, K48 kg/ga+10 t/ga me’yorlari qo‘llanilganda esa 4,1-5,6 s/ga miqdorida qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;
oraliq siderat ekin sifatida raps va perko ekinlari aralashmalari ikki komponentli qilib ekilib, siderat sifatida shudgor ostiga haydab yuborilgan fonlarda mineral o‘g‘itlarning N-160, R-112, K-80 va N-160, R-80, K-48 kg/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Mirzacho‘l va Paxtakor tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi №07/022-04/6396-son ma’lumotnomasi). Natijada siderat ekinlar ekilmagan fonga nisbatan 5,1-6,5 s/ga miqdorida qo‘shimcha paxta hosili olishni ta’minlab, sof daromad gektariga 4,2 mln va 4,0 mln so‘mni, rentabellik darajasi 36,8-39,3 foizni tashkil etgan.