Turdiev Farxodjon Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qattiq bug‘doy etishtirishda ma’danli o‘g‘itlarni tabaqalab qo‘llashning tuproq unimdorligi va don hosildorligiga ta’siri (Andijon viloyatining shartli sug‘oriladigan eroziyaga moyil tipik bo‘z tuproqlari sharoitida))”, 06.01.01-Umumiy dexqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Qx799
Ilmiy rahbar: Komilov Komiljon Sobirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Ibroxim Nabievich - qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Karabaev Ikramjan Turaevich - qishloq xo‘jaligi fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarining tabaqalab qo‘llashning tuproq yuvilishiga, tuproq va oqava suvlar tarkibidagi mikro va makro unsurlarga miqdori hamda kuzgi qattiq bug‘doyni o‘sish va rivojlanishi, don hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining irrigatsiya eroziyasiga chalingan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarida kuzgi qattiq bug‘doy etishtirishda ma’danli o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyda ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarini tabaqalab qo‘llashning tuproqning agrofizik va agrokimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;
irrigatsiya eroziyasiga uchragan erlarda kuzgi qattiq bug‘doyning Qaxrabo navidan yuqori don hosili etishtirishda qiyalikning tuproq zarralari yuvilgan va yuvilib tushgan tuproq zarrachalari o‘tirgan pastki qismiga maqbul oziqlantirish me’yorlari aniqlangan;
irrigatsiya eroziyasiga uchragan tuproqlarda qiyalikning yuvilgan va yuvilib tushgan qismlarida bug‘doyning o‘sish va rivojlanishiga ham o‘z tasirini ko‘rsatganligi, tuproq unumdorligiga nisbatan, qiyalikning tuprog‘i yuvilgan qismida eng ko‘p don hosili N250P175K125 kg/ga, yuvilib tushgan qismida esa N200P140K100 kg/ga me’yorlarda oziqlantirish maqul bo‘lganligi isbotlangan;
tabaqalab o‘g‘itlashda qiyalikning yuvilgan qismida N250P175K125 kg/ga, qiyalikning yuvilib tushgan qismida N200P140K100 kg/ga me’yorda oziqlantirilganda donning sifati ko‘rsatkichlari yaxshilanish bilan birga iqtisodiy samaradorlikga erishilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyatining irrigatsiya eroziyasiga chalingan tipik bo‘z tuproqlarida sharoitda kuzgi qattiq bug‘doyning ma’danli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi o‘rganish, hosildorlik salmog‘i va don sifati barqarorlashtirish, yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash bilan birga tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish bo‘yicha etishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Andijon viloyatining irrigatsiya eroziyasiga chalingan tipik bo‘z tuproqlarida qattiq bug‘doyning ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni maqbullashtirish bo‘yicha “Qattiq bug‘doy etishtirishda ma’danli o‘g‘itlarni tabaqalab qo‘llash” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 1 iyuldagi 06/34-06/508-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Andijon viloyatining irrigatsiya eroziyasiga chalingan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida donli ekinlar etishtiruvcni fermer xo‘jaliklarida qollanma sifatida xizmat qilmoqda;
Irrigatsiya eroziyasiga chalingan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi qattiq bug‘doyga ma’danli o‘g‘itlarni tabaqalab qo‘llab, yuqori va sifatli don hosili olish texnologiyasi 2022 yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan “Azizbek” fermer ho‘jaligida 12,3 gektar, “Davrbek Durbek” fermer ho‘jaligida 7,2 gektar, “Rasuljon ziynati” fermer ho‘jaligida 8,4 gektar, “Tuxtaboy Soyibjon” fermer ho‘jaligida 10,7 gektar, “Ravshanbek Omadbek yulduzi” fermer ho‘jaligida 10,1 gektar jami 48,7 gektar maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 1 iyuldagi 06/34-06/508-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi qattiq bug‘doyning “Qaxrabo” navi gektariga 4,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib, o‘suv davri davomida ma’danli o‘g‘itlarning tabaqalab, ya’ni qiyalikning yuvilgan qismiga N250P175K125 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilib parvarishlanganda o‘rtacha 60,9 s/ga don hosili olinib, nazorat NPK N300P210K150 kg/ga me’yorda qo‘llanilganda 1,0 s/ga qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan.
Andijon viloyatining Andijon tumanida jami 48,7 gektar maydonlariga Kuzgi qattiq bug‘doy etishtirishda ma’danli o‘g‘itlarni qiyalikning yuvilgan qismida N200P140K100 kg/ga me’yorda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 1 iyuldagi 06/34-06/508-son ma’lumotnomasi) Buning natijasida. 64,6 s/ga don hosili olingan, qiyalikning yuvilgan qismida rentabellik ko‘rsatkichi 3,3% ga, qiyalikning yuvilib tushgan qismida 5,4% ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.