Turg‘unova Gulxumor Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Farg‘onaning o‘tloqi soz tuproqlarida takroriy ekinlar kungaboqar va soya navlarining sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.4.PhD/Qx805.
Ilmiy rahbar: Nurmatov Shermat Nurmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sobirjon Xusanboevich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Xasanov Maksud Marifovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Farg‘onaning o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida etishtirilgan kungaboqar va soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, yuqori don va urug‘ hosilini ta’minlovchi maqbul sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish va fermer xo‘jaliklariga tavsiya berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Markaziy Farg‘onaning o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida takroriy ekin kungaboqarning Jahongir va Yangi zamon navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda, soyaning Orzu va To‘maris navlarini ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda sug‘orish ishlab chiqilgan va tuproqning suv-fizik, agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalariga ijobiy ta’siri aniqlangan;
kungaboqarning Jahongir va Yangi zamon navlari sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda sug‘orilganda 1000 dona urug‘ vazni tegishlicha 43,5-53,0 g, moy miqdori 51,3-53,1%, soyani Orzu va To‘maris navlari ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda sug‘orilganda 1000 dona don vazni 138,8-139,3 g, don tarkibidagi moy miqdori 21,9-23,7% ga teng bo‘lgani aniqlangan;
kungaboqarning Jahongir va Yangi zamon navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda sug‘orilganda bir sentner urug‘ hosili uchun mos ravishda 106,6-122,6 m3, soyani Orzu va To‘maris navlarini ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda sug‘orilganda esa 120,8-103,8 m3 suv sarflanganligi aniqlangan;
kungaboqarning Jahongir navi sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda, soyani To‘maris navi 70-80-70% tartibda sug‘orilganda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilib, sof foyda 17845446,9-4903741,2 so‘m/ga ni tashkil etib, 93,3 va 46,2% rentabellikka erishish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Farg‘onaning o‘tloqi soz tuproqlarida takroriy ekinlar kungaboqar va soya navlarining sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Markaziy Farg‘onaning o‘tloqi soz tuproqlarida takroriy ekinlar kungaboqar va soya navlarining sug‘orish tartiblari bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 18-dekabr №04/29-06/1494 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
takroriy ekin sifatida kungaboqarning Jahongir navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda, soyaning To‘maris navini ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda sug‘orish Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanidagi “Boburshox” fermer xo‘jaligining 10,0 ga, “Oq-oltinda Navqiron” fermer xo‘jaligining 17,0 ga, “Ulug‘norda Rahimovlar eri” fermer xo‘jaligining 20,0 ga, “Yagona koshona” fermer xo‘jaligining 9,1 ga va “Jasurbek 4” fermer xo‘jaligining 30,5 ga maydonlarida, jami 86,5 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 18-dekabr №04/29-06/1494 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takroriy ekin kungaboqarni Jahongir navidan 20,2 s/ga urug‘ hosili, To‘maris navidan 19,8 s/ga don hosili olingan;
takroriy ekilgan kungaboqarning Jahongir va soyaning To‘maris navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan tegishlicha 70-75-65 va 70-80-70% tartiblarda sug‘orish Ulug‘nor tumanidagi “Ollamurod eri” fermer xo‘jaligining 20,5 ga maydonida joriy qilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 18-dekabr №04/29-06/1494 sonli ma’lumotnomasi). Natijada rentabellik darajasi kungaboqarni Jahongir navida 85,5%, takroriy ekin soyani To‘maris navida 54,1% ga teng bo‘lgan.