Mamadalieva Saidaxon Baxodirbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadallashgan resurstejamkor agrotexnologiyalar zaminida istiqbolli O‘zPITI-201 g‘o‘za navining hosildorligi”, 06.01.01 - Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx490.
Ilmiy rahbar: Jumaboev Zuxriddin Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; O‘razmatov Nasibjon Nazirjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida resurstejamkor texnologiyalarning asosiy elementi hisoblangan plyonka ostiga chigit ekish texnologiyasida parvarishlangan O‘zPITI-201 g‘o‘za navidan ertaki, yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda maqbul oziqlantirish me’yorlari, ko‘chat qalinligi va suv sarfini ilmiy asoslashdan va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida resurstejamkor texnologiyalarning asosiy elementi hisoblangan plyonka ostiga chigit ekish usulida ilk bor qo‘shqator va yakka qator pushtalarda O‘zPITI-201 g‘o‘za navini chigitlar ekilib, mos ravishda 95,5-155,4 ming tup/ga ko‘chat qoldirilganda odatdagi usulda ochiqqa ekilgan pushtalarga nisbatan 4,2-9,9 ming tup/ga ko‘proq ko‘chatlar yaratish mumkinligi aniqlangan;
resurstejamkor texnologiyalarning asosiy elementi hisoblangan plyonka ostiga chigit ekish usulini tuproqning 0-30 sm qatlamida qo‘shqator usulida ekilgan variantlarda amal davri oxirida ozuqa moddalar 0,002-0,003% gacha ko‘paygan bo‘lsa, yakka qator ekilgan variantlarda 0,001% ga kamayganligi aniqlangan;
resurstejamkor texnologiyalarning asosiy elementi hisoblangan plyonka ostiga chigit ekish usulida O‘zPITI-201 g‘o‘za navini ikki xil ekish muddatida qo‘shqator va yakka qator pushtalarga ekish usullari, optimal sug‘orish tartibida ma’dan o‘g‘itlarni yillik me’yoriga nisbatan 10-15% ga kamaytirilgan me’yorlari N180P125K90 va sug‘orishlarda 1874 m3 tejalgan suv miqdorlari hamda maqbul ko‘chat qalinligi ishlab chiqilgan;
resurstejamkor texnologiyalarning asosiy elementi hisoblangan plyonka ostiga chigit ekish usulida g‘o‘za o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi hamda iqtisodiy samaradorligiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida O‘zPITI-201 g‘o‘za navidan ertaki, yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda resurstejovchi texnologiyalarning asosiy elementi hisoblangan plyonka ostiga qo‘shqator va yakka qator pushtalarga chigit ekish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
O‘zPITI-201 g‘o‘za navini resurstejamkor texnologiyalarning asosiy elementi hisoblangan chigitni shaffof plyonka ostiga qo‘shqator va yakka qator pushtalarga ekilgan g‘o‘za parvarishi bo‘yicha “O‘zPITI-201 g‘o‘za navidan yuqori hosil olish bo‘yicha” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 19.11.2022 yildagi №07/22-04/8606 raqamli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda ;
tadqiqot natijalari asosida g‘o‘za parvarishlashda jadallashgan tejamkor texnologiyalarning asosiy elementi hisoblangan chigitlarni shafof plyonka ostiga qo‘shqator va yakka qator pushtalarga ekib parvarishlash texnologiyasi Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida jami 123,8 gektar maydonda joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 19.11.2022 yildagi №07/22-04/8606 raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiyani qo‘llash natijasida O‘zPITI-201 g‘o‘za navini yakka qatorga ochiq usulda 91,8 ming tup/ga, yakka qator usulida ekilgan qora plyonka to‘shalgan 92,5 ming tup/ga ko‘chat qalinligida ma’dan o‘g‘itlarni yillik me’yori 10-15% ga kamaygan hamda o‘g‘itlarni yillik me’yorlari N180R125K90 kg/ga qo‘llanilgan hamda sug‘orishni ChDNS ga nisbatan 70-75-60% optimal tartibda sug‘orilganda gektaridan 33,0-34,4 s/ga paxta hosili olishga erishilgan.
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘xna vodiy baxori”, “Sobirjon orzu umidi” fermer xo‘jaliklarida shaffof plyonka ostiga, pushtalarga qo‘shqator usulda ekish texnologiyasida gektariga 150,1 ming tup qalinligida ma’danli o‘g‘itlarni N180R125K90 kg/ga me’yorida hamda ChDNS ga nisbatan 70-75-60% tartibda sug‘orish jami 43,1 gektar paxta maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 19.11.2022 yildagi №07/22-04/8606 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fermer xo‘jaliklari maydonlaridan 37,5-40,8 sentner paxta hosili olingan, rentabellik darajasi esa 34,2.% ni tashkil qilgan.