Radjabov Bunyod Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.01 – “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy taʼlimotlar tarixi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu912.
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Axror Qosimalievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Muqaddasxon Tursunovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Saydullaev Shaxzod Alixanovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarining jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish jarayonidagi faoliyatining nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat organlari va tashkilotlarida, xususan ichki ishlar organlarida faol, jamoatchilik bilan ishlash ko‘nikmalariga ega huquqiy targ‘ibot guruhlarini tashkil qilinishi jamiyatda aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishini ta’minlashi mumkinligi asoslantirilgan;
davlat tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid faoliyatini samaradorligini oshirishda ular tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan brifinglarni alohida indikator ko‘rinishida, baholash mezoni sifatida joriy etish zaruriyati asoslantirilgan;
jamiyatda huquqiy targʻibot va huquqiy axborotni etkazishning innovatsion usullarini joriy qilish maqsadida ichki ishlar organlarining faoliyatida qo‘llaniluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan ichki ishlar organlari hamda fuqarolar doimiy va real vaqt rejimida ta’minlanishida «Ichki ishlar organlarining raqamli huquqiy fondi» yaratilishi zaruriyati asoslab berilgan;
qonunlarga itoat va hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolar toifasini shakllantirish, ijtimoiy hayotdagi, sud-huquq tizimidagi voqea-hodisalarga nisbatan noto‘g‘ri fikr va ishonchsizlik kayfiyatini oldini olishda ichki ishlar organlarining shov-shuvli voqealarga tezkor rasmiy munosabat bildirish tizimini yo‘lga qo‘yish zarurati asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
jamiyatda aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishida davlat organlari va tashkilotlarida, xususan ichki ishlar organlarida faol, jamoatchilik bilan ishlash ko‘nikmalariga ega huquqiy targ‘ibot guruhlarini tashkil qilish va qonunchilik hujjatlarining targ‘ibot qilinishini ta’minlash lozimligi borasidagi takliflardan O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘gʻrisida” 2022-yil 16-maydagi 259-son Qarori 2-bandi “b” kichik bandi, 4-xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-sentyabrdagi 12/1-1982-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ichki ishlar organlarida huquqiy targ‘ibot guruhlarining tashkil etilishiga va shu orqali organning jamiyatdagi huquqiy faoliyati ta’sirchanligini oshirishga huquqiy asos yaratgan;
davlat tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid o‘tkazilgan tadbirlarini baholash mezoni sifatida ommaviy axborot vositalari bilan amalga oshirilgan brifinglarni hisoblash to‘gʻrisidagi alohida indikator mezonini joriy etish to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-fevraldagi 74-son Qarorning 2-ilovasi 12-bandi (indikatori)da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-maydagi 12/15-75-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ichki ishlar organlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish faoliyatida ommaviy axborot vositalaridan foydalanishiga huquqiy asos yaratgan;
jamiyatda huquqiy targʻibot va huquqiy axborotni etkazishning innovatsion usullarini joriy qilish maqsadida ichki ishlar organlarining faoliyatida qo‘llaniluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IIVning rasmiy veb-saytlarida “raqamli fond” ko‘rinishida yaratish to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g‘risida”gi 2022-yil 16-iyundagi 222-son buyrug‘ida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 3-fevraldagi 33/03-04/214-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi aholi va ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy savodxonligini hamda huquqiy madaniyatini oshirilishiga huquqiy asos yaratgan;
ichki ishlar organlarining aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalash maqsadida shov-shuvli voqealarga tezkor rasmiy munosabat bildirish tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 16-iyundagi 222-son buyrug‘ida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 3-fevraldagi 33/03-04/214-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ichki ishlar organlari faoliyatida virtual imkoniyatlardan foydalangan holda fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirishga huquqiy asos yaratgan.