Mamutov Paraxat Allambergen o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Zamonaviy qoraqalpoq teatri: an’ana va yangi tendensiyalar», 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/San183.
Ilmiy rahbar: Rizaev Amanulla Zufarovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xalikulova Go‘zal Erkinovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy qoraqalpoq teatrlarining shakllanish va rivojlanish jarayonlarini, an’ana va yangi tendensiyalarini, sahna asarlarining badiiy-g‘oyaviy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq teatrining yuzaga kelishida xalq og‘zaki ijodi muhim o‘rin tutganligi, folklorizmlardan foydalanish, ayniqsa folklor san’atida “Sharyar”, “Qoblan”, “Edige”, “Er Shora”, “Alpomish”, “Qurbonbek”, “Er Ziyor”, “Qirq qiz” va boshqa xalq dostonlarning sezilarli ta’siri dalillangan;
qoraqalpoq musiqali dramalarini sahnalashtirishda qadimdan jirovlar va baxshilar tomonidan xalq dostonlarini ijro etishda qo‘llanilgan qo‘biz, changqovuz, do‘mbira, g‘ijjak, dutor singari milliy musiqa asboblaridan foydalanilganligi bevosita “Alpomish”, “G‘arib oshiq”, “Berdaq”, “Ajiniyaz” spektakllari orqali isbotlangan;
qoraqalpoq va o‘zbek teatr san’atining asrlar davomida bir-birlarini boyitib, yonma-yon shakllanib kelgani, ularning o‘zaro o‘xshash va mushtarak jihatlari ochib berilib, alohida faqat o‘zigagina xos bo‘lgan milliy xususiyatlari aniqlangan;
jahon va qoraqalpoq teatr san’atida yuz berayotgan transformatsion jarayonlar, dramaturgiya, rejissura, aktyorlik san’ati va ssenografiyada keng qo‘llanilayotgan xalq o‘yinlari, udumlar va maydon tomoshalariga asoslangan an’anaviy yo‘nalishdagi hamda innovatsion texnologiyalar qo‘llanilgan shartlilik, simvolik, metafarali zamonaviy yo‘nalishdagi ijro usullari  aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy qoraqalpoq teatri: an’ana va yangi tendensiyalarni o‘rganish jarayonida olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagilar amalga oshirilgan:
qoraqalpoq va o‘zbek teatr san’atining asrlar davomida bir-birlarini boyitib, yonma-yon shakllanib kelgani, ularning o‘zaro o‘xshash va mushtarak jihatlarining o‘zigagina xos bo‘lgan milliy xususiyatlarini aniqlash teatrshunoslik ilmining muhim vazifalaridan hisoblanishi dalillangan va Madaniyat vazirligi va uning tizim tashkilotlaridagi ijodiy-ilmiy jarayonlarni jadallashtirish, teatr jamoalarining badiiy mahoratini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 18-dekabrdagi 02-11-16-3544-son ma’lumotnomasi). Natijada, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri va Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrlari repertuari, spektakllardagi ijodiy uslublar, aktyorlar ijrosi va rejissura rivojida muhim o‘rin tutgan;
qoraqalpoq teatrining yuzaga kelishida xalq og‘zaki ijodining  o‘rni, folklorizmlardan foydalanish, ayniqsa folklor san’atida muhim o‘rin egallagan “Sharyar”, “Qoblan”, “Edige”, “Er Shora”, “Alpomish”, “Qurbonbek”, “Er Ziyor”, “Qirq qiz” va boshqa xalq dostonlarning badiiy uslublardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirli tasarrufidagi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialining San’atshunoslik ta’lim yo‘nalishidagi “Qoraqalpoq teatr tarixi” hamda “Aktyorlik mahorati” fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yaratishda va dars mashg‘ulotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 756-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning qoraqalpoq teatr tarixi, rejissyorlik san’ati, aktyorlik mahorati sohalarida asosli manbalarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
qoraqalpoq musiqali dramalarini sahnalashtirishda qadimdan jirovlar va baxshilar tomonidan xalq dostonlarini ijro etishda qo‘llanilgan qo‘biz,  changqovuz,  do‘mbira, g‘ijjak, dutor singari milliy musiqa asboblaridan foydalanilganligiga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyaning amaliy ishlarida jumladan “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan”, “xabar bag‘darlamasi”, “saz sáwbet keshesi” v.b ko‘rsatuvlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-fevraldagi 5-22/10-son ma’lumotnomasi) Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi ko‘rsatuv va eshittirishlarida mavzularning g‘oyaviy-tematik yo‘nalishiga va ularning jamiyat tarbiyasidagi ahamiyatini oshirishga ilmiy asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish