Isokova Matluba Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm etnomadaniyati va evropa rusumidagi teatrning rivojlanishi», 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/San72.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Tulyaxodjaeva Muxabbat Turobovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01
Rasmiy opponentlar: Hamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ismoilov Anvar Hamdamjonovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyat teatrining shakllanishi va rivojlanishida etnomadaniy an’analarning o‘rnini aniqlash, o‘zaro ta’sir tamoyillarini ijtimoiy, madaniy-tarixiy omillar kesimida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm teatrining tug‘ilishi, shakllanishi va rivojlanishi bir asr davomida uch xil ijtimoiy tuzum – rus chorizm, istibdodi, sho‘ro hokimiyati va istiqlol davrida kechganligi, murakkab sharoitlarda ham milliy qadriyatlarni saqlab qolishga, targ‘ib qilishga urunishlar bo‘lganligi, spektakllarda xalq etnosidan, urf-odat, kuy-qo‘shiq va raqslaridan foydalanilganligi  isbotlangan;
mustaqillik davrida tarixiy mavzudagi asarlarni sahnalashtirishda mahalliy dramaturglar kashf etilganligi, asosan Xorazm xalq qahramonlari obrazini yaratishga e’tibor qaratilganligi, tarixiy shaxslar siymosida mardlik, vatanparvarlik, ma’naviy kamolot, axloqiy go‘zallik kabi xislatlar yetakchilik qilganligi aniqlangan;
zamonaviy mavzudagi asarlarni sahnalashtirishda Xorazm xalq og‘zaki ijodi va an’anaviy teatr xususiyatlariga xos bo‘lgan tomoshabin bilan muloqot, mubolag‘a, shartlilik, badihago‘ylik, qissago‘ylik, voyizlik, taqlid va muqallid kabi  uslublardan foydalanilganligi dalillangan;
ssenografiya, sahna bezaklari va kostyumlarni tayyorlashda jahon teatr san’atida yashab kelayotgan realizm, naturalizm, romantizm, simvolizm, avangard, absurd oqimlariga xos ramziy tasvirlar, majoziy timsollar hamda Xorazmga xos o‘tkir xarakterlilikdan spektakllarning badiiylik, ta’sirchanlik xususiyatini oshirish maqsadida foydalanilganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm etnomadaniyati va evropa rusumidagi teatrning rivojlanishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm teatrining tug‘ilishi, shakllanishi va rivojlanishi bir asr davomida uch xil ijtimoiy tuzum – rus chorizm, istibdodi, sho‘ro hokimiyati va istiqlol davrida kechganligi, murakkab sharoitlarda ham milliy qadriyatlarni saqlab qolishga, targ‘ib qilishga urunishlar bo‘lganligi, spektakllarda xalq etnosidan, urf-odat, kuy-qo‘shiq va raqslaridan  foydalanilganligi viloyat  madaniyati rivojiga poydevor vazifasini o‘taganligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi poytaxt va viloyat teatrlari faoliyatini kompleks o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 21-oktyabrdagi 04-12-24-7213-son ma’lumotnomasi). Natijada teatr san’atidagi tashkiliy-ijodiy jarayonlarni o‘rganish, ko‘rik-festivallar tashkil etish imkoni yaratilgan;
mustaqillik davrida tarixiy mavzudagi asarlarni sahnalashtirishda mahalliy dramaturglar kashf etilganligi, asosan Xorazm xalq qahramonlari obrazini yaratishga e’tibor qaratilganligi, tarixiy shaxslar siymosida mardlik, vatanparvarlik, ma’naviy kamolot, axloqiy go‘zallik kabi xususiyatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirli tasarrufidagi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining San’atshunoslik (teatrshunoslik, sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi, kino san’ati tanqidi va tahlili) ta’lim yo‘nalishidagi “O‘zbek teatr tarixi” hamda “Dramaturgiya mahorati” fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yaratishda va dars mashg‘ulotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-iyuldagi 02/02-1461-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning aktyorlik mahorati, rejissyorlik san’ati, teatr tarixi sohalarida asosli manbalarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
zamonaviy mavzudagi asarlarni sahnalashtirishda Xorazm xalq og‘zaki ijodi va an’anaviy teatr xususiyatlariga xos bo‘lgan tomoshabin bilan muloqot, mubolag‘a, shartlilik, badihago‘ylik, qissago‘ylik, voyizlik, maddohlik, taqlid va zarofat, muqallid kabi  uslublardan O‘zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasi tomonidan teatrlar repertuarini shakllantirishda, dolzarb mavzu va janrlarda spektakllar sahnalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasining 2023-yil 28-iyuldagi 01-02-24-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar o‘zbek teatr san’ati tarixi va bugungi jarayonlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish