Babaeva Gulnozaxon Latibjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy diskurs: Nutq strategiyasi va taktikasi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3666.    
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xashimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzoxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Xulkaroy Uktamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutq strategiyasi va tibbiy diskursning taktikasi hamda ularni amalga oshirish usullari, shifokor nutqining axloqiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shifokor va bemor nutqida ekstralingvistik vositalarning intensiyasi nutq payti, so‘zlovchi (shifokor/bemor) va tinglovchi (shifokor/bemor)ning holatiga bog‘liqligi aniqlangan;
diagnostika strategiyasi tanishish, axborot so‘rovi, yaqinlashish, tushuntirish, ayblash; davolash strategiyasi psixologik holatni tartibga solish, tasalli, nasihat, tahdid; tavsiya strategiyasi maslahat, tavsiya, ko‘rsatma berish kabi taktikalarini o‘z ichiga olishi ochiqlangan;
shifokor, bemor, bemorning yaqinlari lisoniy muloqotining samaradorligining  miqdor (ma’lum qilinayotgan axborotning miqdorini belgilash yoki chegaralash); sifat (berilayotgan axborot haqiqat bo‘lishi); mavzuga oidlik (mavzudan uzoqlashmaslik, kerak bo‘lgan ma’lumotni berishga harakat qilish); muloqot uslubi (tarzi) (aniq va tushunarli so‘zlash) tamoyillari asoslangan;
tibbiy diskursda dialoglarning shifokor + boshqa shifokor; shifokor + hamshira; shifokor + bemorning qarindoshi; shifokor + bemor modellari ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy diskurs: nutq strategiyasi va taktikasini aniqlash yuzasidan olib borilgan tadqiqot asosida:
tibbiy diskursga doir muloqot odatlari hamda nutqiy etiketlarni ifodalovchi til birliklarining muloqotdagi o‘ziga xoslikni ta’minlashdagi o‘rni, ularning ta’rifi, tibbiy matnning grammatik, leksik va semantik, shuningdek, lingvostilistik imkoniyatlarining muloqot aktida lisoniy madaniyatni ta’minlashdagi vazifalari, gender xususiyatlari, tartibga solingan diskurs, spontan diskursning nutqiy ta’sirga oid farqlarini ifodalash uchun maxsus va vazifadosh shakllar, eksplisit va implisit jihatlar bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18 Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 31-maydagi 39-01-1306-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatini ta’minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
shifokor va bemor o‘rtasidagi nutqiy aktning lokutiv, illokutiv va perlokutiv harakatlarining o‘rni pragmatik yondashuv asosida aniqlash, shifokor, bemor, bemorning yaqinlari lisoniy muloqotining samarali kechishi miqdor, sifat, mavzuga oidlik, muloqot uslubi (tarzi) tamoyillariga bog‘liqligi ilmiy asoslash, shifokor, bemor nutqining implisit (yashirin) va eksplisit (oshkor) ifodalanishi yozib olingan diskurs materiallari asosida tahlillash natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirishlari senariysida foydalanilgan (2023-yil aprel va may oylari). (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 23-apreldagi 04-36-803-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda ishda qo‘llangan yondashuv o‘zbek tili tabiatidan kelib chiqib, “tibbiy diskurs” tushunchasining lingvistik asoslari, maqsad-vazifasi tahlili kesimida o‘rganishda foydalanish mumkinligi asoslanganligi ta’minlangan.
diskurs va matn lingvistikasiga doir mazmun ifodalovchi til birliklari konseptologiyasi va ularning olam lisoniy manzarasidagi aksiga doir lingvistik atamalarni izohlashda Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilayotgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 31-maydagi 39-01-1307-son ma’lumotnomasi). Natijada olam diskurs tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish