Alibekova Zilola Abdulhayit qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “O‘zbek va ingliz tillarida mavhum otlarning lingvokulturologik aspekti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2231.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuhra Akmaljonovna filologiya fanlari doktori, dotsent; Jumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi mavhum otlarni qiyosiy tahlil qilish orqali ularning lingvokulturologik xususiyatlari hamda ularning leksikografik talqinlarini mukammallashtirish hamda tarjima masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda abstrakt nomlarni tavsiflash va tadqiq etishning etnolingvistik, pragmatik, lingvokulturologik, izohli va tarjima lug‘atlardagi leksikografik talqinlarini oydinlashtirish, assotsiativ lug‘atlarni tuzish, leksik abstraksiyaning so‘z turkumlarida voqelanishini va matn hosil qilish imkoniyatlarini ochib berish singari tamoyillari mavjudligi aniqlangan;
o‘zbek tilidagi “sevgi”, “muhabbat”, “ishq” kabi mavhum otlarning etimologiyasi dastlab “säb”, “sëv” fe’llariga, va ingliz tilidagi “eros”, “philia”, “stroge” kabi mavhum otlarning etimologiyasi esa “luve”, “lufu”, “luven”, “loven”, “lufian” kabi ko‘rinishlarda bo‘lganligi, mazkur otlarning ikki tilda qadim zamonlardan beri qo‘llanilib kelganligi va har bir tilda ma’lum tarkibiy o‘zgarishlarga uchraganligi isbotlangan;    
ingliz tilidagi “True merit is like a deep river, the deeper it is the less noise it makes” xalq maqoli o‘zbek tilidagi “Savobi oshkoradan, gunohi pinhona afzal” maqoli bilan qiyoslanib, har ikki xalq madaniyatida bir xil “savob” mavhum oti tushunchasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ingliz tilida o‘zbek tilidan farqli ravishda til birliklarini, xususan, mavhum otlarni ham jiddiy tadqiq etib, maxsus teglab, lug‘atlarini, lug‘atlarda berilishini turli matnlarda kelishini tez va aniq izlash imkoniyatiga moslab berganligi, o‘zbek tilidagi barcha so‘zlarni turkumlik xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan holda ularning maxsus lug‘atlarini ishlab chiqish va lug‘atlarda aks ettirish muhim ahamiyatga egaligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek va ingliz tillarida mavhum otlarning lingvokulturologik aspekti” mavzusidagi dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan:
tilshunoslikda abstrakt nomlarni tavsiflash va tadqiq etishning etnolingvistik, pragmatik, lingvokulturologik, izohli va tarjima lug‘atlardagi leksikografik talqinlarini oydinlashtirish, assotsiativ lug‘atlarni tuzish, leksik abstraksiyaning so‘z turkumlarida voqelanishini va matn hosil qilish imkoniyatlarini ochib berish singari tamoyillari mavjudligi, ingliz tilidagi “True merit is like a deep river, the deeper it is the less noise it makes” xalq maqoli o‘zbek tilidagi “Savobi oshkoradan, gunohi pinhona afzal” maqoli bilan qiyoslanib, har ikki xalq madaniyatida bir xil “savob” mavhum oti tushunchasi bilan bog‘liqligi haqidagi xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli innovatsion ilmiy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 28 iyuldagi 01-2329-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining yangi fikrlar, ilmiy g‘oyalar hamda o‘zbek tili korpusi haqidagi nazariy tushunchalar bilan boyitilishiga erishilgan;
o‘zbek tilidagi “sevgi”, “muhabbat”, “ishq” kabi mavhum otlarning etimologiyasi dastlab “säb”, “sëv” fe’llariga, va ingliz tilidagi “eros”, “philia”, “stroge” kabi mavhum otlarning etimologiyasi esa “luve”, “lufu”, “luven”, “loven”, “lufian” kabi ko‘rinishlarda bo‘lganligi, mazkur otlarning ikki tilda qadim zamonlardan beri qo‘llanilib kelganligi va har bir tilda ma’lum tarkibiy o‘zgarishlarga uchraganligi, ingliz tilida o‘zbek tilidan farqli ravishda til birliklarini, xususan, mavhum otlarni ham jiddiy tadqiq etib, maxsus teglab, lug‘atlarini, lug‘atlarda berilishini turli matnlarda kelishini tez va aniq izlash imkoniyatiga moslab berganligi, o‘zbek tilidagi barcha so‘zlarni turkumlik xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan holda ularning maxsus lug‘atlarini ishlab chiqish va lug‘atlarda aks ettirish ayni dolzarb vazifalardan ekanligi to‘g‘risidagi xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan  PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma va og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2022-yil 28-iyuldagi 01-2331-son ma’lumotnoma). Natijada loyihaning o‘zbek tili va ingliz tilidagi mavhum otlarni ifodalovchi so‘zlarning lingvokulturologik xususiyatlari haqidagi xulosalar hamda amaliy qismining mavhum otlarni ifodalovchi birliklar bilan boyitilishiga erishilgan;
jahon tilshunosligi ilmiy paradigmasiga “til shaxsi” kategoriyasining kiritilishi, tilshunoslik nazaridan chetda qolgan, lekin tilshunoslikka yaqin bo‘lgan fanlarda keng qo‘llanilgan shaxs, ong, tafakkur, faoliyat, xulq, vaziyat singari tushunchalarning o‘zlashtirilishi, XXI asrdan tilning ichki tuzilishini kognitiv, lingvokulturologik vazifa bilan birgalikda o‘rganishga e’tibor berila boshlanganligi, abstrakt nomlar mental, semantik-konseptual, grammatik jihatdan o‘rganilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston  teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali ijodkorlari tomonidan 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Minbar”, “Adabiyot gulshani” ko‘rsatuv va eshittirishlarini  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 15 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar muloqot inson tafakkuri faoliyatining mahsuli  ekanligi bo‘lib, bu jarayonda nutq egalari tomonidan turli maqsadlarga yo‘naltirilgan rang-barang mavhum otlar ishtirokida nutqiy tuzilmalar hosil qilinishi va ularning lingvokulturologik tadqiqotlari ham amalga oshirilishi bugungi tilshunoslik uchun muhimligi, ijtimoiy, ma’naviy jihatdan jamiyatda erishilgan barcha muvaffaqiyatlar zamirida mavhum otlarning tadqiqi orqali muayyan til egalariga xos tafakkur, ma’naviyat va madaniyat ham aks etishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ko‘rsatuvlar davomida bahramand bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish