Saparov Salamat Perdebaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Komparativ adektiv iboralar shakllanishining konseptual asosi va ularning leksik-semantik xususiyatlari (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida)», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3567.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Akmal Gulomjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adektiv frazeologik birliklar guruhini qiyosiy jihatdan majmuaviy tahlil qilish, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi frazeologik birliklarning ushbu o‘ziga xos tarkibiy qismining tavsifini aniqlashdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli lingvomadaniy jamoaga xos obrazlarning o‘ziga xosligini yorqin ifodalaydigan adektiv frazeologik birliklarning turli tillar kesimida chogʻishtirish orqali tillararo struktur-tipologik tasnifi yaratilib, ularning ingliz tilida sifat+kabi+gerundial ifoda, sifat+kabi+egalik olmoshi/olmosh+ot; qoraqalpoq tilida sifat/sifatdosh+kabi+(sifat)+old ko‘makchi+ot kabi shakllarda namoyon bo‘lishining sabablari aniqlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi komparativ adektiv iboralarning konseptual asosi, frazeologik birliklar ko‘lamidagi sinonimik, antonimik, paradigmatik munosabatlari aniqlanib, ularning ham antonimik juftligini (sózge sheshen – sózge olaq, ayɪnda-jɪlɪnda – qudaydɪń qutlɪ kúni, bad name – a good name; In heart – out of heart), ham antonimik-sinonimik bloklarni (aqsha jumsap bilmegenniń dáwleti tayar – money is a good servant but a bad masters) hosil qilishi kabi leksik-semantik xususiyatlari aniqlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida KAFBlarning muayyan bir sotsiumdagi lisoniy shaxs tasavvuriga oid lingvomadaniy birliklarning semantik va pragmatik mazmunidagi konsept jihatdan o‘xshashlik va obrazli farqlanishlari diskursda voqelanishi bilan bog‘liqligi dalillangan;
komparativ adektiv frazeologik birliklar hosil bo‘lishida metaforik ko‘chimning o‘rni, mazkur jarayonda yuzaga keladigan polisemiyaning roli hamda komparativ adektiv frazeologik birliklarning konseptual asosini yaratuvchi etalon, obraz kabi lisoniy belgilari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillarida komparativ frazeologizmlarning kognitiv-semantik xususiyatlari tahlili asosida:
turli lingvomadaniy jamoaga xos obrazlarning o‘ziga xosligini yorqin ifodalaydigan adektiv frazeologik birliklarning turli tillar kesimida chogʻishtirish orqali tillararo struktur-tipologik tasnifi yaratilib, ularning ingliz tilida sifat+kabi+gerundial ifoda, sifat+kabi+egalik olmoshi/olmosh+ot; qoraqalpoq tilida sifat/sifatdosh+kabi+(sifat)+old ko‘makchi+ot kabi shakllarda namoyon bo‘lishining sabablari haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-Fl-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” mavzusidagi loyihasi doirasida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 5-iyundagi 244/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayoniga joriy etilgan yangi ko‘rinishdagi o‘quv qo‘llanmalarni tuzishda ishda ishlab chiqilgan frazeologik birliklarning tasnifi joriy qilingan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi komparativ adektiv iboralarning konseptual asosi, frazeologik birliklar ko‘lamidagi sinonimik, antonimik, paradigmatik munosabatlari aniqlanib, ularning ham antonimik juftligini (sózge sheshen – sózge olaq, ayɪnda-jɪlɪnda – qudaydɪń qutlɪ kúni, bad name – a good name; In heart – out of heart), ham antonimik-sinonimik bloklarni (aqsha jumsap bilmegenniń dáwleti tayar – money is a good servant but a a bad masters) hosil qilishi kabi leksik-semantik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida erishilgan xulosalardan Evropa ittifoqining Erasmus+dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 18-iyuldagi 2042/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompyuter tilshunosligi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar mazmuni olingan natijalar hisobidan boyitilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida KAFBlarning muayyan bir sotsiumdagi lisoniy shaxs tasavvuriga oid lingvomadaniy birliklarning semantik va pragmatik mazmunidagi konsept jihatdan o‘xshashlik va obrazli farqlanishlari diskursda voqelanishi bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi xulosalaridan “Qoraqolpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati” muzeyi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpoq Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyining 2023-yil 22-iyundagi 224-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyning yangi binosiga qo‘yilgan eksponatlar tavsifi ingliz tilida qaytadan yaratilgan, shuningdek, o‘tkaziladigan ekskursiyalarning matnlari tahlil qilinib, ularning ingliz va qoraqalpoq tillaridagi variantlari yangi ma’lumotlar hisobidan boyitilgan.
komparativ adektiv frazeologik birliklar hosil bo‘lishida metaforik ko‘chimning o‘rni, mazkur jarayonda yuzaga keladigan polisemiyaning roli hamda komparativ adektiv frazeologik birliklarning konseptual asosini yaratuvchi etalon, obraz kabi lisoniy belgilari bilan bog‘liq xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining xududiy Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Musiqiy dam olish dasturlari” bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan “Bilimlendiriwde reforma”, “Qayırlı tań” eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-oktyabrdagi 05-22/480-son ma’lumotnomasi). Natijada, KAFBlarning konseptual asosi haqidagi ma’lumotlar mazkur teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ssenariylarin tayyorlashda iqtisodiyot, siyosat, sosiologiya, psixologiya va boshqa sohalarga oid marketing strategiyalarni qo‘llashdagi ba’zi lingvistik muammolar bilan bog‘liq vazifalarning bajarilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish