Yuldashev Normat Temirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cho‘lpon she’riyati poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Fil230.
Ilmiy maslahatchi: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc 03/05.05.2023 Fil.60.07.
Rasmiy opponentlar: Afoqova Nodira Maxmudovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Dildora Zumradbekovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Fayzullaeva Obidaxon Maxmudovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Cho‘lpon she’riyatining ritmik-intonatsion, ifodaviy va janr xususiyatlarini, uning aruz, barmoq vazni, erkin, sarbast she’rlarining badiiyatini hamda obraz yaratish va poetik til sathidagi mahoratini ochib berishdan  iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Cho‘lpon aruzning turkiy she’riyatda eng faol qo‘llangan ramal, hazaj, hafif, mujtass bahrlarida ellikdan ortiq she’riy namunalar yaratganligi  va yaratilgan poetik shakllarda shoirning vazn, qofiya va band tizimida vaznlar transformatsiyasi, qo‘shimchali qofiyalarni qo‘llash, turli bandli she’rlarni istifoda qilish kabi o‘ziga xos yangiliklar kiritganligi asoslangan;
barmoqqa o‘tish jarayoniga xos ritmik-intonatsion jihatlar, shu bilan bog‘liq vazniy qorishiqlik holatlari, hijolar soni teng bo‘lgan turoqlar takrori orqali aruz ohangini hosil qilish, aruz va barmoqqa xos bo‘lgan band shakllarini aralash qo‘llash kabi xususiyatlar ochib berilgan;
erkin va sarbast she’rlarga oid nazariy qarashlardagi har xillik, ya’ni erkin va sarbast she’rlarni ekvivalent sifatida qo‘llashga  munosabat bildirilib, mazkur she’r shakllarining  misralardagi hijolar va turoqlar miqdorining teng emasligi o‘xshash va erkin  she’r tizmaga, sarbast esa sochmaga yaqinligidan  farqlanishi dalillangan;
Cho‘lpon she’riyatida  ijroviy va personajli lirikaning yuksak namunalari yaratilganligi, lirik kechinmaning o‘zga shaxs va personaj tilidan ifoda etilishi ijodkor g‘oyaviy-estetik maqsadini yoritishga, she’rning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qilganligi, bu esa ijodkorning  prozadagi muvaffaqiyatlari uchun ilk tajriba, tramplin vazifasini o‘taganligi isbotlangan;
Cho‘lpon she’riy bisotida kunning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ijtimoiy-siyosiy mazmundagi voizlik she’riyati, she’riy publisistika, publisistik lirikaning mavzu va tematik jihatdan o‘ziga xosligi farqlab berilib, ijtimoiy muhit, davr haqiqatlarini aks ettirishda metaforik va ramziy obrazlardan, kinoyadan mohirona foydalangani aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cho‘lpon she’riyati poetikasini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar quyidagilarda o‘z tatbig‘ini topgan:
Cho‘lpon aruzning turkiy she’riyatda eng faol qo‘llangan ramal, hazaj, hafif, mujtass bahrlarida ellikdan ortiq she’riy namunalar yaratganligi  va yaratilgan poetik shakllarda shoirning vazn, qofiya va band tizimida vaznlar transformatsiyasi, qo‘shimchali qofiyalarni qo‘llash, turli bandli she’rlarni istifoda qilish, shoir she’riyatida anʼanaviy janrlar: g‘azal, qitʼa, marsiya, murabba’, musammatlar va ularning transformatsiyasi bilan bog‘liq  jihatlariga oid ilmiy-nazariy  yangiliklardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 25-avgustdagi 04/1-1565-son ma’lumotnomasi). Natijada, Cho‘lpon she’riy mahoratining shakllanishida qadimgi davr adabiyoti, xususan, mumtoz adabiyot namoyandalari ijodining ta’siri masalasiga doir ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishda asos bo‘lgan;
Cho‘lponning erkin va sarbast she’rlariga oid nazariy qarashlardagi har xillik, ya’ni erkin va sarbast she’rlarni ekvivalent sifatida qo‘llashga  munosabat bildirilib, mazkur she’r shakllarining  misralardagi hijolar va turoqlar miqdorining teng emasligi o‘xshash va erkin  she’r tizmaga, sarbast esa sochmaga yaqinligi, shoir she’riyatining ifodaviy xususiyatlari bilan bog‘lik voizlik she’riyati, she’riy publisistika, publisistik lirika namunalariga doir  ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2021-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2021-57 raqamli “Cho‘lpon hayoti va ijodiy merosi manbalarining elektron platformasi va mobil ilovasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat universiteti 2023-yil 1-noyabrdagi 38-04-2361-son ma’lumotnomasi). Natijada  Cho‘lpon ijodi yangi manbalar, ma’lumotlar bilan boyitilgan, shoir she’riyatining poetik xususiyatlari belgilanishiga xizmat qilgan;      
Cho‘lponning barmoqqa o‘tish jarayoniga xos ritmik-intonatsion jihatlar, shu bilan bog‘liq vazniy qorishiqlik holatlari, hijolar soni teng bo‘lgan turoqlar takrori orqali aruz ohangini hosil qilish, aruz va barmoqqa xos bo‘lgan band shakllarini aralash qo‘llash, Alisher Navoiy ijodiy tajribalarini yangi o‘zbek she’riyatida mahorat bilan qo‘llagani haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan Pz-20170926459 “Navoiyshunoslik tarixi” (XX–XXI asrlar) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 31-oktyabrdagi 01/4 – 2295-son ma’lumotnomasi). Natijada navoiyshunoslik tarixi poetik til, ritmik-intonatsion sathga  oid ilmiy-nazariy qarashlar bilan to‘ldirilib, A.Navoiy she’riyatining keyingi avlodlar ijodiga ta’siri masalalariga oydinlik kiritilgan;
Cho‘lpon she’riyatida ijroviy va personajli lirikaning yuksak namunalari yaratilganligi, lirik kechinmaning o‘zga shaxs va personaj tilidan ifoda etilishi ijodkor g‘oyaviy-estetik maqsadini yoritishga, she’rning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qilganligi, bu esa ijodkorning  prozadagi muvaffaqiyatlari uchun ilk tajriba, tramplin vazifasini o‘taganligi kabi masalalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Onajonim she’riyat” yosh ijodkorlar to‘garagi dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 16-avgustdagi 01-03/950-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlar to‘garagining mashg‘ulotlari she’rshunoslikka oid ilmiy-nazariy tushunchalar bilan boyitilgan;
Cho‘lpon she’riy bisotida kunning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ijtimoiy-siyosiy mazmundagi voizlik she’riyati, she’riy publisistika, publisistik lirikaning mavzu va tematik jihatdan o‘ziga xosligi farqlab berilib, ijtimoiy muhit, davr haqiqatlarini aks ettirishda metaforik va ramziy obrazlardan, kinoyadan mohirona foydalanganligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining  “Ma’naviyat saboqlari” ko‘rsatuvida qo‘llangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2023-yil 3-oktyabr 01-02/74-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviyat bilan bog‘liq ko‘rsatuvlarning mundarijasi yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish