Ruzmetova Ozoda Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Matematikaga oid terminlarning derivatsion va leksikografik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3186.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahnar: Ermetova Jamila Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Doniyor Taxirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi matematik terminlarning derivatsion xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda ochib berish va ularning leksikografik talqinini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari matematika terminologik sistemasining tarixiy tadrijiy, hozirgi davrdagi holati, tarkibiy va etimologik fondi baholanib, terminologiyaning nazariy qoidalari asosida ingliz va o‘zbek tillaridagi matematik terminlarning definitiv (aniq) va deskriptiv (tasviriy) lisoniy xususiyatlari aniqlangan hamda leksik, sintaktik va semantik derivatsiyaning o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
matematik terminologiyadagi o‘z va o‘zlashma qatlamning statistik ko‘rsatkichlari aniqlanib, har ikkala til soha terminologiyasining so‘z yasalish va hosil qilish singari ichki (intralingvistik) resurslari hisobiga, hamda so‘z o‘zlashtirish, kalkalsh kabi tashqi (ekstralingvistik) omillar natijasida boyib, takomillashib borishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi matematikaga oid terminlarning derivatsion jihatdan morfemik-morfologik modellari ishlab chiqilib, 13 ta LSG (leksik-semantik guruhlar)ga ajratib tasniflash orqali ularning matematik amallar, sonlar, butunlik, belgi, tenglik, vaqt, ifoda, masofa, miqdor, hajm, tasvir, burchak, shakl ma’nolarini ifodalash kabi leksik-semantik, bir guruhga mansub bo‘lishiga qaramay turli fazifalarda qo‘llanilishi singari funksional-semantik va sintaktik ya’ni birikma terminlarning tuzilishiga ko‘ra turli komponentlardan tashkil topishi kabi struktur-sintaktik xususiyatlari ochib berilgan;
izohli va tarjima lug‘atlarda terminlarni tarjima qilish tamoyillari hamda usullari orasidagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanib, soha terminlarini unifikatsiyasiga (uyg‘unlashtirishga) erishish orqali ikki tilli (inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha) lug‘atni yaratishning leksikografik mezonlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matematikaga oid ingliz va o‘zbek tillaridagi terminlarning derivatsion va leksikografik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan qiyosiy tipologik taklif va tavsiyalar, shuningdek, yangiliklar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari matematika terminologik sistemasining tarixiy tadrijiy, hozirgi davrdagi holati, tarkibiy va etimologik fondi baholanib, terminologiyaning nazariy qoidalari asosida ingliz va o‘zbek tillaridagi matematik terminlarning definitiv (aniq) va deskriptiv (tasviriy) lisoniy xususiyatlari aniqlangan hamda leksik, sintaktik va semantik derivatsiyaning o‘ziga xosliklari ochib berilganligiga oid natijalaridan Erasmus + dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2- CBHE-JP - ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” nomli xalqaro fundamental grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2022-yil 03-iyundagi 06-121/6-son maʼlumotnomasi). Natijada grant loyihasi doirasida tashkillashtirilgan seminar, vebinar va o‘quv kurslari uchun tayyorlangan materiallarda uchragan matematikaga oid terminlar talqini va interpretatsiyasi muammolari hal qilinib, ingliz va o‘zbek tillaridagi materiallarni trening ishtirokchilariga tushunarli va ravon tillarda taqdim etilishi taʼminlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi matematik terminlarning lingvistik xususiyatlarini belgilash, ularning mavzuiy guruhlar tasnifini amalga oshirish borasidagi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan AL-392103042 “Janubiy Orolbo‘yi cho‘l zonalarida hudud iqlimining isishiga olib keluvchi ekologik-meteorologik jarayonlarni modellashtirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 04-apreldagi 17.01./157-son maʼlumotnomasi). Natijada loyiha bo‘yicha aynan modellashtirish jarayonda uchragan matematik terminlar loyiha ishtirokchilariga sodda qilib tushuntirilgan, shuningdek, ilmiy natijalar loyiha hisoboti va resurslarini tayyorlashga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari matematika terminologik sistemasining tarixiy tadrijiy rivojlanishi, hozirgi davrdagi holati, tarkibiy va etimologik fondi ilmiy jihatdan o‘rganilganligi, soha terminologiyasining ichki resurslar (intralingvistik) hisobiga hamda tashqi (ekstralingvistik) omillar natijasida boyib, takomillashib borishiga oid ma’lumotlar, o‘z va o‘zlashma qatlamning statistik ko‘rsatkichlari aniqlangan ilmiy yangiliklari va tahlillari xususidagi xulosalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-maydagi 358-son ma’lumotnomasi). Natijada bu xulosalar Yangi O‘zbekiston yoshlarida ajdodlarimizning matematikaga oid boy merosidan unumli foydalangan holda o‘z hayotiga tadbiq qilishi , shuningdek, ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy taraqqiyotini rivojlantirishga doir dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan;
matematik terminlar bo‘yicha tahlil qilingan materiallar asosida Prezident maktablari, matematikani chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, shuningdek, matematikani ingliz tilida o‘rganishni xohlovchilar uchun mo‘ljalangan “Matematikaga oid terminlarning o‘zbekcha-inglizcha va inglizcha-o‘zbekcha izohli lugʻati” (Toshkent: “Metodist” nashriyoti, 2023) nashrdan chiqarilgan hamda mazkur lug‘atning EHM dasturi ishlab chiqarilgan. Mazkur lug‘at yordamida matematikaga oid terminlarning izohlari, ularning inglizcha tarjimalari bilan o‘rganishga yordam berishi dalillangan.