Atajanova Nilufar Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Hozirgi o‘zbek an’anaviy va modern she’riyatida xorazmlik shoiralar ijodining o‘rni” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil 1948.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘ayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Gaylieva Ogulay Kurbanmurodovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek an’anaviy va modern she’riyatidagi xorazmlik shoiralar ijodining o‘rnini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hozirgi an’anaviy va modern she’riyatning takomil bosqichlarida Ullibibi Otaeva, Gavhar Ibodullaeva, Go‘zal Begim, Shoira Shamslarning o‘ziga xos o‘rni bor ekanligi she’rlardagi badiiylikni ta’minlovchi omillar orqali dalillangan.
xorazmlik shoiralar she’riyatida ijodiy ta’sir: folklorizm unsurlarining aks etishi, mumtoz adabiy an’analarga novatorona yondashish, jahon adabiyotiga xos ilg‘or ijodiy an’analarni milliy ruhiyat ohanglariga yo‘g‘irib ifodalash yo‘sini tadqiq qilindi hamda iste’dodli ijodkor Shoira Shamsning “Samandar” devonidagi g‘azal, ruboiy, tuyuq, chiston kabi janrlar shakl va mazmun jihatidan ochib berilgan;
hozirgi modern she’riyatda xorazmlik shoiralarga xos tasvir ko‘lami, ularning ijodida tuyg‘ular voqelanishining o‘ziga xosligi, obraz, mavzu, g‘oya ifodasida falsafiy mushohadakorlik asosiy masala ekanligi aniqlangan;
Ullibibi Otaeva, Gavhar Ibodullaeva, Go‘zal Begim, Shoira Shamslarning ijodida ramziy-falsafiy talqin xususiyatlari, poetik shakl tamoyillari, shuningdek, har bir ijodkorning o‘ziga xos uslubi individual va qiyosiy baholanib, she’rlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hozirgi o‘zbek an’anaviy va modern she’riyatida xorazmlik shoiralar ijodining o‘rni” tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalardan:
hozirgi an’anaviy va modern she’riyatning takomil bosqichlarida Ullibibi Otaeva, Gavhar Ibodullaeva, Go‘zal Begim, Shoira Shamslarning o‘ziga xos o‘rni bor ekanligi dalillanishi va o‘zbek modern she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning yuzaga kelish tarzi, shuningdek, she’rlardagi badiiylikni ta’minlovchi omillar hamda ulardagi milliy ruhning ifodalanish yo‘sini va yo‘llari ochilib berilganligi to‘g‘risidagi xulosalardan 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 26-dekabrdagi 503/2-son ma’lumotnomasi). Natijalar xorazmlik shoiralarning she’rlaridagi folklorizm unsurlari va mumtoz adabiy an’analarni tahlil qilish, shuningdek, ijodkorlarning mazkur unsurlardan foydalanish mahoratini tadqiq qilinishi, o‘z navbatida, og‘zaki va yozma adabiyotning individual she’riyatning shakllanishidagi ta’sirni o‘rganish va, qolaversa, millatimiz tafakkuri, ruhiyatidagi o‘ziga xosliklarni inkishof etish adabiyotshunoslik uchun muhim degan xulosaga kelishga asos bo‘lgan;
xorazmlik shoiralar she’riyatida ijodiy ta’sir: folklorizm unsurlarining aks etishi, mumtoz adabiy an’analarga novatorona yondashish, jahon adabiyotiga xos ilg‘or ijodiy an’analarni milliy ruhiyat ohanglariga yo‘g‘irib ifodalash yo‘sini tadqiq qilindi hamda iste’dodli ijodkor Shoira Shamsning “Samandar” devonidagi g‘azal, ruboiy, tuyuq, chiston kabi janrlar shakl va mazmun jihatidan ochib berilgan kabi xulosalardan 2012-2016-yillarda amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tatbiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 26-dekabrdagi 503/1-son ma’lumotnomasi). Natijada xorazmlik shoiralar Rumiy, Navoiy, Ogahiy, Najmiy, Maxtumquli kabi mumtoz adabiyot vakillari ijodidan ta’sirlangan holda badiiy mahoratini yuksaltirganligi; Navoiy davrida shakllangan rasmiy devon tartib berish an’anasi hozirgi o‘zbek she’riyatida Shoira Shamsning “Samandar” devoni misolida davom ettirilgani va undagi barcha adabiy janrlarga oid she’rlari yuksak badiiy mahorat bilan yozilganligi, ularda insoniyatning ruhiy va ma’naviy dunyosi teran ifodalanganligi kabi xulosalardan hozirgi an’anaviy va modern she’riyatda xorazmlik shoiralar ijodini o‘rganish adabiyotshunoslik uchun muhim, degan xulosaga kelishga asos bo‘lgan;
hozirgi an’anaviy va modern she’riyatda xorazmlik shoiralar, xususan, Ullibibi Otaeva, Gavhar Ibodullaeva, Go‘zal Begim, Shoira Shamslarning o‘ziga xos o‘rin egallaganligi, ularning she’riyatida ijodiy ta’sir: xalq og‘zaki ijodiyoti unsurlarining ko‘zga tashlanishi, mumtoz adabiy an’analarga yangicha yondashish, jahon adabiyotining ijodiy an’analarini milliy ruh ohanglariga monand ifodalash tarzining o‘ziga xosligi kabi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Xorazm” telekanalining “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-fevraldagi 105-son ma’lumotnomasi). Natijada xorazmlik shoiralar ijodida ramziy-falsafiy talqin xususiyatlari yetakchilik qilishi, poetik mazmun o‘ziga xosligi bo‘rtib turishi, umuman, ularning badiiy mahorati yuzasidan teletomoshabinlarning bilimlari boyishiga erishilgan.