Zaripov Azamat G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Oripovning peyzaj lirikasi badiiyati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1572.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Ulug‘ov Abdulla O‘zbekovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abdulla Oripov she’riyatida peyzaj lirikasining badiiy-estetik xususiyatlari, poetik shakl, mazmun va obraz uyg‘unligi hamda falsafiy tafakkur va ijodiy uslubning namoyon bo‘lish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Oripov she’riyatida peyzaj tasviri tabiatni shunchaki his qilish natijasi emas, balki uni muayyan poetik obraz va ramzlar vositasida yuksak ijodiy-intellektual idrok etish va san’atkorona tasvirlash ob’ekti ekani, shoir tabiatni jonli yaratiq sifatida talqin etib, o‘z estetik idealini, lirik tuyg‘ulariyu ijtimoiy-falsafiy umumlashmalarini peyzaj tasviriga poetik sintez qilishi dalillangan;
shoir peyzaj lirikasi – mifologizatsiya yoki tabiat hodisalarini poetik mifologemalar, xayoliy-fantastik obrazlar vositasida tasvirlash; jonlantirish yoki tabiat hodisalariga insonlarga xos fazilatlarni singdirish, ya’ni tabiatni shaxslantirish; metamorfoza yoki poetik evrilish; tabiat hodisalarini manzara lirikasi vositasida tasvirlash; tabiatga bevosita murojaat hamda tabiat monologi yoki tabiat tilidan so‘zlash usullariga tayanishi asoslangan;
lirik asar ramziylikka asoslanishi, Abdulla Oripov uchun peyzaj poetik tasvir vositasi ekani, shoir tabiat vositasida ijod konsepsiyasini – Vatan va millat ozodligi, komil inson va mukammal jamiyat haqidagi estetik idealini ifodalashi, zohiran sof tabiat tasviriga bag‘ishlangan “Bahor” she’rida ushbu fasl vositasida millat taqdirini, uning bir tomondan shonli, ikkinchi tomonidan, murakkab va ziddiyatli tarixini nurriyat bahori ramzi vositasida ifodalagani isbotlangan;
shoir lirikasida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar inson-tabiat-jamiyat triadasi bilan bog‘liq hayot falsafasini, shoir badiiy niyati va dunyoqarashini ifodalashi, tabiat tasviri orqali milliy xarakter va ruhiyat, shuningdek, umumbashariy g‘oyalar yoritilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Oripov she’riyatida peyzaj lirikasi badiiyati tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Abdulla Oripov she’riyatida peyzaj tasviri tabiatni shunchaki his qilish natijasi emas, balki uni muayyan poetik obraz va ramzlar vositasida yuksak ijodiy-intellektual idrok etish va san’atkorona tasvirlash ob’ekti ekani, shoir tabiatni jonli yaratiq sifatida talqin etib, o‘z estetik idealini, lirik tuyg‘ulariyu ijtimoiy-falsafiy umumlashmalarini peyzaj tasviriga poetik sintez qilishi dalillanganligi hamda shoir peyzaj lirikasi – mifologizatsiya yoki tabiat hodisalarini poetik mifologemalar, xayoliy-fantastik obrazlar vositasida tasvirlash; jonlantirish yoki tabiat hodisalariga insonlarga xos fazilatlarni singdirish, ya’ni tabiatni shaxslantirish; metamorfoza yoki poetik evrilish; tabiat hodisalarini manzara lirikasi vositasida tasvirlash; tabiatga bevosita murojaat hamda tabiat monologi yoki tabiat tilidan so‘zlash usullariga tayanishi asoslangan doir ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022 yillarda bajarilgan “A-OT-2019-10 – “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2023-yil 19-dekabrdagi 01/4-2243-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir peyzaj lirikasi – mifologizatsiya yoki tabiat hodisalarini poetik mifologemalar, xayoliy-fantastik obrazlar vositasida tasvirlash; jonlantirish yoki tabiat hodisalariga insonlarga xos fazilatlarni singdirish, ya’ni tabiatni shaxslantirish; metamorfoza yoki poetik evrilish; tabiat hodisalarini manzara lirikasi vositasida tasvirlash; tabiatga bevosita murojaat hamda tabiat monologi yoki tabiat tilidan so‘zlash usullariga tayanishiga oid mavjud ilmiy qarashlar boyitilgan;
lirik asar ramziylikka asoslanishi, Abdulla Oripov uchun peyzaj poetik tasvir vositasi ekani, shoir tabiat vositasida ijod konsepsiyasini – Vatan va millat ozodligi, komil inson va mukammal jamiyat haqidagi estetik idealini ifodalashi, zohiran sof tabiat tasviriga bag‘ishlangan “Bahor” she’rida ushbu fasl vositasida millat taqdirini, uning bir tomondan shonli, ikkinchi tomonidan, murakkab va ziddiyatli tarixini nurriyat bahori ramzi vositasida ifodalagani isbotlanganligi hamda shoir lirikasida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar inson-tabiat-jamiyat triadasi bilan bog‘liq hayot falsafasini, shoir badiiy niyati va dunyoqarashini ifodalashi, tabiat tasviri orqali milliy xarakter va ruhiyat, shuningdek, umumbashariy g‘oyalar yoritilishi ochib berilganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “PZ-2020042022 – “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-dekabrdagi 01/4-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir lirikasida peyzaj vositasidagi poetik obrazlar inson-tabiat-jamiyat triadasi bilan bog‘liq hayot falsafasini lingvodidaktik aks ettirishiga oid ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish