Kalimbetov Sharapat Maxsutbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sadness/qayg‘u metaforasi matnda faollashuvining kognitiv-diskursiv xususiyatlari (qoraqalpoq va ingliz tillari materialida)», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3497.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kalandarov Aybek, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillarida qayg‘u emotsiyasining metaforik ifodalanishida ishtirok etuvchi vositalarni aniqlash hamda ushbu metaforik iboralarning turli janrlarda faollashuvini ta’minlovchi omillarni belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
emotsiya metaforalari ilmiy maqomi va ontologik tabiatinini belgilashda konseptual metafora nazariyasi doirasida shakllangan tahlil tamoyillariga murojaat qilishning ustuvorligi isbotlangan;
qayg‘u emotsiyasini ifodalovchi birliklarning ingliz va qoraqalpoq tillardagi sinonimik qatorlari aniqlanib, ularning metaforik konseptuallashtirish imkoniyatlari ochib berilgan;
emotsiya metaforalarning she’riy va nasriy matnlarda faollashuv ko‘lamini baholash orqali she’riy nutqda metaforik ijodkorlik namunalari keng miqyosda namoyon bo‘lishi va ushbu holatda shoirlarning til zaxirasidan erkin foydalanishi dalillangan;
qayg‘u emotsiyasi bilan bog‘liq metaforik tuzilmalar maqomini baholash asnosida ushbu guruhga kiruvchi metaforalar negizida turgan kognitiv modellar turlari ajratilib, ularning ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Insonning qayg‘uli hissiyotlarini aks ettiruvchi metaforik iboralarning ingliz va qoraqalpoq lingvomadaniyatlarida voqelanishining lingvistik, kognitiv, pragmatik va milliy-madaniy xusisiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha erishilgan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
emotsiya tushunchalarining tilshunoslikda talqin qilinishi doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 10-avgustdagi 310/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi sadness/qayg‘u metaforalarining konseptual shakllanishi faoliyati bilan aloqador funksional ifodasi tasnifi mezonlariga oid natijalardan Evropa ittifoqining Erasmus+dasturi doirasida 2016-2018-yillarda bajarilgan 561624-EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBNE IMEP: O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 10-maydagi 1187/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanayotganida manba zaxirasi boyitilgan;
metaforalarning matnda faollashuvi muhim hisoblanib an’anaviy yo‘nalishlari bilan bir qatorda, lisoniy hodisalarni inson madaniyati, milliy–madaniy qadriyatlari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlangan antropotsentrik yondashuvning lingvokulturologik, lingvostilistik, lingvokognitiv, pragmatik yo‘nalishlariga oid xulosalar Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining «Musiqiy dam olish dasturlari» bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan «Bilimlendiriwde reforma», «Qayırlı tań» ko‘rsatuvlari orqali aholiga, o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga, adabiyotshunoslik, qoraqalpoq va ingliz tillari bilan qiziquvchi keng ommaga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-apreldagi 05-22/188-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan;
sadness/qayg‘u emotsiyalarining poetik va nasriy matnlarda konseptuallashuviga oid dissertatsiyada tayyorlangan misollar tahlili natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi anjumanlari ma’ruzalarida foydalanilgan va jamoatchilik tomonidan muhokama qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 18-avgustdagi 69-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchilar uyushmasi yosh olimlar to‘garagi uchun nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanishida manba zaxirasi boyitilgan.