Rajapov Shavkat Zaripbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6705.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari biologik ehtiyojlar, jismoniy tarbiya korreksiyasi va sog‘lom turmush tarzini integrativ uyg‘unlashtirish hamda maqsadli-konseptual va tashkiliy-natijaviy komponentlarning integrativ yaxlitligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish modeli jismoniy tarbiyaning ierarxik uzlyuksizligi, kompensator va nutq muloqotining shakllanishi, yosh xususiyatlarini hisobga olish hamda o‘qitishning shaxsga yo‘nalganligi, texnologiklik, adekvatlik, optimallik, o‘zgaruvchanlik tamoyillarining musiqiy ritm va manzarali-figurali kompozisiyalar bilan didaktik mazmunga ko‘ra izchil uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish samaradorligi formokorreksion ritmoplastika, tanaga yo‘naltirilgan psixotexnika, psixogimnastika, art-fantaziya texnologiyalaridan effektiv foydalanish hamda antropometrik ko‘rsatkichlarning konsentrik uyg‘unligini didaktik maqsadga mos ratsional foydalanish asosida takomillashtirilgan;
adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish modeli harakat faolligi antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda jismoniy tayyorgarlik darajalarini variatsiyalash mezonlarini loyihaviy tizimlashtirish va motorika harakatlari natijadorligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari biologik ehtiyojlar, jismoniy tarbiya korreksiyasi va sog‘lom turmush tarzini integrativ uyg‘unlashtirish hamda maqsadli-konseptual va tashkiliy-natijaviy komponentlarning integrativ yaxlitligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Surdopedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-564 son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni jismoniy faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash jarayonini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish modeli jismoniy tarbiyaning ierarxik uzlyuksizligi, kompensator va nutq muloqotining shakllanishi, yosh xususiyatlarini hisobga olish hamda o‘qitishning shaxsga yo‘nalganligi, texnologiklik, adekvatlik, optimallik, o‘zgaruvchanlik tamoyillarining musiqiy ritm va manzarali-figurali kompozisiyalar bilan didaktik mazmunga ko‘ra izchil uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Surdopedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-564 son nashr ruxsatnomasi). Natijada eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi formokorreksion ritmoplastika, tanaga yo‘naltirilgan psixotexnika, psixogimnastika, art-fantaziya texnologiyalaridan effektiv foydalanish hamda antropometrik ko‘rsatkichlarning konsentrik uyg‘unligini didaktik maqsadga mos ratsional foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Surdopedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-564 son nashr ruxsatnomasi). Natijada adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish modeli harakat faolligi antropometrik ko‘rsatkichlarini tahliliy aniqlash hamda jismoniy tayyorgarlik darajalarini variatsiyalash mezonlarini loyihaviy tizimlashtirish va motorika harakatlari natijadorligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Surdopedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-564 son nashr ruxsatnomasi). Natijada eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish