Gafarova Aziza Israilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘orish tarmoqlaridagi suv o‘lchash va taqsimlash qurilmalaridan foydalanishni axborot texnologiyalarni qo‘llash asosida takomillashtirish”, 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/T3786
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Fatxulloev Alisher Mirzotilloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
1.    Chirchiq davlat pedagogika instituti, “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedra mudiri, dotsent, t.f.d. Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich (06.01.02).
2.    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti, t.f.d. Samiev Lukmon Naimovich (05.09.07).
Yetakchi tashkilot - Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Sug‘orish tarmoqlaridagi suvni o‘lchash, taqsimlash qurilmalarida o‘lchov-kuzatuv jarayonining tezkorligi va aniqligini oshirishni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘orish tarmoqlaridagi taqsimlash inshootlarining boshqarilganlik darajasini hisobga olgan holda suv sarfini hisobga olish imkoniyati yaratilgan;
sug‘oriladigan maydonlardagi suv o‘lchash qurilmalarida o‘lchov jarayonini optimallashtirish bo‘yicha dasturiy vositalari ishlab chiqilgan va mobil ilovasi yaratilgan;
suv o‘lchash va taqsimlash inshootlarida (zatvor) suv sarfini o‘lchash va onlayn hisobini yuritish qurilmasi yaratilgan;
sug‘orish suvining hisobi va hisobotini yuritishning raqamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda sug‘orish tizimining ishonchliligining ekspluatatsion sifatlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘orish tarmoqlarida suv resurslari hisobi va hisobotini yuritish tizimini takomillashtirish hamda standart suv o‘lchash vositalari va tekis darvozlarni boshqarish orqali suv sarfini aniqlashga bag‘ishlangan tadqiqotlar asosida:
- sug‘orish tarmoqlarida suvni hisobga olish va taqsimotini amalga oshirish jarayoni suvdan foydalanish rejasiga muvofiq raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan usuli Parkent-Qorasuv irrigatsiya tizimida tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 fevraldagi 03/37-522-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 13.12.2023 yildagi DGU 31014 raqamli guvohnomasi). Natijada standart suv o‘lchash qurilmalari yordamida o‘lchov-kuzatuv jarayoni soddalashtirilgan hamda tezkor va yuqori aniqlikda suv sarfini hisobga olishni ta’minlash uchun mobil ilova yaratilgan.
- sug‘orish tarmoqlaridagi taqsimlash inshootlarining boshqarilganlik darajasini hisobga olgan holda sarf koeffisientining o‘zgaruvchanligi eksperimental asoslangan usuli Toshkent magistral kanalida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 fevraldagi 03/37-522-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 13.12.2023 yildagi DGU 31015 raqamli guvohnomasi). Natijada suv taqsimlash inshootlari (zatvor) orqali oqib o‘tuvchi suv sarfini amaldagi talab darajasida hisobga olish imkoniyati yaratilgan.
- turli standart suv o‘lchash qurilmalari yordamida suv sarfini o‘lchash jarayoni tezkorligini ta’minlash imkonini beruvchi mobil ilova Katta Farg‘ona kanalining O‘rta Qo‘rg‘on suv olish joyida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 fevraldagi 03/37-522-son ma’lumotnomasi, So‘x-Oqtepa irrigatsiya tizimi boshqarmasining 2022 yil 20 dekabrdagi dalolatnomasi). Natijada sug‘orish ichki tarmoqlarida suv istemolchilarga tezkor va adolatli suv taqsimotini amalga oshirishga erishilgan;
-suv resurslarini hisobini real vaqt rejimida nazoratini ta’minlash uchun yaratilgan qurilma suv xo‘jaligi tizim tashkilotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 fevraldagi 03/37-522-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 25.05.2022 yildagi FAP 01982 raqamli foydali model patenti). Natijada sug‘orish tarmoqlarida suv sarfini onlayn nazorati asosida hisobini yuritish tizimi yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish