Raxmonov Akbar Turaqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tut ipak qurtining pilla o‘ramaslik patologiyasi va uni oldini olishda yangi kompleks preparat ta’sirini ilmiy asoslash”, 06.02.04 – Ipakchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1230.
Ilmiy rahbar: Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti, PhD.36/30.01.2020.Qx.103.01
Rasmiy opponentlar: Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ismatullaeva Dilorom Adilovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tut ipak qurti beshinchi yoshining oxiri va pilla o‘rash davrida kelib chiqadigan kasalligini ekologik va agrotexnik nuqtai nazardan chuqur o‘rganib, qurtlar nobud bo‘lish sabablarini aniqlash hamda vujudga kelayotgan zararni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan tavsiyanoma ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tut ipak qurtining pilla o‘ramaslik patologiyasi O‘zbekiston sharoitida ilk bor ipak bezining anatomik strukturasida kechadigan, ya’ni presslovchi apparat devori va unga kelib qo‘shilgan muskullar qisqarishini bloklanishi sababli sodir bo‘lishi aniqlangan;
beshinchi yosh oxiri va pilla o‘rash davrida ipak qurtining kimyoviy zaharlanishi natijasida pilla o‘ramaslik holati g‘o‘za, bug‘doy, meva va sabzavotlarning zararkunandalariga qarshi keng qo‘llaniladigan mospilan, karate, detsis hamda nurel kabi insektitsid va pestitsidlar ta’siri oqibatida kelib chiqishi asoslab berilgan;
ipak qurtining turli kasalliklari epizootologiyasini oldini olishda yangi kompleks preparatning 0,05 % li eritmasi qurtlar hayotchanligini 88,6-94,4% ga oshirishi va pilla o‘ramaslik patologiyasini 0,8-1,2 % gacha pasaytirishi mumkinligi isbotlangan;
pilla o‘ramaslik patologiyasi ipak qurtining zot va duragaylari genotipiga bog‘liq emasligi 5 xil mahalliy zot va duragaylarni 4 xil mintaqada testlash asosida aniqlangan;
tarkibida kumush nitrat (AgNO3), kaliy yodid (KJ), askorbin kislota va selen (Se) moddalarini saqlovchi kompleks preparatning 0,05 % li eritmasidan tut barglarini boyitish uchun foydalanish, bahor va yoz mavsumida sanoat duragay pillalar navdorligini nazoratga nisbatan 10-11 % ga, 1 quti urug‘dan olinadigan pilla hosilini 7,9-12,1 kgga oshishiga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tut ipak qurtining pilla o‘ramaslik patologiyasi va uni oldini olishda yangi kompleks preparat ta’sirini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ishlab chiqarish sharoitida parvarishlanayotgan ipak qurtlari hayotchanligi va pilla hosildorligini oshirish hamda pilla o‘ramaslik holatlarini oldini olish maqsadida yangi kompleks preparatning 0,05% li eritmasi 2022-yil bahor mavsumida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani «Agro-pilla» MChJning «Sandal MFY» ga qarashli kasanachi A.Yallaev xonadonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 25-oktyabrdagi 1-3/701-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir quti qurtdan 7,9 kg qo‘shimcha pilla hosili olinib, iqtisodiy samaradorlik 3606612 so‘mni, sof foyda 750 000 so‘mni tashkil etgan, hamda tajriba variantida rentabellik darajasi nazorat variantga nisbatan 8,2% oshishiga erishilgan;
yangi kompleks preparatning 0,1% li eritmasi 2022-yil bahor mavsumida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani «Agro-pilla» MChJ «Sandal MFY» ga qarashli kasanachi A.Yallaev xonadonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 25-oktyabrdagi 1-3/701-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir quti qurtdan 12,1 kg qo‘shimcha pilla hosili olinib, iqtisodiy samaradorlik 3964081 so‘mni, sof foyda 846171 so‘mni tashkil etib, tajriba variantida rentabellik 27,1% bo‘lishiga erishilgan;
tashqi muhitning noqulay omillari natijasida kelib chiqadigan pilla o‘ramaslik patologiyasini oldini olish maqsadida kompleks preparatning 0,05% li eritmasi 2023 yil bahor mavsumida Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Agro-pilla» MChJ, «Zarafshon MFY» ga qarashli kasanachi X.O‘rinov xonadonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 25-oktyabrdagi 1-3/701-son ma’lumotnomasi). Natijada, parvarishlangan qurtlardan qiyoslovchiga nisbatan 11,4 kg qo‘shimcha pilla olinib, iqtisodiy samaradorlik 4304606 so‘mni, sof foyda 822969 so‘mni hamda tajriba variantida rentabellik 23,6% ni tashkil etgan;
ipak qurtlarida pilla o‘ramaslikni oldini olish va sifatli pilla etishtirishga qaratilgan tajribalarda kompleks preparatning 0,1% li konsentratsiyasi 2023-yil bahor mavsumida Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Agro-pilla» MChJ «Zarafshon MFY» ga qarashli kasanachi X.O‘rinov xonadonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 25-oktyabrdagi 1-3/701-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba varianti qurtlaridan qiyoslovchiga nisbatan 7,0 kg qo‘shimcha pilla olingan. Iqtisodiy samaradorlik 3870072 so‘mni, sof foyda 716675 so‘mni tashkil etgan. Tajriba variantida rentabellik 22,7% bo‘lishiga erishilgan.