Madraximov Shodlik Nazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sut-go‘sht yo‘nalishidagi qoramol zotlar mahsuldorligini oshirishning seleksion-texnologik asoslari”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Qx179.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02. (Bir martalik IK)
Rasmiy opponentlar: Xolmirzaev Dustmuxammad, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kosimov Matazim Askarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ashirov Baxtiyor Muradullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va
chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sut-go‘sht yo‘nalishidagi qoramol zotlar mahsuldorligini oshirishning seleksion-texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston sharoitida qoramolchilikda go‘sht ishlab chiqarish hajmini oshirishda jahon genofondiga xos go‘sht yo‘nalishidagi naslli buqa zotlarining irsiy imkoniyatlaridan foydalanib, sut-go‘sht yo‘nalishidagi sigirlarni sanoat asosida chatishtirish usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor O‘zbekiston sharoitida simmental va aberdin-angus, sharole zotlari genotipiga mansub F1 duragay buqachalarning 12 oyligida mutloq o‘sishi sof simmental zotli buqachalarga nisbatan 27,6 kg ga (8,1%) va 16,3 kg ga (4,8%) yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
monbelyard va aberdin-angus, limuzin zotlari genotipiga mansub F1 duragay buqachalarning 12 oyligida mutloq o‘sishi, sof monbelyard zotli buqachalarga nisbatan 20,4 kg ga (5,8%) va 12,7 kg ga (3,6%) yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
shvis va aberdin-angus, limuzin zotlari genotipiga mansub F1 duragay buqachalarning 12 oylik yoshida mutloq o‘sishi sof shvis zotli buqachalarga nisbatan 19,2 kg ga (5,6%) va 7,7 kg ga (2,2%) yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
ilk bor O‘zbekiston sharoitida buqachalarning tirik vazni, ekstereri, go‘sht mahsuldorligi va ozuqani tirik vazn bilan qoplash xususiyatlari go‘sht yo‘nalishidagi aberdin-angus, limuzin va sharole zotli buqalarga bog‘liqlikda aniqlangan;
sanoat asosida chatishtirishdan olingan F1 duragay buqachalarning mahsuldorligini oshirishning seleksion asoslari ishlab chiqilgan. Go‘sht yo‘nalishidagi aberdin-angus, limuzin va sharole zotli buqalar urug‘i bilan sut-go‘sht yo‘nalishidagi zotli sigirlarni sanoat asosida chatishtirishdan olingan birinchi bo‘g‘in (F1) duragay avlodlarda “geterozis” samarasi aniqlangan;
qo‘sh mahsuldorlik yo‘nalishidagi qoramol zotlarni sanoat asosida chatishtirish orqali, iqtisodiy samaradorligini oshirishda va seleksiyalash jarayonlarini tezlashtirishda go‘sht mahsuldorlik yo‘nalishidagi buqa zotlaridan foydalanish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sut-go‘sht yo‘nalishdagi qoramol zotlar mahsuldorligini oshirishning seleksion-texnologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar asosida:
Olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijasida monbelyard zotli sigirlarni go‘sht yo‘nalishidagi aberdin-angus zoti bilan sanoat asosida chatishtirish usuli Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Sardoba temir yo‘l agrosanoat majmuasi” MChJning qoramolchilik fermasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 30-noyabrdagi 02/23-2281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan birinchi bo‘g‘in (F1) duragay buqachalarning 16 oyligida tirik vazni 520,2 kg ni tashkil etib, sof monbelyard zotli tengqurlariga nisbatan 36,8 kg yoki 7,6% yuqori qo‘shimcha tirik vazn olishga erishilgan. Bunda bir bosh buqachadan 23409 ming so‘m daromad olinib, unga 17276 ming so‘m xarajat qilingan yoki olingan sof foyda 6133 ming so‘mni, iqtisodiy samaradorlik 35,5% ni tashkil qilgan;
shvis zotli sigirlarni go‘sht yo‘nalishidagi aberdin-angus zotli buqalar urug‘i bilan sanoat asosida chatishtirish usuli Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi “Gulobod-meva” MChJ qoramolchilik fermasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 30-noyabrdagi 02/23-2281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan F1 duragay buqachalarning 16 oyligida tirik vazni 513,1 kg ni tashkil etib, sof shvis zotli tengqurlariga nisbatan 41,9 kg yoki 8,9% qo‘shimcha tirik vazn olingan, natijada har bir bosh F1 duragay buqachadan 23090 ming so‘m daromad qilingan, unga sarflangan jami xarajat 16950 ming so‘mni yoki olingan sof foyda 6140 ming so‘mni va iqtisodiy samaradorlik 36,2% ni tashkil etgan;
Xorazm viloyati, Shovot tumanidagi “Temiryo‘lobod” MChJda simmental zotli sigirlarni go‘sht yo‘nalishidagi aberdin-angus zotli buqalar urug‘i bilan sanoat asosida chatishtirish joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 30-noyabrdagi 02/23-2281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik sanoat asosida chatishtirishdan olingan F1 duragay buqachalarning tirik vazni 16 oyligida 518,3 kg ga etkazilgan yoki o‘z tengqurlari sof simmental zotli buqachalarga nisbatan 42,4 kg yoki 8,9% ga yuqori qo‘shimcha tirik vazn olingan. Har bir bosh F1 duragay buqachadan olingan sof foyda 6042 ming so‘mni yoki iqtisodiy samaradorlik 35,0% ni tashkil etgan;
Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani, “Toshloqchorvaservis” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan simmental zotli sigirlarni go‘sht yo‘nalishidagi limuzin zotli buqalar urug‘i bilan sanoat asosida chatishtirishdan olingan tadqiqotlar ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 30-noyabrdagi 02/23-2281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada F1 duragay buqachalarning 16 oyligidagi tirik vazni 512,1 kg ni tashkil etib, 36,2 kg yoki 7,6% ga qo‘shimcha tirik vazn olingan. Bir bosh F1 duragay buqachadan 23044 ming so‘m daromad olinib, unga jami 17437 ming so‘m xarajat sarflangan yoki har bir boshdan 5607 ming so‘m sof foyda olingan, iqtisodiy samaradorlik 33,2% ni tashkil qilgan;
Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligida shvis zotli sigirlarni go‘sht yo‘nalishidagi aberdin-angus zotli buqalar urug‘i bilan sanoat asosida chatishtirish ’natijasida olingan F1 duragay buqachalarning 16 oyligidagi tirik vazni 513,1 kg ni tashkil qilib, sof shvis zotli buqachalarga nisbatan 41,9 kg ga yoki 8,9% ga yuqori qo‘shimcha tirik vazn olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 30-noyabrdagi 02/23-2281-sonli ma’lumotnomasi). Olingan sof foyda 6140 ming so‘mni tashkil qilib, iqtisodiy samaradorlik 36,2% ni tashkil etgan.
    

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish