Baxadirxanov Muxamedzarif Muxamed Kabirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Laparoskopik pielolitotomiya, pieloplastika va ureterotsistoneoanastomozda buyrak va qovuqni drenajlash usullarini takomillashtirish», 14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib772.
Ilmiy maslahatchi: Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Merinov Dmitriy Stanislavovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Fayzullo Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat universtiteti» Oliy ta’limning federal davlat avtonom ta’lim muassasasining Urologiya va inson reproduktiv salomatligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: laparoskopik tashrixlarda siydik yo‘llarini drenajlash usullarini takomillashtirish orqali bemorlarning davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laparoskopik pieloplastikadan so‘ng qo‘shimcha mutaxassislar va asbob-uskunalarni jalb qilmagan holda tashrix vaqtidayoq amaliyotni bajarish imkoniyati bilan tavsiflanuvchi buyrakning kosacha-jom tizimini drenajlash usuli takomillashtirilgan;
laparoskopik tashrix vaqtida bemorlarni qo‘shimcha aralashuvlar va anesteziya o‘tkazish zaruriyatidan halos qiluvchi buyrakning kosacha-jom tizimini laparoskopik drenajlash va buyrakdan qon ketishini to‘xtatish usuli takomillashtirilgan;
laparoskopik pieloplastikadan so‘ng kasallikning kechish og‘irligi va strikturaning joylashuvi hamda operativ aralashuvning xususiyatini hisobga oluvchi yuqori siydik yo‘llarini drenajlashning maqbul usulini tanlashning klinik-anatomik xususiyatlari aniqlangan;
laparoskopik pieloplastikada yangi kombinatsion texnika yordamida yuqori siydik yo‘llarini drenajlash va siydik nayi intubatsiyalashda barcha drenajlar yagona teshikdan chiqarilgani holda siydik nayining avtonomligi saqlanib qolishi aniqlangan;
laparoskopik pieloplastikada bir vaqtda nefrostoma va siydik nayi stentini o‘rnatish, siydik nayini alohida intubatsiya qilish, shuningdek intubator va nefrostoma kombinatsiyasida drenajlashning maqbul davomiyligini oydinlashtirishga qaratilgan taktik jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM Ekspert kengashining 2024-yil 6 mayidagi 06-05-012-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM ning 2024 yil 6-maydagi 209-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: laparoskopik pieloplastikadan so‘ng qo‘shimcha mutaxassislar va asbob-uskunalarni jalb qilmagan holda tashrix vaqtidayoq amaliyotni bajarish imkoniyati bilan tavsiflanuvchi buyrakning kosacha-jom tizimini drenajlash usuli takomillashtirilgani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №35/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nefrostomali bemorlarni drenajlardan tez xalos qilinishi va ularning hayot sifati yuqori bo‘lganligi sababli, bemorlarning ishlash va o‘z-o‘zini parvarish qilish qobiliyati siydik yo‘llari stentlari bo‘lgan bemorlarga qaraganda 30 % ga yaxshi. Vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlik, nogironlik va kasallikdan tiklanish davrini qisqartirish bemorlarning normal hayot va mehnatga erta qaytishiga yordam beradi. Bu ijtimoiy faollikni saqlashga va jamiyat hayotida ishtirok etishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Nefrostomani o‘rnatishning yangi usulidan foydalanilganda jarroxlik amaliyotining o‘rtacha narxi 7450000 so‘mgacha pasaymoqda, bu esa har bir operatsiyadan 330000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Shuningdek, bemorlarga 1430000 so‘mlik stentni olib tashlash uchun operatsion xonada sistoskopiya qilish shart emas. Bundan tashqari, bemorlarda qo‘shimcha tibbiy aralashuvni talab qiluvchi urinoma rivojlanishi kabi asoratlar kuzatilmaydi: qo‘shimcha nefrostoma o‘rnatish - o‘rtacha 3210000 so‘m; ochiq jarrohlik – o‘rtacha 4200000 so‘m; laparoskopik jarrohlik - o‘rtacha 7100000 so‘m. Xulosa: Laparoskopik pieloplastikada nefrostoma o‘rnatishning takomillashtiril-gan usuli siydik nayi stentiga nisbatan har bir operatsiya uchun 1760000 so‘mga yaqin mablag‘ni tejash imkonini beradi. Yiliga 100 ta jarroxlik amaliyoti amalga oshirilsa, jami jamg‘arma taxminan 176000000 so‘mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, stentdan foydalanilganda asoratlar yuzaga kelsa, taxminan 3758000 so‘m qo‘shimcha xarajatlarga olib kelishi mumkin, bu operatsiya umumiy qiymatining taxminan 20,1% ni tashkil qiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 2024 yil 6 maydagi 209 sonli xat yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: laparoskopik tashrix vaqtida bemorlarni qo‘shimcha aralashuvlar va anesteziya o‘tkazish zaruriyatidan halos qiluvchi buyrakning kosacha-jom tizimini laparoskopik drenajlash va buyrakdan qon ketishini to‘xtatish usuli takomillashtirilgani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №35/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyrakdan qon ketishini to‘xtatish bemorlarning ahvolini yaxshilashda asosiy rol o‘ynaydi, ularning minimal qon yo‘qotishi tufayli tezroq tiklanishiga imkon beradi. Qon ketishini nazorat qilish bilan bajarilgan jarroxlik amaliyoti bemorlar 45% tezroq ishga qaytadilar va 7-10 kun oldin drenajlardan xalos bo‘lishadi. Amaliyotdan keyin tez tiklanish va nogironlik xavfini kamaytirish bemorlarning ijtimoiy integratsiyasiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Laparoskopik pieloplastika amaliyotining o‘rtacha narxi 7615000 so‘mni tashkil qiladi. Dissertatsiya natijalariga ko‘ra, nefrostomani o‘rnatish paytida buyrakdan qon ketishi bemorlarning 13 foizida rivojlanishi mumkin. Nefrostomani o‘rnatish va buyrakdan qon ketishini to‘xtatish uchun yangi texnikadan foydalanganda, 85% hollarda qon ketishini to‘xtatish mumkin. Qon ketishi bilan og‘rigan bemorlarning 4,5 foizi intensiv terapiya bo‘limida o‘rtacha 2 kun davomida davolanadi. Qolgan bemorlar oddiy bo‘limda qo‘shimcha 4 yotoq kuni davolanadi. Oddiy bo‘limda har bir qo‘shimcha to‘shak kuniga 350000 so‘m, reanimatsiya bo‘limida 1450000 so‘m sarflanadi. Buyrakdan qon ketgan bemorlarga o‘rtacha 455000 so‘m ko‘proq xarajat qilinadi. Buyrakdan qon ketish rivojlansa, bemorlarni an’anaviy usulda davolash uchun o‘rtacha 1061000 so‘m, yangi texnikada esa 748480 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Nefrostoma o‘rnatish va buyrakdan qon ketishni to‘xtatish uchun yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini o‘rganish an’anaviy usulga nisbatan sezilarli afzalliklarni ko‘rsatadi. Laparoskopik pieloplastika jarrohlik amaliyotining narxi, buyrakdan qon ketish ehtimoli, yangi texnikaning qon ketishini to‘xtatishdagi samaradorligi va asoratlarni davolashdagi qo‘shimcha xarajatlar hisobga olinib, yangi texnika har bir bemor uchun 312520 so‘mga arzon degan xulosaga kelindi. Yil davomida 100 nafar bemorda 31252000 so‘m mablag‘ni tejashga muvaffaq bo‘linadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 2024 yil 6 maydagi 209 sonli xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: laparoskopik pieloplastikadan so‘ng kasallikning kechish og‘irligi va strikturaning joylashuvi hamda operativ aralashuvning xususiyatini hisobga oluvchi yuqori siydik yo‘llarini drenajlashning maqbul usulini tanlashning klinik-anatomik xususiyatlari ochib berilgani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №35/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: drenajlash usulini tanlashni optimallashtirish jarroxlik amaliyotidan keyin o‘rtacha tiklanish vaqtini qisqartiradi. Bemorlarning tiklanish vaqti taxminan 20% ga qisqaradi. Bundan tashqari, bu asoratlarni oldini olishga yordam beradi va kasallikning murakkab shaklini rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. Bu bemorlarga mehnat qobiliyatini va hayot sifatini saqlab qolish imkonini beradi. Asoratlarning oldini olish va reabilitatsiya davrini qisqartirish orqali bemorlar tezroq tuzalib, normal hayotga qaytishlari mumkin bo‘ladi. Jismoniy va psixologik farovonlikning yaxshilanishi tufayli laparoskopik pieloplastika o‘tkazgan bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarida taxminan 20% o‘sish kuzatiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: M.M. Baxadirxanovning dissertatsiya tadqiqotida tasvirlangan bitta "nojo‘ya hodisa" uchun davolanishning o‘rtacha narxi 990 000 so‘m ekanligini hisobga olgan holda, turli turdagi jarroxlik amaliyotlari uchun laparoskopik pieloplastikadan so‘ng drenajlash usulini tanlashda taklif etilayotgan algoritmning iqtisodiy samaradorligini baholash mumkin. Pielitotomiya bilan laparoskopik peloplastikada “nojo‘ya hodisalar” chastotasining qisqarishi 26,6 foizni (31,6 foizdan 5,0 foizga) tashkil etadi, asoratlarni davolash xarajatlari esa har bir operatsiya uchun 263 340 so‘mga kamayishi kutilmoqda. Antevazal pieloplastikada - 37,5% ga (50,0% dan 12,5% gacha), asoratlarni davolash xarajatlari 371 250 so‘mga kamaytiriladi. Transmezenterik kirish usulidan foydalangan holda JSNS plastikasida - 63,3% ga (67,7% dan 4,4% gacha), xarajatlar 624 642 so‘mga arzonlashdi. Taqasimon yoki distopik buyraklarning JSNS plastikasida - 84,6% ga (15,4% dan 2,3% gacha), xarajatlar 837 840 so‘mga arzonlashdi. Ikkilamchi pyloplastikada – 27,4 foizga (34,8 foizdan 7,4 foizga), asoratlarni davolash xarajatlarini har bir operatsiya uchun 273 060 so‘mga kamaytiradi. Barcha turdagi operatsiyalardan keyingi asoratlarni davolash xarajatlarining umumiy qisqarishi taxminan 2389232 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Laparoskopik pieloplastikadan so‘ng drenajlash usulini tanlash uchun tavsiya etilgan algoritmni amalga oshirish sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy jihatdan samarali echim sifatida baholanadi. Laparoskopik pieloplastika o‘tkazgan bemorlarda algoritmdan foydalanishdan o‘rtacha iqtisodiy foyda asoratlar rivojlanish etimoli xisobga olgan xolda, 2389232 so‘mni tashkil etadi. Ushbu raqamlar taklif etilayotgan yondashuvning sezilarli iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatadi, bu asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirishga va tibbiy yordam sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 2024 yil 6 maydagi 209 sonli xat yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: laparoskopik pieloplastikada yangi kombinatsion texnika yordamida yuqori siydik yo‘llarini drenajlash va siydik nayi intubatsiyalashda barcha drenajlar yagona teshikdan chiqarilgani holda siydik nayining avtonomligi saqlanib qolishi aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №35/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: an’anaviy drenajlash usullari bilan solishtirganda, yangi usul jarrohlik amaliyoti davomiyligini qisqartirishi, asoratlar xavfini kamaytirishi va tiklanish davrini tezlashtirishi mumkin. Shunday qilib, yangi usulni joriy etish vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlik davomiyligini o‘rtacha davomiyligini 1-2 kunga qisqartirishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yangi usulni qo‘llash operatsiyadan keyingi davrda og‘riq qoldiruvchi vositalarni qo‘llashni kamaytirish hisobiga o‘rtacha hisobda har bir bemor uchun 65000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Jarrohlikdan so‘ng tezroq tiklanish tufayli yangi usul davolanish muddatini bir to‘shak kuniga qisqartirishi mumkin. Bir kunlik yotoqning o‘rtacha narxi 350000 so‘m bo‘lib, pirovardida har bir bemor uchun 350000 so‘m iqtisod qilish mumkin. Xulosa. Laparoskopik pieloplastikada yuqori siydik yo‘llarini drenajlash va siydik nayi intubatsiyasini birlashtirishning yangi usulining iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish natijalari uning tibbiyot muassasalarida resurslarni tejash uchun muhim imkoniyatlarini ko‘rsatdi. Yiliga 100 nafar bemor misolida ushbu usulni amaliyotga tatbiq etish og‘riq qoldiruvchi vositalarga sarflanadigan xarajatlarni 6 500 000 so‘mgacha kamaytirish, shuningdek, shifoxonada qolish muddatini qisqartirish hisobiga 35000 000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 2024 yil 6 maydagi 209 sonli xat yuborilgan;
beshinchi ilmiy yangilik: laparoskopik pieloplastikada bir vaqtda nefrostoma va siydik nayi stentini o‘rnatish, siydik nayini alohida intubatsiya qilish, shuningdek intubator va nefrostoma kombinatsiyasida drenajlashning maqbul davomiyligini oydinlashtirishga qaratilgan taktik jihatlarga aniqlik kiritilgani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №35/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan tavsiyalarga asoslanib, laparoskopik pieloplastika qilingan bemorlarda vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlikni sezilarli darajada kamayishi kutilishi mumkin. Optimal drenaj algoritmini joriy etish bu muddatni 1,5 haftagacha qisqartirishi mumkin. Tez tiklanish va hayot sifatini yaxshilash bemorlarning ijtimoiy integratsiyasiga yordam beradi, ularga yana bir bor ijtimoiy va kasbiy hayotda faol ishtirok etish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Nefrostoma va siydik nayi stent yordamida siydik yo‘llarini drenajlashda asoratlarni kamaytirish orqali davolash xarajatlarini pasayishini kutish mumkin. Misol uchun, bitta “nojo‘ya hodisa”ni davolanishning o‘rtacha narxi 990 000 so‘mni tashkil qiladi. O‘tkazilgan tadqiqotda nefrostoma va siydik nayi stent qo‘llanilgan guruhdagi 108 nafar bemordan 2 nafarida “nojo‘ya hodisa” kuzatilgani hisobga olinsa, asoratlarni kamaytirishdan yillik iqtisodiy foyda 19800000 so‘mni tashkil qiladi. Siydik chiqarish yo‘llarini faqat siydik yo‘llari stentidan foydalanganda yiliga 100 nafar bemorga 14838400 so‘mga arzonlashishni kutilishi mumkin. Nefrostomiya va intubator yordamida siydik yo‘llarini drenajlashda., aklif etilayotgan algoritm bemorlarning 8 foizida “nojo‘ya hodisalar” bilan kasallanganligini hisobga olgan holda yiliga 100 nafar bemorga 23241600 so‘mga xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa. Laparoskopik pieloplastikadan so‘ng siydik yo‘llarini drenajlash davomiyligini aniqlash uchun tavsiya etilgan algoritmni qo‘llash kasalxonada davolanish davri va asoratlarni kamaytirishi orqali davolash xarajatlarini sezilarli darajada tushurishi mumkin. Drenajni olib tashlash uchun optimal vaqtdan foydalanish oxir-oqibatda tibbiyotda xarajatlarni tejashiliga olib keladi. Masalan, kasalxonaga yotqizish va asoratlarni davolashning o‘rtacha xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘ra, algoritmdan 100 nafar bemorga bir yilda foydalanishning iqtisodiy foydasi taxminan 57880000 so‘mni tashkil qilishi mumkin. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 2024 yil 6 maydagi 209 sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish