Ikramova Zulfiya Tulkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karotid aterosklerozda umumiy serebral qon oqimining dopplerografik ko‘rsatkichlarini kompleks baholash» 14.00.19 - Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Tib1216.
Ilmiy rahbar: Rozixodjaeva Gulnora Axmedovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori; Yulbarisov Abdurasul Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy doppler tekshirishlari majmuasini qo‘llash orqali uyqu arteriyasi aterosklerozi mavjud bemorlarda miya hajmli qon oqimi tashxisotini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karotid arteriyalarning aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda stenoz darajasini, aterosklerotik pilakcha konturini baholash uchun oqimning burchakga bog‘lik emasligi va tezligi past oqimlarning aniqlanishi xisobiga, ADFva B-Flow rejimlaridan foydalanish zarurati isbotlangan;
yosh guruhlari bo‘yicha o‘zbek populyasiyasida karotid aterosklerozning xususiyatlarini o‘rganish imkonini beradigan umumiy miya qon oqimining me’yoriy qiymatlari ishlab chiqilgan;
karotid aterosklerozida umumiy miya qon oqimini baxolash aniqligini oshirish uchun, serebrovaskulyar zaxira indeksi bilan regression modeli ishlab chikilgan;
ultratovush dopplerografiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra stenoz darajasi 50% dan yuqori bulgan bemorlarda, serebrovaskulyar zaxira indeksini 0,8 dan pastligi, miya hajmli qon oqimining pasayishi bilan bog‘liq uyku arteriyalarning gemodinamik muhim o‘zgarishlar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namazova Nilufar Taxirovnaning  “Karotid aterosklerozda umumiy serebral qon oqimining dopplerografik ko‘rsatkichlarini kompleks baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida Ekspert Kengashiga 2024 yil 29 fevral` 3-sonli xati  yuborilgan.
birinchi ilmiy yangilik: karotid arteriyalarning aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda stenoz darajasini, aterosklerotik pilakcha konturini baholash uchun oqimning burchak bog‘likmasligi va tezligi past oqimlarning aniqlanishi xisobiga, ADFva B-Flow rejimlaridan foydalanish zarurati isbotlangan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati:  ul`tratovush tekshiruvi (UTT) qo‘llanilishining diagnostik informativligini oshiradigan zamonaviy ul`tratovush texnologiyalari yordamida ekstrakranial darajadagi umumiy miya qon oqimini kompleks baholashga tizimli yondashuv ishlab chiqildi va ilmiy asoslandi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qashqadaryo viloyat diagnostika markazi  va 2-sonli Toshkent shahar klinik kasalxonasi faoliyatiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy ul`tratovush texnologiyalari yordamida ishlab chiqilgan ekstrakranial darajada miya hajmli qon oqimini kompleks baholashga tizimli yondashuv, muqobil diagnostika muolajalari uchun sarflangan vaqtni qisqartiradi, bemorlarning boshqa nurli tadqiqot usullariga sarflangan xarajatlarini kamaytiradi, shuningdek, tanlangan medikamentoz terapiya samaradorligini monitoring  qilishda  ishtirok etadi.
 Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: uyqu arteriyalari aterosklerozida zamonaviy ul`tratovush texnologiyalari yordamida ekstrakranial darajada umumiy miya qon oqimini kompleks baholashga tizimli yondashuv quyidagi iqtisodiy hisob-kitoblarga olib keldi: diagnostika markazlarida bosh miya qon tomirlari MRT angiografiyasi  va kompleks UTT tekshiruvi o‘rtacha narxi  mos ravishda 385,5+26,2 ming so‘mni va 145,4+18,1 ming so‘mni tashkil qildi. Tadqiqot xarajatlaridan hisoblangan farq  natijasida, zamonaviy ul`tratovush texnologiyalaridan foydalanib kompleks UTT o‘tkazilganda, 1 bemorga diagnostika muolajalariga ishlatilgan o‘rtacha  narx kamayishi 240,1+8,1 ming so‘mni tashkil qildi.
Xulosa: Zamonaviy ul`tratovush texnologiyalari (RD, ED, ADF, B-Flow, densitometrik tahlil) yordamida ekstrakranial darajada umumiy miya qon oqimini kompleks baholash uyqu arteriyalari aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda o‘ta muhim bo‘lgan diagnostika va muolajalarga ajratilgan vaqti qisqarishi, hamda narxlari kamayishi imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yosh guruhlari bo‘yicha o‘zbek populyasiyasida karotid aterosklerozning xususiyatlarini o‘rganish imkonini beradigan umumiy miya qon oqimining me’yoriy qiymatlari ishlab chiqilgan;
 Ilmiy yangilikning ahamiyati: miya hajmli qon oqimining patologik holatlarda, ya’ni miyani qon bilan ta’minlovchi uyqu arteriyalari aterosklerotik zararlanishida o‘zgarish jarayonlarini to‘g‘ri baholash uchun,   turli yosh guruhlari uchun miya hajmli qon oqimining me’yoriy qiymatlari ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qashqadaryo viloyat diagnostika markazi va 2-sonli Toshkent shahar klinik kasalxonasi faoliyatiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ultratovush dopplerografiyasi yordamida miya hajmli qon oqimini baholash bosh miya ishemiyasiga ko‘proq moyil bo‘lgan bemorlarni aniqlash uchun qulay va samarali diagnostika usuli bo‘lib xizmat qiladi va medikamentoz davolashning samaradorligini kuzatish maqsadida qo‘llaniladi. Bu esa, to‘g‘ri terapiya yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirishga, tanlangan davolanish yo‘nalishining samaradorligini baholashda bemorlarni dinamik kuzatishga va bemorlarning boshqa nurli diagnostika usullari uchun xarajatlarini kamaytirishga imkon berishi aniqlangan.
 Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: turli yosh guruhlari uchun miya hajmli qon oqimining me’yoriy qiymatlarini aniqlashtirish uchun  kontrastli MSKT angiografiyada miya perfuziyasini tekshirib miya hajmli qon oqimini me’yoriy qiymatlarini aniqlash  va kompleks dopplerografiya usulini qo‘llab aniqlash mos ravishda 1150.000+90,6  va 140,0+17,4 ming so‘mni tashkil qildi. Tanlangan diagnostikasi yo‘nalishining samaradorligini aniqlashda kompleks UTTdan foydalanilganda, har bir bemor uchun tejamkorlik 1100.000 +63,5 ming so‘mni tashkil etdi.  
Xulosa: umumiy miya qon oqimi o‘zgarish jarayonlarini bilish populyasiyadagi, karotid aterosklerozli bemorlarni tashxislash va davolashda muhim qo‘shimcha ma’lumotlar manbai bo‘lishi mumkin va bemorlarni dastlabki tekshirish va tanlangan davolash usuli samaradorligini monitoring qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: karotid aterosklerozida umumiy miya qon oqimini baxolash aniqligini oshirish uchun, serebrovaskulyar zaxira indeksi bilan regression modeli ishlab chikilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: zamonaviy ul`tratovush texnologiyalari yordamida miya hajmli qon oqimining yosh, uyqu arteriyalarining aterosklerotik zararlanishlarining darajasi va subklinik aterosklerozning boshqa ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish, miya hajmli qon oqimini baholashda qo‘llaniladigan informativ ko‘rsatkichlarni belgilaydi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qashqadaryo viloyat diagnostika markazi va 2-sonli Toshkent shahar klinik kasalxonasi faoliyatiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miya hajmli qon oqimining yosh, uyqu arteriyalarining aterosklerotik zararlanishlarining darajasi, serebrovaskulyar zaxira bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlanishi, uyqu arteriyasi stenozi bo‘lgan bemorlarda miya qon hajmli oqimini o‘zgarishini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Bu esa, to‘g‘ri terapiya yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirishga, tanlangan davolanish yo‘nalishining samaradorligini baholashda bemorlarni dinamik kuzatishga va bemorlarning boshqa nurli diagnostika usullari uchun xarajatlarini kamaytirishga imkon berishi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: karotid tomirlarni aterosklerotik zararlanishida miya hajmli qon oqimini aniqlash uchun ishlab chiqilgan qulay va informativ  dopplerografiya ko‘rsatkichlari tanlash, informativligi past bo‘lgan tekshiruv usullaridan voz kechishni taqozo qiladi va ortiqcha sarf harajatni oldini oladi. Tekshiruvlarimiz shuni ko‘rsatdiki oyok arteriyalari intima-media qavati qalinligi, to‘piq elka indeksini ko‘rsatkichlari bilan miya hajmli qon oqimi o‘rtasida korrelyasion bog‘liklik juda past. Shuning uchun karotid aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda bu tekshiruvlarni o‘tkazish shart emas. Ekstrakranial arteriyalar kompleks dopplerografiyasi narxi o‘rtacha 140,0+17,4 so‘mni tashkil qilsa, oyoq arteriyalari dopplerografiyasi to‘piq elka indeksini tekshirish bilan birga yana qo‘shimcha 90,0 +12,2 so‘mni tashkil qilib, umumiy tekshiruv narxi 230,0+ 18,2 so‘mga aylanadi. Iqtisodiy samaradorlik 90,0 +12,2 so‘mni tashkil qiladi.
Xulosa: miya hajmli qon oqimining yosh, uyqu arteriyalarining aterosklerotik zararlanishlarining darajasi, serebrovaskulyar zaxira bilan bog‘liqligi aniqlanishi, uyqu arteriyasi stenozi bo‘lgan bemorlarda miya qon hajmli oqimini o‘zgarishini to‘g‘ri baholashda ushbu ko‘rsatkichlarga ahamiyat berish zarurligini belgilaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ultratovush dopplerografiya kursatkichlariga ko‘ra stenoz darajasi 50% dan yuqori bulgan bemorlarda, serebrovaskulyar zaxira indeksini 0,8 dan pastligi, miya hajmli qon oqimining pasayishi bilan bog‘liq uyku arteriyalarning gemodinamik jihatdan muhim zararlanishi belgisi ekanligi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: gemodinamik jihatdan ahamiyatli 50% dan ortiq stenozi bo‘lgan bemorlarda miya hajmli qon oqimi qiymatlarini bilish, skrining tekshiruvlarda, klinik va ilmiy tadqiqotlarda miya qon oqimining kompensatsiya darajasi past, asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlash  imkonini  beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qashqadaryo viloyat diagnostika markazi va 2-sonli Toshkent shahar klinik kasalxonasi faoliyatiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miya qon oqimi kompensatsiya darajasi pasayishi bilan kechuvchi arteriyalarning gemodinamik jihatdan muhim zararlanishini aniqlash va davo choralarini ko‘rish, o‘tkir bosh miya qon aylanishi buzilishi holatini oldini olishga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 50% dan ortiq stenozi bo‘lgan bemorlarda qon oqimi kompensatsiya darajasi pasayishi bilan kechuvchi arteriyalarning gemodinamik jihatdan muhim zararlanishi aniqlanganda,  poliklinikada qon tomir hodisalari xavfi aniqlangan bemorlar uchun profilaktik davolash kursi (oy) narxi kuniga hisob-kitob vaqtida 28 000 so‘mni tashkil qiladi insul`t bilan statsionarda yotganda yotoq kunining narxi hisoblash vaqtida-o‘rtacha olganda 350 000 so‘mni tashkil qiladi. Taxminiy iqtisodiy samaradorlikni hisoblash, har bir bemor uchun 322 000 so‘mni tejashga imkon beradi va har bir bemor uchun yuqori iqtisodiy samaradorlikni ko‘rsatadi.
Xulosa: gemodinamik ahamiyatga ega karotid tomirlar aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda miya qon oqimi kompensatsiya darajasi pasayganligini  ultratovush dopplerografiyasi yordamida tashxislash, so‘ngra etarli davolash chora tadbirlarni ko‘rish miya qon aylanishi buzilishining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish