Akmalov Shamshodbek Baxtiyarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geoaxborot tizimlaridan foydalangan holda irrigatsiya tizimlarida suv resurslarini gidravlik hisobini yuritishni takomillashtirish», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T622.

Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Safarov Eshqobil Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor; Shaazizov Farrux Shaakbarovich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘orish tarmoqlarining suv o‘tkazish qobiliyatini baholash va suv sarfining nazoratini amalga oshirishda GAT texnika va texnologiyalaridan foydalanib, ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sug‘orish tarmoqlarida suv sarfini hisoblash va nazoratini amalga oshirish usuli geoaxborot tizimlari orqali takomillashtirilgan;

irrigatsiya tizimlari texnik va ekspluatatsion holatini masofadan turib tahlil qilish uchun yangi usul Er sun’iy yo‘ldoshi ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan;

irrigatsiya tizimlarining gidravlik parametrlarini hisoblash usuli WorldViev2 va Landsat sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali takomillashtirilgan;

irrigatsiya tizimlarida suv sarfini baholashda, qishloq xo‘jalik ekinlarining suvga bo‘lgan ehtiyojini tahlil qilish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi va xaritasi MODIS sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

GATdan foydalangan holda irrigatsiya tizimlarida suv resurslarining gidravlik hisobini yuritishni takomillashtirish usullari orqali olingan natijalar asosida:

sug‘orish tarmoqlarida suv taqsimotini hisoblash va nazoratini geoinformatsion texnologiyasi orqali amalga oshirish usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi, xususan Sirdaryo viloyati fermer xo‘jaliklarining sug‘orish maydonlari va kanallariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 16 apreldagi 02/29-236-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy etilishi fermer xo‘jaliklarida suv taqsimotini hisoblash va irrigatsiya tizimlar texnik holatini masofadan ma’lumotlar bazasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash imkonini bergan;

irrigatsiya tizimlarining texnik holati va ekspluatatsion parametrlari geoinformatsion texnologiyalardan foydalanib aniqlash dasturi Sirdaryo viloyati Oqoltin SIUsiga qarashli sug‘orish kanallari va kollektorlarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 16 apreldagi 02/29-236-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlarni masofadan turib tezkor tahlil qilib, samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishga erishilgan;

irrigatsiya tizimlarida suv sarfini aniq baholashda, qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘sish davrida suvga bo‘lgan ehtiyojini MODIS tasvirlari orqali tahlil qilish orqali ma’lumotlar bazasi va xaritasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 16 apreldagi 02/29-236-son ma’lumotnomasi). Natijada ekin maydonlarini suvga bo‘lgan talabini GAT texnika va texnologiyalar orqali aniqlash imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish