Nazarov Djaxongir Azadbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noonkologik kasalliklarda endovideoxirurgik nefrektomiyani bajarishning murakkabligini bashorat qilish usullarini ishlab chiqish», 14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3223.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Allazov Salax Allazovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kariev Saidaxror Saidaslanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat universtiteti» Oliy ta’limning federal davlat avtonom ta’lim muassasasining Urologiya va inson reproduktiv salomatligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi endovideoxirurgik nefrektomiyani bajarish murakkabligini bashorat qilish usullarini ishlab chiqish orqali buyrakni olib tashlashni talab qiladigan noonkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etiologik noonkologik omil turiga bog‘liq holda pionefrotik o‘zgarishlar kechishining asosiy klinik-diagnostik xususiyatlari hamda ularning buyrakni endovideoxirurgik olib tashlash usullarini amalga oshirishning taktik jihatlariga ta’siri asoslangan;
buyrakni yagona blok bilan laparoskopik transperitoneal olib tashlashning aralashuv invazivligini minimallashtirishga va tashrixdan keyingi infeksion asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan texnik jihatlari takomillashtirilgan;
noonkologik kasalliklarda endovideoxirurgik nefrektomiyani bajarishni murakkablashtiruvchi – asosiy kasallikning turi va kechishi og‘irligini, zararlangan a’zo hajmini, zararlangan tomonda o‘tkazilgan operativ aralashuvlar mavjudligini hamda bemorning antropometrik xususiyatlarini hisobga oluvchi prognostik omillar aniqlangan;
tashrixning texnik jihatlarini murakkablashtiruvchi asosiy prognostik xavf omillarini hisobga olgan holda, noonkologik kasalliklarda endovideoxirurgik nefrektomiyani bajarish murakkabligini baholashning balli shkalasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM Ekspert kengashining 2024-yil 6 mayidagi 06-05-011-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM ning 2024 yil 6-maydagi 210-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: etiologik noonkologik omil turiga bog‘liq holda pionefrotik o‘zgarishlar kechishining asosiy klinik-diagnostik xususiyatlari hamda ularning buyrakni endovideoxirurgik olib tashlash usullarini amalga oshirishning taktik jihatlariga ta’siri asoslangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №34/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik natijalar va amaliyotdan keyin tiklanish vaqtini qisqartirish bemorlarning vaqtinchalik nogironligini sezilarli darajada kamaytiradi, bu ularga tezda normal hayot va mehnatga qaytish imkonini beradi. Bundan tashqari, asoratlarning kamayishi va kasalxonadan erta chiqish nogironlik xavfini kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Natijada, endovideoxirurgik nefrektomiya o‘tkazgan bemorlarning jamiyatga to‘liq integratsiyalashuvi va uning hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish va ijtimoiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pionefroz bilan og‘rigan bemorlarni davolash amaliyotiga endovideoxirurgik nefrektomiyaning joriy etilishi katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, kasalxonada davolanishning o‘rtacha davomiyligini 5 kunga qisqartirish, bir kunlik yotoq xarajatlarini kamaytirish va intensiv terapiya resurslaridan kam foydalanish hisobiga har bir bemor uchun 1750000 so‘mdan ortiq mablag‘ni tejash imkonini beradi. Ushbu amaliyotni o‘tkazgan bemorlar reanimatsiya bo‘limida o‘rtacha 2 kunga kamroq vaqt o‘tkazishadi, bu esa qo‘shimcha 3000000 so‘mni tejaydi. Og‘riq qoldiruvchi vositalarga sarflangan mablag‘ o‘rtacha 89 ming so‘mga kamayadi. Bir bemorda umumiy tejamkorlik o‘rtacha 4839000 so‘mni tashkil etadi. Qayd etish joizki, endovideoxirurgik nefrektomiya amaliyotining o‘zi ochiq jarrohlik amaliyotiga nisbatan 2 300 000 so‘mga qimmatroq. Shunday qilib, har bir bemor uchun 2539000 so‘m tejaladi. Ammo ochiq jarrohlik amaliyotida asoratlar ko‘rsatkichi 6 barobar ko‘p bo‘lib, bu asoratlarni davolash xarajatlarini har bir bemorga 1123000 so‘mgacha oshiradi. Endovideoxirurgik nefrektomiyaning joriy etilishi asoratlarni 1,9 foizgacha kamaytiradi, bu esa har bir bemor uchun 103315 so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: Pionefroz bilan og‘rigan bemorlarni davolashda endovideoxirurgik nefrektomiyani joriy etish sezilarli iqtisodiy samaradorlikka ega. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi misolida olib borilgan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, ushbu innovatsion davolash usuli tufayli har bir bemorni davolash uchun 2539000 so‘mgacha, shuningdek, asoratlarni davolash uchun qo‘shimcha 103315 so‘m mablag‘ tejash mumkin. Yillik 30 nafar bemorda pionefroz bilan kasallanish hajmiga nisbatan jami jamg‘arma 79269450 so‘mni tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish. Nazarov Djaxongir Azadbekovichning dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 2024-yil 6 may kuni 210 sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: buyrakni yagona blok bilan laparoskopik transperitoneal olib tashlashning aralashuv invazivligini minimallashtirishga va tashrixdan keyingi infeksion asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan texnik jihatlari takomillashtirilgani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №34/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu texnikadan foydalanish kasalxonada o‘rtacha davolanish kunini 0,8 kunga qisqarishi hisobiga bemorlarning vaqtinchalik nogironligini kamaytirish va ularning normal hayot va mehnatga qaytishini osonlashtirishi mumkin. Amaliyotdan keyingi asoratlarning kamligi tezroq tiklanishiga yordam beradi va nogironlik xavfini kamaytiradi. Bunday ijobiy o‘zgarishlar nafaqat bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, balki ularning yanada muvaffaqiyatli ijtimoiy integratsiyalashuviga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pionefrozda buyrakni transperitoneal yagona blokda olib tashlash texnikasiga asoslangan yangi endovideoxirurgik nefrektomiya texnikasining joriy etilishi nafaqat katta klinik samara beradi, balki yuqori iqtisodiy samaradorlikni ham ko‘rsatadi. Bir yotoq-kun narxini 350000 so‘m ekanligini hisobga olgan holda kasalxonada davolanish muddatini 0,8 kunga qisqartirish har bir bemor uchun 280000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Qolaversa, yangi texnikani qo‘llanilishi natijasida og‘riq qoldiruvchi dori vositalariga sarf har bir bemor uchun 23900 so‘mga arzonlashadi. Amaliyotdan keyingi jarohatda ekssudat saqlanish chastotasi 33,3 foizdan 12,9 foizga qisqarganini hisobga olsak, ushbu asoratni davolashda 83640 so‘m mablag‘ tejaladi. Xulosa: Yangi usulni joriy etish resurslarni tejashning muhim salohiyatini ifodalaydi. RIUIATM misolida mazkur yangi texnikani qo‘llash har bir bemor uchun 387540 so‘m, jumladan, statsionarda qolish muddatini qisqartirish, og‘riq qoldiruvchi vositalarga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish va operatsiyadan keyingi asoratlarni davolashda tejamkorlik qilish imkonini beradi. Yiliga o‘rtacha 30 ta pionefroz holatini hisobga olsak, jami yillik jamg‘arma 11626200 so‘mni tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish. Nazarov Djaxongir Azadbekovichning dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 2024 yil 6 may kuni 210 sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: noonkologik kasalliklarda endovideoxirurgik nefrektomiyani bajarishni murakkablashtiruvchi – asosiy kasallikning turi va kechishi og‘irligini, zararlangan a’zo hajmini, zararlangan tomonda o‘tkazilgan operativ aralashuvlar mavjudligini hamda bemorning antropometrik xususiyatlarini hisobga oluvchi prognostik omillar aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №34/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari vaqtinchalik nogironlikni yaxshilash, nogironlikning oldini olish va siydik yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning ijtimoiy integratsiyasini oshirishga qaratilgan. Jarrohlik muolajalarining murakkabligiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va individual davolash usullarini ishlab chiqish orqali tadqiqot operatsiyadan keyin tiklanish vaqtini qisqartirishga, asoratlar xavfini kamaytirishga va uzoq muddatli davolanish va reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga yordam beradi, bu esa pirovardida bemorlarning tezroq reintegratsiyasiga yordam beradi va hayot sifatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: urologiya sohasidagi ushbu ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi davolanish xarajatlarini optimallashtirish va sog‘liqni saqlash resurslarini boshqarish orqali namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda buyraklarni olib tashlash bo‘yicha operatsiyalarning murakkabligiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlandi, bu esa tibbiyot xodimlariga resurslarni yaxshiroq taqsimlash va xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Jumladan, RIUIATM ma’lumotlari tahlil qilinganda, bemorning bitta asoratini davolash uchun o‘rtacha 1 200 000 so‘m mablag‘ sarflanishi aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, asoratlarni ikki baravar kamaytirishi mumkin bo‘lgan yangilikni joriy etish ushbu xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi mumkin. Xulosa: Ushbu tadqiqotda taqdim etilgan ilmiy innovatsiyani amalga oshirish sog‘liqni saqlashda iqtisodiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkoniyatiga ega. RIUIATMda yiliga 200 nafar bemorda endovideoxirurgik nefrektomiya amalga oshirilishi va asoratlarning 1% ni tashkil etishini hisobga olsak, asoratlarni davolash xarajatlarini sezilarli darajada baholash mumkin. Prognostik omillarni hisobga olishni joriy etish yiliga 2400000 so‘mga yaqin potensial jamg‘arma sifatida baholanmoqda. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish. Nazarov Djaxongir Azadbekovichning dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 2024 yil 6 may kuni 210 sonli xat yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tashrixning texnik jihatlarini murakkablashtiruvchi asosiy prognostik xavf omillarini hisobga olgan holda, noonkologik kasalliklarda endovideoxirurgik nefrektomiyani bajarish murakkabligini baholashning balli shkalasi ishlab chiqilgani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №34/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilayotgan bashorat shkalasini amalga oshirish vaqtinchalik nogironlikni sezilarli darajada kamaytirishni va’da qiladi, bu esa bemorlarning normal hayot va mehnatga tezroq qaytishiga olib keladi. Jarrohlik amaliyotini aniqroq rejalashtirish, shuningdek, asoratlar ehtimolini kamaytirishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida uzoq muddatli nogironlikning kamayishiga va uzoq muddatli reabilitatsiya yordamiga muhtoj bo‘lishni qisqartirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endovideoxirurgik oddiy nefrektomiyaning murakkabligini bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan shkalani amalga oshirish sog‘liqni saqlashda sezilarli xarajatlarni tejashni va’da qiladi. Katta tomirlar shikastlanishi va intraoperativ konversiya kabi asoratlarni davolash xarajatlari bahosi shuni ko‘rsatadiki, bu shkaladan foydalanish sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytirishi mumkin. Bitta asoratni davolashning o‘rtacha qiymati 1200000 so‘mga baholansa, yiliga 200 nafar bemorga nefrektomiya o‘tkazilayotgani va asoratlanish darajasi 1 foizni tashkil etsa, yiliga 2 400 000 so‘m tejamkorlik qilinadi. Xulosa: Endovideoxirurgik oddiy nefrektomiyaning murakkabligini bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan shkaladan foydalanish asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytiradi, bu har yili 2400000 so‘mni tejash imkonini beradi. Ushbu natijalar ushbu texnikani sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etish va tadqiq eeishning samaradorligi va istiqbollarini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish. Nazarov Djaxongir Azadbekovichning dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 2024 yil 6 may kuni 210 sonli xat yuborilgan.