Azadaeva Komila Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroduodenal soha mikrobiotsenozining buzilishida reaktiv artritlarning kechishini o‘ziga xosligi va ularni korreksiyalash yo‘llari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2224.
Ilmiy rahbar: Tuxtaeva Nigora Xasanovna , tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Mirahmedova Xilola To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oshqozon-ichak tizimi mikrobiotsenozining buzilishi va u bilan bog‘liq dislipoproteinemiya rivojlanishini hisobga olgan holda reaktiv artrit kechishini baholash hamda ushbu guruh bemorlarni davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reaktiv artritning kechishi bevosita oshqozon-ichak tizimidagi disbiotik o‘zgarishlarga bog‘liq ekanligi, hamda gastroduodenal soha disbiozi mavjudligi va darajasi reaktiv artritning klinik kechishi xamda oqibatlarini bashoratlash imkoniyati asoslangan;
uchinchi darajali gastroduodenal sohaning disbiozi bilan og‘rigan bemorlarda urogen va enterogen etiologiyali reaktiv artrit 100% hollarda surunkali kechishi aniqlangan;
reaktiv artritli bemorlarda yo‘g‘on ichak mikrobiotsenozining ifodalangan disbiotik buzilishlari bilan aterogen dislipidproteinemiya rivojlanishi orasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
reaktiv artritli bemorlarda oshqozon-ichak tizimi disbiozi bilan bog‘liq bo‘lgan aterogen dislipidproteinemiyani davolashda bifido va lakto saqlovchi probiotiklarni qo‘llash samaradorligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 15-fevraldagi 02/070-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: reaktiv artritning kechishi bevosita oshqozon-ichak tizimidagi disbiotik o‘zgarishlarga bog‘liq ekanligi, hamda gastroduodenal soha disbiozi mavjudligi va darajasi reaktiv artritning klinik kechishi va oqibatlarini bashoratlash imkoniyati asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining revmatologiya bo‘limlariga 10.10.2023-yil, 111-son va 112-son buyruq bilan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limlarining ish jarayoni va klinik amaliyotiga esa 09.10.2023-yil, 299-son va 300 -son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gastroduodenal sohadagi disbiotik o‘zgarishlarni o‘rganish reaktiv artritning rivojlanishida kasallik surunkali kechishiga o‘tishi holatlarini erta aniqlash va disbioz darajalarini monand baholash asosiy kasallikni avjlanishini va asoratlanish darajasini o‘rganish, bemor hayotiga xavf soluvchi kasallik rivojlanishi va surunkali tus olib, boshqa revmatik kasalliklarga transformatsiyalanishini oldini olish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy tadqiqot natijalar joriy qilinishi bilan reaktiv artritda gastroduodenal soha disbiozi davolanishi davomida kasallik faolligi kamayishi natijasida mexnatga layoqatsizlik muddati 28.6 % ga qisqaradi va tibbiy xizmatga ketadigan sarf-harajatni 197100 so‘mga kamaytiradi. O‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari har bir bemor hisobiga 1 martalik davolanishda 1971000, 1 yillik davolanishda 3942000 so‘m tejash imkonini beradi. Kasallik kechishini ijobiy o‘zgarishlariga va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga sharoit yaratadi.
Xulosa: Olingan natijalarga ko‘ra gastroduodenal sohadagi disbiotik o‘zgarishlarni o‘rganish reaktiv artritning rivojlanishida kasallik surunkali kechishiga o‘tishi holatlarini erta aniqlash va disbioz darajalarini to‘g‘ri baholash asosiy kasallikni avjlanishini, asoratlanishini oldini olish, bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi “Gastroduodenal soha mikrobiosenozining buzilishida reaktiv artritlarning kechishini o‘ziga xosligi va ularni korreksiyalash yo‘llari” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 16-maydagi №8-1481—sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: uchinchi darajali gastroduodenal sohaning disbiozi bilan og‘rigan bemorlarda urogen va enterogen etiologiyali reaktiv artritni 100% hollarda surunkali kechishi aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining revmatologiya bo‘limlariga 10.10.2023-yil, 111-son va 112-son buyruq bilan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limlarining ish jarayoni va klinik amaliyotiga esa 09.10.2023-yil, 299-son va 300 -son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uchinchi darajali gastroduodenal sohaning disbiozi bilan og‘rigan bemorlarda enterogen va urogenital etiologiyali reaktiv artritni 100% hollarda surunkali kechishini erta aniqlash bilan bir qatorda kasallikni avjlanishi va bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni, jumladan bo‘g‘im funksiyasi etishmovchiligini oldini olish va kasallik davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy tadqiqot natijalar joriy qilinishi bilan reaktiv artritda gastroduodenal soha disbiozi davolanishi davomida kasallik faolligi kamayishi natijasida mexnatga layoqatsizlik muddati 28.6 % ga qisqarishi va tibbiy xizmatga ketadigan sarf-harajatni 197100 so‘mga kamaytiradi. O‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari har bir bemor hisobiga 1 martalik davolanishda 1971000, 1 yillik davolanishda 3942000 so‘m tejash imkonini beradi. Kasallik kechishini ijobiy o‘zgarishlariga va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga sharoit yaratadi.
Xulosa: Olingan natijalarga ko‘ra uchinchi darajali gastroduodenal sohaning disbiozi bilan og‘rigan bemorlarda enterogen va urogenital etiologiyali reaktiv artrit 100% hollarda surunkali kechishini kasallik asoratlaridan biri bo‘g‘im funksiya etishmovchiligi asoratini erta tashxislash va oldini olish maqsadida monand davo olib borish bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi “Gastroduodenal soha mikrobiosenozining buzilishida reaktiv artritlarning kechishini o‘ziga xosligi va ularni korreksiyalash yo‘llari” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 16-maydagi №8-1481—sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: reaktiv artritli bemorlarda yo‘g‘on ichak mikrobiotsenozining ifodalangan disbiotik buzilishlari bilan aterogen dislipidproteinemiya rivojlanishi orasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining revmatologiya bo‘limlariga 10.10.2023-yil, 111-son va 112-son buyruq bilan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limlarining ish jarayoni va klinik amaliyotiga esa 09.10.2023-yil, 299-son va 300-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oshqozon-ichak tizimi meʼyoriy mikroflorasini tiklash, undan tashqari, disbioz bilan bog‘liq bo‘lgan dislipoproteinemiyaning oldini olish keyinchalik yurak qon-tomir kasalliklarini rivojlanishini oldini olish va kasallik davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy tadqiqot natijalari joriy qilinishi bilan reaktiv artritda gastroduodenal soha disbiozi davolanishi davomida kasallik faolligi kamayishi natijasida mehnatga layoqatsizlik muddati 28.6 % ga qisqarishi va tibbiy xizmatga ketadigan sarf-harajatni 197100 so‘mga kamaytiradi. O‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari har bir bemor hisobiga 1 marttalik davolanishda 1971000, 1 yillik davolanishda 3942000 so‘m tejash imkonini beradi. Kasallik kechishini ijobiy o‘zgarishlariga va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkoniyatini beradi.
Xulosa: Oshqozon-ichak tizimi meʼyoriy mikroflorasini tiklash, undan tashqari, disbioz bilan bog‘liq bo‘lgan dislipoproteinemiyaning oldini olish keyinchalik yurak qon-tomir kasalliklarini rivojlanishini oldini olish bilan birga nogironlikni kamaytirib bemorlarning hayot sifatini oshiradi, kasalxonaga qayta yotishlar sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi “Gastroduodenal soha mikrobiosenozining buzilishida reaktiv artritlarning kechishini o‘ziga xosligi va ularni korreksiyalash yo‘llari” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 16-maydagi №8-1481—sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: reaktiv artritli bemorlarda oshqozon-ichak tizimi disbiozi bilan bog‘liq bo‘lgan aterogen dislipidproteinemiyani davolashda bifido va lakto saqlovchi probiotiklarni qo‘llash samaradorligi asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining revmatologiya bo‘limlariga 10.10.2023-yil, 111-son va 112-son buyruq bilan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limlarining ish jarayoni va klinik amaliyotiga esa 09.10.2023-yil, 299-son va 300-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oshqozon-ichak tizimi meʼyoriy mikroflorasini tiklash, undan tashqari, disbioz bilan bog‘liq bo‘lgan dislipoproteinemiyaning oldini olish uchun bifido va laktoni o‘z ichiga olgan probiotiklarni qo‘llash reaktiv artritni davolash samaradorligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy tadqiqot natijalari joriy qilinishi bilan reaktiv artritda gastroduodenal soha disbiozi davolanishi davomida kasallik faolligi kamayishi natijasida mehnatga layoqatsizlik muddati 28.6 % ga qisqaradi va tibbiy xizmatga ketadigan sarf-harajatni 197100 so‘mga kamaytiradi. O‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari har bir bemor hisobiga 1 martalik davolanishda 1971000, 1 yillik davolanishda 3942000 so‘m tejash imkonini beradi. Kasallik kechishini ijobiy o‘zgarishlariga va bemorlar hayot sifatini yaxshilash sharoitini yaratadi.
Xulosa: Olingan natijalarga ko‘ra reaktiv artritni kompleks davolashda probiotiklardan foydalanish oshqozon ichak yo‘lli me’eriy mikroflorasiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar soni sezilarli darajada oshadi va shu bilan ushbu bemorlarda aterogenlik koeffitsienti kamayadi. Buning evaziga bemorlarda yurak qon tomir tizimga xastaliklari bilan kasallanish ehtimoli kamayadi, bu uz navbatida bemorlarni davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamayishi orqali iqtisodiy samara beradi.