Kariev Sarvar Sobitjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarni oldini olish va davolash jihatlari”, 14.00.31 – “Urologiya” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4155.
Ilmiy raxbar: Nasirov Furkat Raufovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Ulugbek Marufdjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi «Akademik I.P. Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti» Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi.
Dissertatsiya yo’nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: minimal invaziv aralashuvlar taktikasini takomillashtirish orqali resipientlarda qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarning tarqalishi, tuzilishi va klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari ularning ahamiyati va transplantatsiyadan keyingi davr kechishiga hamda transplantatning yashovchanligiga ta’siri verifikatsiya qilingan holda aniqlangan;
anamnez davomiyligining uch yildan ortiq bo‘lishi, 12 oydan ortiq dasturiy gemodializ, anti HLA immunizatsiyasi ko‘rsatkichining 25% dan kam bo‘lishi, transplantatda ikki yoki undan ortiq arteriyalarning mavjudligi, shuningdek tashrihdan keyingi erta asoratlar qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarning yuzaga kelishi uchun potensial xavf omillari ekanligi isbotlangan;
donor buyragi resipientlarida uretra strikturasi, vezikouretral reflyuks va siydik yo‘llari infeksiyasi rivojlanish xavfining prediktorlari aniqlangan;
urologik asoratlari bo‘lgan buyrak resipientlarida davolash taktikasini maqbullashtirish uchun hisobga olinishi zarur bo‘lgan patologik jarayon rivojlanishining sabab-oqibat aloqalari va asosiy prediktorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM Ekspert kengashining 2024-yil 6-maydagi 06-05-009-sonli xulosasiga qo‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM ning 2024 yil 6 maydagi 208-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarning tarqalishi, tuzilishi va klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari ularning ahamiyati va transplantatsiyadan keyingi davr kechishiga hamda transplantatning yashovchanligiga ta’siri verifikatsiya qilingan holda aniqlangani Respublika ixtioslashtirilgan Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y. №32/1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarning tarqalganligini, strukturasini va o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning transplantatsiyadan keyingi davr kechishi va transplantat yashovchanligiga ta’sirini, urologik asoratlar rivojlanishining asosiy omillarini hisobga olish bemorlarning mehnatga layoqatsizlik holatini kamaytiradi, hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarni, ularga olib keluvchi xavf omillarini oldindan bashorat qilish va urologik asoratlar rivojlangan taqdirda ularni bartaraf qilishga qaratilgan davolash-profilaktik taktika usullaridan foydalanish shifoxonadagi koyko-kun qisqarishi, ortiqcha dori vositalari sarf-xarajati tejalishi hamda mehnatga layoqatsizlik kunlar kamaytirilishi hisobiga yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Bemorlarning koyko-kunlarini 6 kundan 4 kunga qisqartirish orqali (1 koyko-kuni o‘rtacha 180.400 so‘mni tahskil qiladi) sarf-xarajatlar 1.082.400 so‘mdan 721.600 so‘mga qisqaradi. Bu esa bemorning koyko-kunlari hisobiga ketadigan sarf-xarajatlarini 360.800 so‘mga tejalishiga olib keladi. Xulosa: qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi yuzaga keladigan turli xil urologik asoratlarning jarrohlik amaliyotidan keyingi davr kechishiga ta’sirini va ularning rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydigan xavf omillarini, sabab-oqibat aloqalarini aniqlash va urologik asoratlarni bartaraf qilish taktik jihatlarni takomillashtirishga imkon beradi. Bu esa yiliga o‘rtacha 100 nafar bemordan 36.080.000 so‘m miqdoridagi sarf-xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi asoratlarni oldini olish va davolash jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotidan olingan ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 06 maydagi 208-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: anamnez davomiyligining uch yildan ortiq bo‘lishi, 12 oydan ortiq dasturiy gemodializ, anti HLA immunizatsiyasi ko‘rsatkichining 25% dan kam bo‘lishi, transplantatda ikki yoki undan ortiq arteriyalarning mavjudligi, shuningdek tashrihdan keyingi erta asoratlar qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarning yuzaga kelishi uchun potensial xavf omillari ekanligi isbotlangani Respublika ixtioslashtirilgan Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y. №32/1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlar rivojlanishining potensial xavf omillarini bilish, urologik asoratlarni erta aniqlash va ularni erta adekvat davolashni ta’minlash buyrak transplantatsiyasi amaliyotidan keyingi asoratlar xavfini kamaytirishga yordam beradi, bu esa, o‘z navbatida, mehnatga layoqatsizlik holatini kamaytiradi va bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlar, ularga olib keluvchi xavf omillarini bilish va urologik asoratlarni bartaraf qilishga qaratilgan kam invaziv usullardan foydalanish hisobiga bemorlarning shifoxonadagi ortiqcha dori vositalari sarf-xarajati tejalishi hamda mehnatga layoqatsizlik kunlar kamaytirilishi orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bemorlarning koyko-kunlarini 6 kundan 4 kunga qisqartirish orqali dori vositalari uchun sarflanadigan xarajatlar 350.000 so‘mdan 200.000 so‘mga qisqaradi. Bu esa bemorning dori vositalariga ketadigan sarf-xarajatlarini 150.000 so‘mga tejalishiga olib keladi. Xulosa: qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlar rivojlanishining potensial xavf omillarini bilish, asoratlar rivojlanganda kam invaziv aralashuvlar qo‘llanilishiga ko‘rsatmalarni optimallashtirish, urologik asoratlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar yuqori samarali hisoblanadi. Bu esa yiliga o‘rtacha 100 nafar bemordan dori vositalari uchun sarflanadigan mablag‘ni 15.000.000 so‘mga tejalishiga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi asoratlarni oldini olish va davolash jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotidan olingan ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 06 maydagi 208-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: donor buyragi resipientlarida uretra strikturasi, vezikouretral reflyuks va siydik yo‘llari infeksiyasi rivojlanish xavfining prediktorlari aniqlangani Respublika ixtioslashtirilgan Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y. №32/1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik amaliyotga joriy etilgan urologik asoratlarni erta aniqlash, erta adekvat davolashni ta’minlashga va qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi tegishli asoratlarning murakkab kechishini rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi, natijada bemorlarning xayot sifati yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyraklarning surunkali patologiyalari terminal bosqichiga ega bemorlarda operatsiyadan keyingi urologik asoratlar rivojlanishi potensial xavf omillarini belgilashga qaratilgan transplantatsiya oldi urologik tekshiruvlari amalga oshirilishi natijasida qayta instrumental tekshiruvlar bajarilishini kamaytirish orqali (UTT-107.700 so‘m, MSKT-501.600 so‘m, rentgenologik tekshiruv-115.500 so‘m, siydikning Nechiporenko bo‘yicha tahlili-78.300 so‘m) umumiy 803.100 so‘m miqdorida tejamkorlikka erishildi. Xulosa: qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasi amaliyotini amalga oshirishda buyrak resipientlarida uchraydigan urologik asoratlarning sabab-oqibat aloqalarini va asosiy prediktorlarini oldindan aniqlash, ushbu bemorlarni davolash taktikasining optimallashtirilishiga olib keldi. Bu esa yiliga o‘rtacha 100 nafar bemordan qayta instrumental tekshiruvlar bajarilishini kamaytirish orqali bu tekshiruvlar uchun sarflanadigan mablag‘ni 80.310.000 so‘mga tejalishiga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi asoratlarni oldini olish va davolash jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotidan olingan ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 06 maydagi 208-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: urologik asoratlari bo‘lgan buyrak resipientlarida davolash taktikasini maqbullashtirish uchun hisobga olinishi zarur bo‘lgan patologik jarayon rivojlanishining sabab-oqibat aloqalari va asosiy prediktorlari aniqlashtirilgani Respublika ixtioslashtirilgan Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y. №32/1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: urologik asoratlarni erta aniqlash va davolash algoritmlari erta adekvat davolashni ta’minlashga va qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi tegishli asoratlarning murakkab kechishini rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi, bu bemorlarning mehnatga layoqatsizlik holatini kamaytiradi va hayot sifati yaxshilanishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarni, taklif qilingan algorimlar orqali kam-invaziv jarrohlik usullaridan foydalanib bartaraf etilganda, an-anaviy jarrohlik usuli bilan davolashga nisbatan analgetik dori vositalarini ishlatilishinig kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi, ya’ni har bir bemordan o‘rtacha 63.000 so‘m miqdorida tejamkorlikka erishiladi. Xulosa: qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi yuzaga kelgan urologik asoratlarda taktik algoritmlardan foydalanish, operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatlarda qoniqarsiz natijalar uchrash chastotasining pasayishiga olib keladi. Ilmiy ishlar natijalari qarindash orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi diagnostika va davolashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga jiddiy hissa qo‘shadi. Bu esa yiliga o‘rtacha 100 nafar bemordan analgetik dori vositalarini ishlatilishinig kamayishi hisobiga sarflanadigan mablag‘ni 6.300.000 so‘mga tejalishiga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi asoratlarni oldini olish va davolash jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotidan olingan ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 06 maydagi 208-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.