Azizova Guzzal Djambulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Giperandrogeniya mavjud ayollarda reproduktiv funksiya buzilishlari rivojlanishiga olib keluvchi ba’zi patogenetik mexanizmlar” 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib552.
Ilmiy raxbar: Asatova Munira Miryusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Dilrabo Tolmasovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsenti; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kodirova Dilbar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Giperandrogeniya kuzatilgan ayollarda reproduktiv funksiya buzilishlari shakllanishining klinik, endokrin va molekulyar genetik mexanizmlarini androgen gipersekresiyasi patogentik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuxumdonlar genezidagi giperandrogeniyada ovarial disfunksiya shakllanishining asosiy patogenetik mexanizmlari LG, IO‘O‘O –I, ingibin V, AMG sekresiyasining va IR ortishi ekanligi isbotlangan;
ilk bor PPARG genining rs1801282 polimorf lokuslari mavjudligi salbiy alleli Ala va genotiplar Pro/Ala, Ala/Ala ni tashuvchi ayollarda tuxumdon polikistoz sindromining rivojlanish xavfi kelib chiqishi omili ekanligi isbotlangan;
ilk bor PPARD genining rs2267668 polimorfizmining salbiy alleli G va genotipi G/G tuxumdon polikistoz sindromining shakllanishiga mustaqil ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
ilk bor PPARA genidagi rs 4253778 polimorfizmining salbiy S alleli va S/S gomozigotlik darajasining ortishi tuxumdon polikistoz sindromining tendensiyasiga uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor tuxumdon polikistoz sindromining rivojlanishida salbiy allel va genotiplar mavjudligida genlar LHB (rs5030774) va CYP19 A1 (rs726547) polimorfizmining diagnostik roli isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salo-matligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 19 fevraldagi №15 d-i/8 ekspert xulosasi asosida tasdiqlangan:
tuxumdonlar genezidagi giperandrogeniyada ovarial disfunksiya shakllanishining asosiy patogenetik mexanizmlari LG, IO‘O‘O –I, ingibin V, AMG sekresiyasining va IR ortishi ekanligi isbotlangan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahridagi 5 – sonli "Ona va bola" klinik shahar shifoxonasiga, Toshkent shahridagi xususiy “GatlingMed” klinikasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi "RIOvaBSIATM" davlat muassasasining filialiga, Andijon shahridagi 2-sonli tug‘ruq majmuasiga, Andijon shahridagi 1-sonli tug‘ruq majmuasiga, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 53-oilaviy poliklinikaga, International hospital Shox Med Center xalqaro xususiy klinikasi shifoxonasiga, Toshkent shahar Mediofarm EKO, OOO Fertility IVF MChJ, Toshkent shahar Perinatal markazi, Isroil reproduktiv tibbiyot va oilaviy salomatlik tibbiyot markaziga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8 n-r / 1457 yildagi 12.12.2022-sonli buyrug‘i bilan, №17 u-t / 10-sonli Ekspertlar Kengashining 18.12. 2023y-sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Insulinrezistentligini erta tashxislash – TPS, 2-tip qandli diabet, gipertoniya, ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklari kabi jiddiy kasalliklarning sekin, yashirin rivojlanishining oldini olish uchun profilaktika choralarini ko‘rish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: GBJG ta’rifi bo‘yicha IRni erta tashxislash uchun tavsiya etilgan test narxi 63000 so‘mni tashkil qiladi. Standart IR tadqiqotida insulin (92,400 so‘m), qonda glyukoza (30000 so‘m), glyukoza tolerantlik testi (60000 so‘m), glikirlangan gemoglobin (56200 so‘m), lipid spektri (200000 so‘m) uchun bitta test bilan har bir bemor uchun xarajatlar 438600 so‘mni tashkil etadi, bu ko‘rsatkichlar qayta ko‘p marotaba aniqlanadi va zarur hollarda dinamik monitoring (yiliga 3-4 marta) o‘tkaziladi, tahlillarni 3 marta topshirish bilan u 1126800 so‘mni tashkil etadi. (har bir bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 1063800 so‘m). Xulosa: TPS bilan kasallangan ayollarda IR diagnostikasi ko‘rsatkichini aniqlash asosida byudjet mablag‘larini 2127600 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 063 800 so‘m tejash imkonini berdi;
ilk bor PPARG genining rs1801282 polimorf lokuslari mavjudligi salbiy alleli Ala va genotiplar Pro/Ala, Ala/Ala ni tashuvchi ayollarda tuxumdon polikistoz sindromining rivojlanish xavfi kelib chiqishi omili ekanligi isbotlangan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahridagi 5 – sonli "Ona va bola" klinik shahar shifoxonasiga, Toshkent shahridagi xususiy “GatlingMed” klinikasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi "RIOvaBSIATM" davlat muassasasining filialiga, Andijon shahridagi 2-sonli tug‘ruq majmuasiga, Andijon shahridagi 1-sonli tug‘ruq majmuasiga, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 53-oilaviy poliklinikaga, International hospital Shox Med Center xalqaro xususiy klinikasi shifoxonasiga, Toshkent shahar Mediofarm EKO, OOO Fertility IVF MChJ, Toshkent shahar Perinatal markazi, Isroil reproduktiv tibbiyot va oilaviy salomatlik tibbiyot markaziga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8 n-r / 1457 yildagi 12.12.2022-sonli buyrug‘i bilan, №17 u-t / 10-sonli Ekspertlar Kengashining 18.12. 2023y-sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlash amaliyotiga androgen gipersekresiyasi va reproduktiv funksiyalarning buzilishi sabablarini aniqlash uchun tavsiya etilgan protokollarni joriy etish turli xil kelib chiqadigan giperandrogeniya kuzatilgan bemorlarda reproduktiv funksiyani samarali tiklashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan diagnostika usulidan foydalanish takroriy gormonal va instrumental tekshiruvlar narxining pasayishiga olib keladi. Tashxis qo‘yish uchun gormonal tadqiqotlarning to‘liq spektrini takroriy amalga oshirishga to‘g‘ri keladi (LG-64500 so‘m; FSG-62200 so‘m, prolaktin – 64500 so‘m, TTG – 59 800 so‘m, tiroksin-61800 so‘m, T4 erk.59,600 so‘m, AT TPO -76 700 so‘m, testosteron -68 800 so‘m va T4 erk -60100 so‘m, progesteron-71 600 so‘m, DGEA-C-69 000 so‘m, 17-OPN 65 700 so‘m, AMG-154500 so‘m, kortizol - 62300 so‘m, GBJG-63 000 so‘m, insulin -78100 qonda glyukoza -30000 so‘m, glikirlangan gemoglobin-56 200 so‘m), ultratovush (bachadon va tuxumdonlar -110 000 so‘m, qalqonsimon bez -85900 so‘m va buyrak usti bezlari -117400 so‘m), buyrak usti KT -252000 so‘m va endokrinolog maslahati-100000 so‘m. Iqtisodiy sarf taxminan 1893700 so‘mni tashkil etadi. Tavsiya etilgan uslubiy yondashuv asossiz diagnostik tadqiqotlar sonini kamaytiradi, iqtisodiy sarf esa (TTG, prolaktin, 17-OPN, erkin testosteron, bachadon va tuxumdonlar va qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi) 450000 ming so‘mni tashkil qiladi. (iqtisodiy samaradorlik 1450000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: Taklif etilayotgan metodologiya gormonal va instrumental tekshiruvlar xarajatlarini kamaytirish va bitta bemor uchun 2820000 so‘m byudjet mablag‘larini, 1450000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga yordam beradi;
ilk bor PPARD genining rs2267668 polimorfizmining salbiy alleli G va genotipi G/G tuxumdon polikistoz sindromining shakllanishiga mustaqil ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahridagi 5 – sonli "Ona va bola" klinik shahar shifoxonasiga, Toshkent shahridagi xususiy “GatlingMed” klinikasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi "RIOvaBSIATM" davlat muassasasining filialiga, Andijon shahridagi 2-sonli tug‘ruq majmuasiga, Andijon shahridagi 1-sonli tug‘ruq majmuasiga, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 53-oilaviy poliklinikaga, International hospital Shox Med Center xalqaro xususiy klinikasi shifoxonasiga, Toshkent shahar Mediofarm EKO, OOO Fertility IVF MChJ, Toshkent shahar Perinatal markazi, Isroil reproduktiv tibbiyot va oilaviy salomatlik tibbiyot markaziga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8 n-r / 1457 yildagi 12.12.2022-sonli buyrug‘i bilan, №17 u-t / 10-sonli Ekspertlar Kengashining 18.12. 2023y-sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ATDKBSh va TPS to‘g‘ri tashxisi bepushtlik, homila tushishi, erta tug‘ruqlar kabi reproduktiv funksiyaning buzilishi bilan bog‘liq muammolarni oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gen polimorfizmini aniqlashning umumiy sarf xarajatlari LHB, CYP19 A1, PPARA, PPARD, PPARG taxminan 635000 so‘mni tashkil etadi (bitta genning narxi 127400 so‘m). Har bir bemorga to‘liq laboratoriya va instrumental tekshiruv bilan TPS yoki ATDKBSh diagnostikasi narxi 1893700 so‘mni tashkil qiladi. (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1258700 bemorga 1 so‘mni tashkil etdi);
ilk bor PPARA genidagi rs 4253778 polimorfizmining salbiy S alleli va S/S gomozigotlik darajasining ortishi tuxumdon polikistoz sindromining tendensiyasiga uzviy bog‘liqligi aniqlangan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahridagi 5 – sonli "Ona va bola" klinik shahar shifoxonasiga, Toshkent shahridagi xususiy “GatlingMed” klinikasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi "RIOvaBSIATM" davlat muassasasining filialiga, Andijon shahridagi 2-sonli tug‘ruq majmuasiga, Andijon shahridagi 1-sonli tug‘ruq majmuasiga, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 53-oilaviy poliklinikaga, International hospital Shox Med Center xalqaro xususiy klinikasi shifoxonasiga, Toshkent shahar Mediofarm EKO, OOO Fertility IVF MChJ, Toshkent shahar Perinatal markazi, Isroil reproduktiv tibbiyot va oilaviy salomatlik tibbiyot markaziga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8 n-r / 1457 yildagi 12.12.2022-sonli buyrug‘i bilan, №17 u-t / 10-sonli Ekspertlar Kengashining 18.12. 2023y-sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yog va uglevod almashinuvini tartibga soluvchi genlarni o‘rganish TPS, semirish, 2-tip qandli diabet kabi yog va uglevod almashinuvining buzilishiga olib keladigan kasalliklarga moyil bo‘lgan bir guruh bemorlarni o‘z vaqtida prognozlash imkonini beradiIlmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: : TPS ni o‘z vaqtida tashxislay olmaslik va samarasiz davolash bilan bu kasallik metabolik asoratlarga olib keladi, ularning o‘zaro bog‘liqligi yuqori moliyaviy xarajatlarga olib keladi. Bugungi kunga kelib, semirishni davolash uchun ayol endokrinolog maslahatiga 100000 so‘m sarflaydi, bu esa o‘z navbatida butun gormonal spektrni aniqlashni tavsiya qiladi (1893700 so‘m), shuningdek kardiolog maslahati -100000 so‘m, lipid spektrini aniqlash uchun tahlillar -200000 so‘m, yurakning EKG 68500 so‘m, EXO KG-154 700 so‘m, psixolog konsultatsiyasi – 150000 so‘m, gastroenterolog -100,000 so‘m, semirishni jarrohlik yo‘li bilan davolash-35,000,000 so‘mgacha, dori vositalari – oyiga 1000000 so‘mgacha. Semirib ketishni davolashning umumiy sarf xarajati 38766900 ni tashkil qiladi. Genetik tadqiqotlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar (bitta genning narxi 127400 so‘m) taxminan 635 000 so‘mni tashkil etadi (umumiy iqtisodiy samaradorlik har bir bemorga 38131900 so‘m). Xulosa:Tuxumdon genezidagi GA bilan kasallangan ayollarda prognostik belgilarning aniqlanishi har bir bemorga byudjet mablag‘larini 76263800 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 38131900 so‘m tejash imkonini berdi;
ilk bor tuxumdon polikistoz sindromining rivojlanishida salbiy allel va genotiplar mavjudligida genlar LHB (rs5030774) va CYP19 A1 (rs726547) polimorfizmining diagnostik roli isbotlangan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahridagi 5–sonli "Ona va bola" klinik shahar shifoxonasiga, Toshkent shahridagi xususiy “GatlingMed” klinikasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi "RIOvaBSIATM" davlat muassasasining filialiga, Andijon shahridagi 2-sonli tug‘ruq majmuasiga, Andijon shahridagi 1-sonli tug‘ruq majmuasiga, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 53-oilaviy poliklinikaga, International hospital Shox Med Center xalqaro xususiy klinikasi shifoxonasiga, Toshkent shahar Mediofarm EKO, OOO Fertility IVF MChJ, Toshkent shahar Perinatal markazi, Isroil reproduktiv tibbiyot va oilaviy salomatlik tibbiyot markaziga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8 n-r/1457 yildagi 12.12.2022-sonli buyrug‘i bilan, №17 u-t / 10-sonli Ekspertlar Kengashining 18.12. 2023y-sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: reproduktiv disfunksiyada rol o‘ynaydigan genlar polimorfizmini o‘rganish TPS da bepushtlik muammosini hal qilishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: agar to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkonsiz bo‘lsa, bemorlar yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YoRT) yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Narxi taxminan 45000000 so‘m. Genetik tekshiruvlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar taxminan 635000 so‘mni tashkil etadi. (Umumiy iqtisodiy samaradorlik 44365000 so‘m). Xulosa. Genlar polimorfizmini o‘rganish asosida tashxis qo‘yishni osonlashtirish va har bir bemorga byudjet mablag‘larini 88730000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 44365 000 so‘mga tejash imkonini beradi.