Raximboev Askar Akromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siydik nayi toshlarini kaminvaziv va noinvaziv usullarda jarroxlik  yo‘li bilan davolash taktikasini takomillashtirish», 14.00.31 – «Urologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3417.
Ilmiy raxbar: Giyasov Shuxrat Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Kariev Saidaxror Saidaslonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yuldashov Fayzulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Milliy radiologiya ilmiy-tadqiqot markazi” Federal byudjet muassasining N.A. Lopatkin  nomidagi urologiya va intervension radiologiya  ilmiy-tadqiqot instituti filiali (Rossiya federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: toshni noinvaziv masofaviy maydalash texnologiyasidan hamda kaminvaziv endoskopiyadan foydalanishni optimallashtirish orqali siydik nayi toshlarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ureterolitiazda masofaviy litotripsiyaning samaradorligiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar - toshning o‘lchami va zichligi ekanligi, endoskopik aralashuvlarda esa, toshning o‘lchami, ko‘p sonliligi va siydik nayining proksimal qismida joylashuvi ekanligi aniqlangan;
sidik nayi toshlarida ekstrakorporal zarba-to‘lqinli litotripsiyani amalga oshirishdan avval toshlar zichligini aniqlashning klinik ahamiyati aniqlangan va uning maksimal chegarasi 1000 HU ga tengligi va undan yuqori bo‘lgan zichlikda ushbu usulni qo‘llash samaradorligi sezilarli darajada pasayishi aniqlangan;
siydik nayidagi o‘lchami 5 mm gacha bo‘lgan, shuningdek zichligi 1000 HU dan oshmaydigan 6-16 mm o‘lchamdagi toshlarda ekstrakorporal zarba-to‘lqinli litotripsiyani qo‘llash endoskopik aralashuvlar bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlashi isbotlangan;
ureteroskopiyada ionlashgan nurlanishni yutilish dozasi ekstrakorporal zarba-to‘lqinli litotripsiya qo‘llanilganga qaraganda yuqoriroq ekanligi va toshning o‘lchami, zichligi va bemorning tana vazni indeksiga mutanosib ravishda oshib borishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM Ekspert kengashining 2024-yil 6 mayidagi 06-05-010-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM ning 2024 yil 6-maydagi 207-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ureterolitiazda masofaviy litotripsiyaning samaradorligiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar - toshning o‘lchami va zichligi ekanligi, endoskopik aralashuvlarda esa, toshning o‘lchami, ko‘p sonliligi va siydik nayining proksimal qismida joylashuvi ekanligi aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y.; №31/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: joriy qilingan tadqiqot natijalari, siydik nayida tosh bo‘lgan bemorlarda noinvaziv va kaminvaziv jarroxlik usulida davolashdan keyin uchraydigan asoratlarni kamayishiga, bu esa bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini qisqarishiga va o‘z kundalik faoliyatlarini barvaqt davom ettirishlariga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: har bir bemor uchun ekstrakorporal zarba to‘lqinli litotripsiyadan keyin qo‘shimcha amaliyotlar o‘tkazilmasligi,  uchrashi mumkin bo‘lgan asoratlar ko‘rsatkichi kamayishi, bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 3,6 kundan 1(0) kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 606.000 so‘mga kamayishi (RIUIATMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 202.000 so‘mni tashkil qiladi) o‘rtacha 120.000 so‘mlik dori-darmon kam talab etilishi hisobiga (1 kunga o‘rtacha  360.000 so‘m dori vositalari sarflanadi) iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: siydik nayi toshlarida toshlarning o‘lchami, joylashuvi va Xaunsfild (HU) bo‘yicha zichligini hisobga olgan holda davolash usullarini tanlash, davolash natijalarini bashorat qilish, davolash taktikasini optimallashtirish va tibbiy samaradorlik oshishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 06.05.2024 yildagi 207 sonli xat yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: sidik nayi toshlarida ekstrakorporal zarba-to‘lqinli litotripsiyani amalga oshirishdan avval toshlar zichligini aniqlashning klinik ahamiyati aniqlangan va uning maksimal chegarasi 1000 HU ga tengligi va undan yuqori bo‘lgan zichlikda ushbu usulni qo‘llash samaradorligi sezilarli darajada pasayishi aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y.; №31/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik nayi toshlarini zichligi 1000 HU va undan kam bo‘lganda, ekstrakorporal zarba to‘lqinli litotripsiya usuli yuqori samara beradi va har bir bemor uchun ekstrakorporal zarba to‘lqinli litotripsiyadan keyin qo‘shimcha amaliyotlar o‘tkazilmasligi (xar bir nafar bemor uchun antergrad urogramma 141.600 so‘m, siydik nayi stentini olish 142.800so‘m)  shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi shifoxonada qolish to‘lov miqdori 606.000 so‘m,  o‘rtacha 120.000 so‘mlik dori-darmon kam talab etilishi hisobiga (1 kunga o‘rtacha  360.000 so‘m dori vositalari sarflanadi) yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: siydik nayi toshlarida toshlarning zichligini aniqlash davolash usullarini tanlash, davolash natijalarini bashorat qilish, ikkilamchi kasalliklarni oldini olish, davolash taktikasini optimallashtirish va tibbiy samaradorlik oshishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 06.05.2024 yildagi 207 sonli xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: siydik nayidagi o‘lchami 5 mm gacha bo‘lgan, shuningdek zichligi 1000 HU dan oshmaydigan 6-16 mm o‘lchamdagi toshlarda ekstrakorporal zarba-to‘lqinli litotripsiyani qo‘llash endoskopik aralashuvlar bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlashi isbotlangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y.; №31/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zichligi 1000 HU dan oshmaydigan 6-16 mm o‘lchamdagi siydik nayi toshlarida ekstrakorporal zarb to‘lqinli litotripsiya usuli klinik amaliyotga joriy etish siydik nayi tosh kasalligi bilan xastalangan bemorlar holatining qisqa vaqt oralig‘ida yaxshilanishiga, asoratlarni bashorat qilish va oldini olishga katta hissa qo‘shdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonada qolish muddatini  o‘rtacha 3,6 kundan 1(0) kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 606.000 so‘mga (RIUIATMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 202.000 so‘mni tashkil qiladi) kamaytirdi. Shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 360.000 so‘mlik (1 kunga o‘rtacha  202.000 so‘m dori vositalari sarflanadi) dori-darmon kam talab etildi. Amaliyolardan keyingi uchrashi mumkin bo‘lgan asoratlar ko‘rsatkichi 27% dan 7% kamayib qo‘shimcha amaliyotlar o‘tkazilmasligi hisobiga yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: o‘lchami 5 mm va undan kichik, zichligi 1000 HU dan oshmaydigan 6-16 mm o‘lchamdagi siydik nayi toshlarini davolashning ekstrakorporal zarb to‘lqinli litotripsiya usuli, endoskopik usulga taqqoslash mumkin bo‘lib, samaradorlik va xavfsizlik jihatdan ustun turadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 06.05.2024 yildagi 207 sonli xat yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ureteroskopiyada ionlashgan nurlanishni yutilish dozasi ekstrakorporal zarba-to‘lqinli litotripsiya qo‘llanilganga qaraganda yuqoriroq ekanligi va toshning o‘lchami, zichligi va bemorning tana vazni indeksiga mutanosib ravishda oshib borishi aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y.; №31/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: toshlarning o‘lchami, soni, zichligi va tana vazni indeksini inobatga olgan holda, davolash usullarini tanlash, nurlanishning yutilish dozasini kamaytirishga imkon yaratdi va bu bemorlarning sog‘liqlariga nojo‘ya ta’sirlar ta’sir ko‘rsatmaslikka olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik nayi toshlari o‘lchami 5 mm dan kichik bo‘lganda ekstrakorporal zarb to‘lqinli litotripsiya muolajasi paytida bemorga nurlanishning yutilish dozasini miqdori eng kam ko‘rsatkichda ekanligi aniqlandi. Tosh o‘lchamlari va zichligi yuqori bo‘lganda, shuningdek, tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan bemorlarda nurlanish dozasini yutilish miqdori yuqoriligi inobatga olgan holda, toshni bir vaqtni o‘zida Endoskopik usulda olinishi, distansion litoripsiyani samaradorligi past bo‘lishi hisobiga, amaliyotdan keyingi davrda qayta  ul`tratovush va radiologik (UTT tekshiruvlari uchun 107.700 so‘m, obzor rentgengramma uchun 115.500 so‘m  MSKT tekshiruvi 501.600 so‘m), distansion litotripsiyaning ikkinchi seansi va ataralgeziya uchun 1.175.400 so‘m  va davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: amaliyotlarda nurlanishni yutilish dozasi toshning o‘lchami, zichligi va tana vazni indeksiga mutanosib ravishda ortishini inobatga olish kerak. siydik nayi toshi 5 mm va undan kichik, o‘lchami 6-16mm zichligi 1000 HU va undan past bo‘lganda ekstrakorporal zarb to‘lqinli litotripsiya, toshning o‘lchami 6 mm dan katta, zichligi 1000 HU dan yuqori bo‘lganda endoskopik amaliyotlar avfzalligi ma’lum bo‘ldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori tomonidan 06.05.2024 yildagi 207 sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish