Pirmatova Nigora Viktorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak disfunksiyasining xususiyatlari» 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib626.
Ilmiy maslahatchi: Gadaev Abdig‘affar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Mullabaeva Guzal Uchqunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali yurak etishmovchiligi Ⅲ-Ⅳ funksional sinflari mavjud bemorlarda turli tarkibli standart davo muolajalari negizida buyrak disfunksiyasining klinik va patogenetik xususiyatlarini, hamda koptokchalar shikastlanishning erta belgisi sifatida nefrinning rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
SYuE Ⅲ-Ⅳ funksional sinfi mavjud umumqabul qilingan biokimyoviy tekshirishlarda buyrak funksional holatida dastlabki o‘zgarishlar aniqlanmagan bemorlarda, siydikda podotsitlar disfunksiyasining erta belgisi sifatida nefrinuriya paydo bo‘lishi isbotlangan;
SYuE mavjud bemorlarda turli tarkibli davo muolajalarining koptokchalar filtratsiyasi tezligi va tubulyar disfunksiyaga ta`siri sistatin S yordamida baholangan;
SYuE Ⅲ-Ⅳ funksional sinfi mavjud bemorlarda nefrinuriya va buyrak funksiyasini ko‘rsatuvchi boshqa ko‘rsatgichlar bilan korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;
SYuE Ⅲ-Ⅳ funksional sinflari mavjud bemorlarda sakubitril/valsartan va empagliflozinni birgalikda qo‘llash SYuE va buyrak funksional holatiga ijobiy ta`sir ko‘rsatishi asoslangan;
SYuE mavjud COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda turli tarkibli standart davo muolajalarining hayot sifatiga ta`siri Kanzas va Minnesot so‘rovnomalari yordamida solishtirma baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 26 fevraldagi 02-24/102-x son xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilikning mohiyati: Surunkali yurak etishmovchiligining Ⅲ-IV funksional sinfida buyrak disfunksiyasining erta bosqichlarida podotsitlar disfunksiyasi kuzatiladi va bu siydikda nefrinuriya ko‘rinishida nomoyon bo‘lgan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda siydikda nefrinuriyani aniqlash an`anaviy markerlarga nisbatan buyrak disfunksiyasini erta aniqlash imkonini berishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 18.12.2023-yil, 175-sonli, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 01.12.2023-yil, 405-U-sonli, Horev medical xususiy klinikasining 28.11.2023-yil 54-sonli buyrug‘i asosida tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 20 fevraldagi 09-14050 - sonli xati yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta aniqlash, bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni, jumladan surunkali buyrak kasalligini oldini olish, davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash va uning samaradorligini baholash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda siydikda nefrinuriyani aniqlash kasallikning erta davrida buyrak disfunksiyasini tashxislash imkonini beradi. Unga asoslangan holda tanlangan va o‘z vaqtida olib borilgan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini, surunkali buyrak kasalligini rivojlanishini kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish imkonini beradi. Usulning samaradorligi quyidagicha hisoblandi: Evr =(D1-D2)×(G+Ye)×N-0.15×K. Bunda D1- davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2-davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G – bir ishchining kunlik daromadi; E– mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, sum/kun; N – tadbiq etilayotgan yangilik mashtabi (ushbu davolash usulini yiliga tadbiq etilishi kutilayotgan yoki tadbiq etilgan bemorlar soni); 0.15– samaradorlining meʼyoriy koeffitsiyenti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi. Evr = (10-8)×(300000+60000)×80-0.15×500000 = 155 400 000 so‘m.
Xulosa: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda siydikda nefrinuriyani aniqlash kasallikning buyrak disfunksiyasini erta tashxislash imkonini beradi. Unga asoslangan holda tanlangan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi, kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
Ikkinchi ilmiy yangilikning mohiyati: Surunkali yurak etishmovchiligining Ⅲ-Ⅳ funksional sinfida koptokchalar disfunksiyasini aniqlashda sistatin C dan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak faoliyati kasallikning erta bosqichlarida buzilishi va uni tashxislashda koptokchalar filtratsiyasi tezligini qon zardobidagi sistatin C ga asoslangan holda hisoblash uni kreatinin orqali aniqlashga nisbatan aniq va ishonchli maʼlumot berishi asoslangan. Sistatin C kreatinindan farqli ravishda bemor yoshi jinsi, vazni, ovqatlanish tartibiga bog‘liq emas.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 18.12.2023-yil, 175-sonli, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 01.12.2023-yil, 405-U-sonli, Horev medical xususiy klinikasining 28.11.2023-yil 54-sonli buyrug‘i asosida tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 20 fevraldagi 09-14050 - sonli xati yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda koptokchalar filtratsiyasi tezligini sistatin C asosida hisoblash buyraklar disfunksiyasini erta aniqlash bilan bir qatorda asosiy kasallikni avjlanishi va asoratlanish darajasini baholash, bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni, jumladan surunkali buyrak kasalligini oldini olish, davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda koptokchalar filtratsiyasi tezligi sistatin C ga asosan hisoblash qo‘shimcha mablag‘ talab etmaydi. Uni telefonda yoki kompyuterda maxsus universal kalkulyator yordamida hisoblash mumkin. Unga asoslangan holda tanlangan va o‘z vaqtida olib borilgan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini, nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish imkonini beradi. Usulning samaradorligi quyidagicha hisoblandi: E=(D1-D2)×(G+Ye)×N-0.15×K. Bunda D1- davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2- davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G – bir ishchining kunlik daromadi; E –mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, sum/kun; N –tadbiq etilayotgan yangilik masshtabi (ushbu davolash usulini yiliga tadbiq etilishi kutilayotgan yoki tadbiq etilgan bemorlar soni); 0.15– samaradorlining me`yoriy koeffisienti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi. E = (10-8) × (200000+60000) × 180 - 0.15× 500000 = 374 325 000 so‘m.
Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda qon zardobida sistatin C ga asosan koptokchalar filtratsiyasi tezligini hisoblash orqali buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash, surunkali buyrak kasalligini oldini olish maqsadida monand davo olib borish bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda bir bemor uchun davolash uchun ketadigan xarajatlarni 2 079 583 so‘mgacha kaytirish orqali iqtisodiy samara bergan.
Uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud buyrak disfunksiyasi aniqlangan bemorlarda nefrinuriya va chap qorincha qon otish fraksiyasi, mikroalbuminuriya, kollagen IV, sistatin C va koptokchalar filtratsiyasi tezligi bilan ishonchli korrelyatsion bog‘liqliklar aniqlangan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyrak faoliyati kasallikning erta bosqichlarida buzilishini ko‘rsatuvchi nefrinuriya bilan chap qorincha qon otish fraksiyasi, mikroalbuminuriya, kollagen IV, koptokchalar filtratsiyasi tezligi orasida ishonchli korrelyatsion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan. Ushbu ko‘rsatgichlar mos ravishda r=-0,268, r=0.734, r=0.602, r=0.583 va r=-0.458 ga teng bo‘ldi nefrinuriya boshqa ko‘rsatgichlarga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega ekanligi tasdiqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 18.12.2023-yil, 175-sonli, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 01.12.2023-yil, 405-U-sonli, Horev medical xususiy klinikasining 28.11.2023-yil 54-sonli buyrug‘i asosida tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 20 fevraldagi 09-14050 - sonli xati yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda nefrinuriya mikroalbuminuriya va sistatin-C ga nisbatan buyrak disfunksiyasining erta davrida yuzaga kelib asosiy kasallikni avjlanishi va asoratlanish darajasini baholash, bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni, jumladan surunkali buyrak kasalligini oldini olish, davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda nefrinuriyani aniqlash orqali o‘z vaqtida olib borilgan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda nefrinuriyani aniqlash laborator ko‘rsatgichlarga sarflanadigan ortiqcha sarf harajatlarni tejash imkonini beradi. Bu bir bemor uchun o‘rtacha 150 000 so‘mni tashkil etadi.
Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda nefrinuriyani aniqlash orqali buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash, surunkali buyrak kasalini oldini olish, monand davo olib borish bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
To‘rtinchi ilmiy yangilikning mohiyati: surunkali yurak etishmovchiligining Ⅲ-Ⅳ funksional sinfida sakubitril/valsartan va empagliflozinni birgalikda qo‘llash asosiy kasallikning kechishiga, shu jumladan yurak funksional holatiga ijobiy ta’siri aniqlandi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu guruh bemorlarni davolashda tarkibida sakubitril/valsartan va empagliflozin bo‘lgan standart davoni qo‘llash yurak funksional holatiga hamda buyrak disfunksiyasi markerlariga ishonchli darajada ijobiy taʼsir etishi aniqlangan. Olingan natijalar asosida shakllangan tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etilishi surunkali yurak etishmovchiligida buyrak faoliyati buzilishini erta tashxislash, uning avjlanishini sekinlashtirish, kasallik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush asoratlarni oldini olish hamda davolashni muqobillashtirish bilan ifodalangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 18.12.2023-yil, 175-sonli, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 01.12.2023-yil, 405-U-sonli, Horev medical xususiy klinikasining 28.11.2023-yil 54-sonli buyrug‘i asosida tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 20 fevraldagi 09-14050 - sonli xati yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda standart davo negizida sakubitril/valsartan va empagliflozin preparatlarni birgalikda qo‘llash, yurak funksional holatiga ijobiy tasir ko‘rsatib, ularning jismoniy yuklamalarga chidamliligini hamda hayot sifati oshiradi. Ushbu natijalar asosiy kasallikni avjlanishini, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini oldini oladi, to‘satdan o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda davo muolajalarini optimallashtirish orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 1 620 000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 3 240 000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari iqtisod qilinadi.
Xulosa: surunkali yurak etishmovchiligining Ⅲ-Ⅳ funksional sinfida sakubitril/valsartan va empagliflozinni birgalikda qo‘llash asosiy kasallikning kechishiga, shu jumladan yurak funksional holatiga ijobiy ta’siri buyraklar disfunksiyasi avj olib borishini kamaytirib surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini oldinin olish, bemorlar umrini uzaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkoniyatini beradi.
Beshinchi ilmiy yangilikning mohiyati: surunkali yurak etishmovchiligining Ⅲ-Ⅳ funksional sinfida turli tarkibli davo muolajalaridan so‘ng hayot sifati ko‘rsatgichlari Kanzas va Minnesot so‘rovnomalari yordamida solishtirma o‘rganildi va ularning birinchisini ustunlik tomonlari yoritildi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda sakubitril/valsartan va empagliflozin preparatlarini birga qo‘llash yurak funksional holatiga ishonchli darajada ijobiy taʼsir ko‘rsatib hayot sifatini yaxshilaydi. Bemorlarning hayot sifati ko‘rsatgichlarini Kanzas so‘rovnomasi yordamida baholash muhum ijtimoiy ahamiyatga.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlariga 18.12.2023-yil, 175-sonli, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga esa 01.12.2023-yil, 405-U-sonli, Horev medical xususiy klinikasining 28.11.2023-yil 54-sonli buyrug‘i asosida tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 20 fevraldagi 09-14050 - sonli xati yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda tarkibida sakubitril/valsartan va empagliflozin bo‘lgan standart davo muolajalaridan so‘ng hayot sifati ko‘rsatgichlarini surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda muvofiq baholash orqali asosiy kasallikni kechishini nazorat qilish imkonini beradi. Ushbu natijalar bemorlarda to‘satdan o‘lim va nogironlikni kamaytirib ularning o‘rtacha umr davomiyligini oshirgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda tarkibida sakubitril/valsartan va empagliflozin bo‘lgan standart davo muolajalaridan so‘ng hayot sifati ko‘rsatgichlarini Kanzas so‘rovnomasi yordamida baholash, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishi, davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun ortiqcha laborator-asbobiy tekshirishlar kerak emasligi, tor mutaxasislikka ega bo‘lgan shifokorlarga ehtiyoj yo‘qligi, ortiqcha sarf xarajatlar bilan maxsus tayyorgarlik shart emasligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bunda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 1 254 000 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda standart davo muolajalaridan so‘ng hayot sifati ko‘rsatgichlarini Kanzas so‘rovnomasi yordamida baholash kasallik kechishini bashoratlash, bemorlar umrini uzaytirish va asoratlani oldini olish imkoniyatini beradi.
Pirmatova Nigora Viktorovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak disfunksiyasining xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 20 fevraldagi 09-14050 - sonli xati yuborilgan