Allaeva Dildor Xaitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida rijik etishtirishning maqbul agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx816.
Ilmiy rahbar: Uzaqov G‘ulomjon Oqbutaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mo‘minov Abduvali Akbaralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida rijik navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda urug‘ ekish muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rijikning yangi “Penzyak” va “Karat” navlari misolida urug‘ ekish muddatlari va me’yorlarini urug‘ hosildorligiga va hosil sifatiga ta’siri aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi rijik navlarini etishtirishning eng maqbul muddati va urug‘ sarf me’yori 20-oktyabr muddatida gektariga 10 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekish yuqori samara berishi isbotlangan;
Kuzgi rijikning “Penzyak” va “Karat” navlarini uch xil (10-oktyabr, 20-oktyabr, 1-noyabr) muddatlarda to‘rt xil (8,0-10,0-12,0-14,0 kg/ga) urug‘ ekish me’yorida ekib etishtirilganida, yuqori urug‘ hosildorligi 10-oktyabr muddatida gektariga 10 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan variantlarda kuzatilib, boshqa muddat va me’yorlarda ekilgan variantlarga nisbatan urug‘ hosildorligi “Penzyak” navida 2,3 s/ga dan 10,4 s/ga gacha, “Karat” navida 0,7 s/ga dan 9,7 s/ga gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
Kuzgi rijikning “Penzyak” va “Karat” navlari urug‘larini 20-oktyabr muddatida gektariga 10 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib etishtirish rentabellik ko‘rsatkichini “Penzyak” navida 249,5 foizga, “Karat” navida 220,5 foizga etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi rijik etishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va klasterlar uchun “Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida rijik etishtirish agrotexnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 sentyabrdagi 04/21-21-06/1037-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda kuzgi rijik navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kuzgi rijikning “Penzyak” hamda “Karat” navlari G‘uzor tumani joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Agro-uchastkasida 20 gektar, Qamashi tumanida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Agro-uchastkasida 5,0 gektar, “G‘ofurjon Jumaev Invest” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar, “Oq guzar asl dalasi” fermer xo‘jaligida 8,0 gektar, “Ilxomboy Sarievich” fermer xo‘jaligida 5,0 gektar, “Jovli bobo o‘g‘li Baxtiyor” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar, Koson tumani “Ravshanov Mirislom Xoliqulovich” MChJ dalasida 6,0 gektar, “Barchinoy izdoshlari” fermer xo‘jaligida 11,0 gektar, jami 63,0 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 sentyabrdagi 04/21-21-06/1037-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni ekishning eng maqbul muddati “Penzyak” hamda “Karat” navlarida 20-oktabr muddatida gektariga 10,0 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib etishtirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kuzgi rijikning “Penzyak” hamda “Karat” navlari urug‘larini 20-oktabr muddatida gektariga 10,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida etishtirish etishtirish texnologiyasi G‘uzor, Qamashi, Koson tumanlarida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 sentyabrdagi 04/21-21-06/1037-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali urug‘ hosildorligi “Penzyak” navida 20,5 s/ga, “Karat” navida 19,2 s/ga etib, rentabellik darajasi “Penzyak” navida 100,4 foizga, “Karat” navida 90,0 foizga etishiga erishilgan.