Mamatxanov Azizxon Axramxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Namangan viloyati sharoitida sholini takroriy ekin sifatida, ekish usullari va muddatlarini hosildorlikka ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx971.
Ilmiy rahbar: Ergashev Muxammadjon Arabboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Urazmetov Kaxramon Karimbaevich, Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida sholining “Iskandar” va “Sadaf” navlarini takroriy ekin sifatida ekish usullari hamda muddatlarini don hosildorligiga, texnologik sifat ko‘rsatkichlariga hamda sug‘orishga sarflanayotgan suv me’yorlarining kamayishiga ta’sirini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Namangan viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitlarida sholining “Iskandar” va “Sadaf” navlarini takroriy ekin sifatida boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga urug‘larni egatga sepish usulida ekib etishtirish mavsumiy suv sarfi urug‘larni oddiy usulda ekib etishtirish usuliga nisbatan 34,3-35,5 foizgacha, ko‘chat usulida ekib etishtirish usuliga nisbatan 17,8-23,2 foizgacha iqtisod qilib qolinishi aniqlangan;
Sholi navlari urug‘larini 10-iyun muddatida egatga sepma usulida ekib etishtirish orqali oddiy usulda ekib etishtirishga nisbatan mavsumda 7915 m3/ga, ko‘chat usulida ekib etishtirishga nisbatan 3125 m3/ga, urug‘larni 15-iyun muddatida egatga sepma usulida ekib etishtirish orqali oddiy usulda ekib etishtirishga nisbatan 6952 m3/ga, ko‘chat usulida ekib etishtirishga nisbatan 3372 m3/ga, urug‘larni 20-iyun muddatida egatga sepma usulida ekib etishtirish orqali oddiy usulda ekib etishtirishga nisbatan 6910 m3/ga, ko‘chat usulida ekib etishtirishga nisbatan 3780 m3/ga suv tejab qolinganligi isbotlangan;
Sholichilikda suv resursini tejovchi texnologiya sifatida boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga urug‘larni egatga sepma usulida ekib etishtirish texnologiyasining samaradorligi ilmiy va amaliy jixatdan asoslangan;
Sholi urug‘larini egatga ekish usulida etishtirish oddiy usulda ekib etishtirishga nisbatan iqtisodiy rentabellik darajasi “Iskandar” navida 29,9-43,5 foizga, “Sadaf” navida 41,0-47,6 foizgacha, ko‘chat usulida ekib etishtirilganga nisbatan esa “Iskandar” navida 39,2-49,7 foizga, “Sadaf” navida 40,7-48,9 foizgacha yuqori bo‘lishini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyati sharoitida sholi navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddatlari va usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Sholining “Iskandar” hamda “Sadaf” navlari Uychi tumani “Orol nixoli” fermer xo‘jaligining 12 gektar, “Sayidazim Zoirbek” fermer xo‘jaligining 4 gektar, “Uychi elita” urug‘chilik xo‘jaligining 10 gektar, “Lazokatbu Guliston” fermer xo‘jaligining 30 gektar, “G‘ayrat durdonasi” fermer xo‘jaligining 21 gektar, 2022-yilda “Matluba farzandlari Shokirbek va Sobirbek” fermer xo‘jaligining 12 gektar, va “Rovot fayz baraka” fermer xo‘jaligining 15 gektar, To‘raqo‘rg‘on tumani “Shaxand A’zammiy” fermer xo‘jaligining 25 gektar, “Sirdaryo Sokin Soxili” fermer xo‘jaligining 12 gektar, “Qobiljon Karimjonov” fermer xo‘jaliginin 5 gektar, “Bordimko‘l shuxrati” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar, “G‘opirjon Botirjon” fermer xo‘jaligining 3 gektar, “Oltin Vodiy iftixori” fermer xo‘jaligining 2,7 gektar, jami 153,2 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 22-sentyabrdagi 04/21-21-05/4834-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni 10-iyun muddatida egatlarga sepma usulida ekib etishtirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Sholining “Iskandar” hamda “Sadaf” navlari urug‘larini 10-iyun muddatida egatlarga sochma usulida ekib etishtirish texnologiyasi Uychi va To‘raqo‘rg‘on tumanida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 22-sentyabrdagi 04/21-21-05/4834-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali har gektaridan “iskandar” navidan 63-66 sentnerdan, “Sadaf” navidan 64-67 sentnerdan don hosili olinib, an’anaviy usulda ekib etishtirilgan maydonlarga nisbatan mavsumda 5-6 ming m3/ga gacha suv tejab qolish bilan birga gektaridan 7-8 sentnerdan qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan.