Aliev Bahodir Xasanovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa 
doktori  (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Artishok (Cynara cardunculus L. subsp. scolymus L. Naek) ni O‘zbekiston sharoitiga introduksiya qilish va urug‘chilik texnologiyasi elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx896.
Ilmiy rahbar: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Artishokning “Janub go‘zali” navi (№ NAP 00387).  
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston janubiy sharoitida artishokning nav namunalarini morfobiologik, xo‘jalik muhim belgilari bo‘yicha baholash, seleksiya ishlari uchun boshlang‘ich manba yaratish, urug‘chilik  texnologiyasi elementlarini ishlab chiqish, istiqbolli namunalarni ajratish va analitik seleksiya usuli asosida yangi navlarini yaratishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor O‘zbekiston janubida artishok nav namunalari to‘plami o‘rganilgan va istiqbolli nav namunalari ajratib olingan;
ushbu ekinning hayotining birinchi va ikkinchi yillarida qimmatli xo‘jalik belgilarining namoyon bo‘lishi aniqlangan;
analitik seleksiya usuli asosida tizmalarni ajratib olib seleksion bog‘chada o‘rganish va yakka tanlash ishlarini amalga oshirish orqali yangi “Janub go‘zali” navi yaratilib O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patent olingan;
artishok ekinini urug‘chilik texnologiyasining elementlari ishlab chiqilgan;
artishok o‘simligining urug‘ mahsuldorligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Artishokni O‘zbekiston sharoitiga introduksiya qilish va urug‘chilik texnologiyasi elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
artishokning sabzavot, dorivor, manzarali, em-xashak va asal beruvchi o‘simlik sifatida tomorqa xo‘jaliklarida, dala xovlilarda va fermer xo‘jaliklarida etishtirish mumkin bo‘lgan yangi “Janub go‘zali” navi analitik seleksiya usulida yaratilgan va O‘zR Intellektual mulk agentligi tomonidan ushbu navga 15.03.2022 yilda NAP 00387 raqamli patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 yanvardagi 07/23-06/59-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu nav 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan;
artishokning “Janub go‘zali” navi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Muhammad Fayz Baraka” fermer xo‘jaligida 0,05 gektar, “Chori Allayor o‘g‘li” fermer xo‘jaligida 0,1 gektar, “Normamatov Murod Turaevich” fermer xo‘jaligida 0,05 gektar, Termiz tumanidagi “Zafarboy Termiz Surxon” fermer xo‘jaligida 0,05 gektar, “Kun chiqar mirishkor” fermer xo‘jaligida 0,1 gektar,  Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Jarqo‘rg‘onlik Jamshidbek” fermer xo‘jaligida 0,1 gektar jami 0,45 gektar er  maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 yanvardagi 07/23-06/59-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu maydonlardan 13,4-17,6 tonna hosil etishtirilib, 4500 so‘mdan realizatsiya qilingan hamda 20-26,3 mln so‘m sof daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish