Abdurahmonov Jahongir Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Linter mashinasiga tozalash moslamasini tadbiq qilish va uning parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4208
Ilmiy rahbar: Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Rasulov Ro‘zimurot Xasanovich texnika fanlari doktori, dotsent, Bobojonov Xusanxon Toxirovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: linter mashinasiga yangi tozalash moslamasini tadbiq qilish orqali takomillashtirilgan linter konstruksiyasini yaratish, paxta chigitini linterlash va lintni tozalash jarayonlarini samaradorligini taʼminlaydigan texnologik va konstruktiv parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitlarni linterlash jarayonida lintni chiqarish quvuriga uning sifatini oshirish imkonini beruvchi tozalash moslamasini o‘rnatish orqali linterlash mashinasi takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan linter mashinasida ishlab chiqarilayotgan lint mahsulotini tozalash yuzasining samaradorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bog‘liqliklarini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan.
arra tishidan mahsulotni to‘liq ajratib olishni ta’minlash va ish unumdorligini oshirish maqsadida konstruktiv parametrlarni asoslash va ularni tahlil qilish orqali lint ajratuvchi cho‘tkali baraban konstruksiyasi yaratilgan;
lint ajratish barabanida joylashgan cho‘tkalar qatori, ularning umumiy soni hamda to‘rli sirt foydali yuzalarining lint ajratish jarayoniga ta’sir modeli konstruksiyalarni loyihalash usuli asosida yaratilgan
takomillashtirilgan linter mashinasida ishlab chiqarilayotgan lint mahsulotini tozalash yuzasining samaradorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning bog‘liqliklarini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Linter mashinasiga qo‘shimcha tozalash moslamasini joriy qilish orqali olingan natijalar asosida:
- lint tarkibidan iflosliklarni ajratish moslamasi “Namangan Paxta Teks” MChJ “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasteri” uyushmasining 2023-yil, 11-dekabrdagi 03/22-1008-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy o‘lchamlari, diametri 250 mm bo‘lgan, 1100 ayl/min aylanish tezligiga ega cho‘tkali baraban va barabandan kelgan lintni to‘rli yuzaga uzatuvchi, 30 gradus qiyalikda o‘rnatilgan o‘lchamlari; eni 1600 mm, uznligi 400 mm, teshik o‘lchamlari 2x6 mm, bo‘lgan jihozlardan tashkil topgan tozalash moslamasi hisobiga lint tarkibidan iflosliklarni 55.1 % ga tozalash bilan sifatli lint mahsuloti olishga erishilgan;
- linter mashinasiga tadbiq qilingan tozalash moslamasining maqbul parametrlari “Namangan Paxta Teks” MChJ “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasteri” uyushmasining 2023-yil, 11-dekabrdagi 03/22-1008-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir linter mashinasiga tozalash moslamasini alohida o‘rnatish natijasida olingan lint tarkibidagi iflosliklar 55,1 % ga tozalanib sifatli lint mahsuloti olish imkoniyati yaratildi.