Atambaev Dilmuhammad Davronbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pishitilgan ip ishlab chiqarishda qo‘shib o‘rash mashinasi ip yo‘naltiruvchi qurilmasining tuzilishini takomillashtirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4210
Ilmiy rahbar: Meliboev Umarjon Xaydarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari doktori, dotsent, Sayidmurodov Mirzoxid Mirzaraximovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘shib o‘rash mashinasi ip yo‘naltiruvchi qurilmasining tuzilishini takomillashtirish asosida uchta yakka ipni qo‘shib pishitilgan ip sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sifatli pishitilgan ip olish uchun qo‘shib-o‘rash mashinasi ip yo‘naltirgich mexanizmini takomillashtiruvchi uchta yakka ipni bir xil taranglikda qo‘shib-o‘rash qurilmasi ishlab chiqilgan;
qo‘shib o‘rash jarayonida ipni taranglovchi qurilmaning turli og‘irlikdagi yuklar qo‘yilgan holatida, yakka iplar farqlarini aniqlashning nazariy asosi chiziqli zichlik va o‘rash tezligiga bog‘liqlik tenglamalari orqali yaratilgan;
matematik rejalashtirish usuli yordamida ipning pishiqligini va ipning uzilishdagi uzayishi qiymatlarining ahamiyatliligini aniqlash uchun asosiy omillarning maqbul qiymatlarini aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan;
uchta yakka iplarni qo‘shib o‘rash texnologiyasida jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ralayotgan ipning tarangligini aniqlash usuli yakka ipga 8-24 gramm og‘irlik qo‘ygan holda ip tarangligi aniqlash orqali ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik ipini pishitishga tayyorlash texnologiyasini pishitilgan ip sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini tadqiqot qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan uchta iplarni qo‘shib o‘rovchi qurilma Namangan shahridagi «Art soft Cluster Holding» MChJda joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 16 yanvardagi № 03/25-99 sonli ma’lumotnomasi). Natijada pishitilgan ip assortimentining sifat ko‘rsatkichini yaxshilangan, mashinaning ish unumdorligi 20-25% oshirishga erishilgan.
takomillashtirilgan uchta iplarni qo‘shib o‘rovchi qurilma Namangan shahridagi «Art soft Cluster Holding» MChJ da joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 16 yanvardagi № 03/25-99 sonli ma’lumotnomasi). Ipni pishitishga tayyorlashda uchta iplarni qo‘shib o‘rash natijasida korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot assortimenti kengaydi. Natijada qo‘shib o‘rash mashinasida 2 xil assortimentda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi, korxonaning yillik iqtisodiy samaradorligi 234,738 mln.so‘m ni tashkil etdi.