Umarova Maxmuda Abdugafarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompyuter dasturini qo‘llash asosida eyilishga bardoshli po‘latlarni kimyoviy tarkibi va termik ishlov berish rejimini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3661.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Berdiev Darob Muratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Begatov Jaxongir Muxamadjonovich, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompyuter dasturini qo‘llash asosida yeyilishga bardoshli po‘latlarning kimyoviy tarkibi va termik ishlov berish rejimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘naltiruvchi vtulkaga noan’anaviy haroratda issiqlik bilan ishlov berish texnologiyasi issiqlik almashinuv qonuniyati asosida metall sarfiga bog‘liq ravishda kompyuter dasturi yordamida ishlab chiqilgan;
eyilishbardoshli po‘latlarning kimyoviy tarkibini aniqlash usuli, kompyuter dasturi yordamida kimyoviy tarkib elementlarining po‘lat xossalariga ta’sirining dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
yo‘naltiruvchi vtulkaga issiqlik bilan ishlov berish texnologiyasini aniqlash usuli, ishchi qismlarining eyilishbardoshliligi ishlov berishning o‘zgaruvchan harorat parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
po‘latlarga turli haroratda qizdirib ishlov berish natijasida hosil bo‘lgan struktura ko‘rsatkichlarining eyilish qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar yuza qatlamining qalinligiga bog‘liqlik darajasi asosida aniqlangan;
yo‘naltiruvchi vtulkaning ishchi qismlari eyilishbardoshliligining talab darajasini ta’minlovchi po‘latlarning kimyoviy tarkibi elementlarining mexanik xossalariga ta’siri asosida ishlab chiqilgan;
tadqiqot natijalari bo‘yicha yo‘naltiruvchi vtulkaga noan’anaviy usulda termik ishlov berish texnologik rejimi namunaning issiqlik almashinuv ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompyuter dasturini qo‘llash asosida eyilishga bardoshli po‘latlarning kimyoviy tarkibi va termik ishlov berish rejimini ishlab chiqish ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yo‘naltiruvchi vtulkaga nostandart haroratda issiqlik bilan ishlov berish texnologiyasi Toshkent traktor zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyatida joriy qilingan (O‘zAuto AJning 2023-yil 30-avgustdagi 15/06-25-1225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qismlarni ishlab chiqarish uchun metall sarfi 10–15 %ga kamaygan;
eyilishbardoshli po‘latlarning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun kompyuter dasturi Toshkent traktor zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyatda joriy qilingan (O‘zAuto AJ ning 2023-yil 30-avgustdagi 15/06-25-1225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kapital xarajatlarni 1,2–1,3 barobarga qisqartirgan;
yo‘naltiruvchi vtulkaga issiqlik bilan ishlov berish texnologiyasini aniqlash uchun kompyuter dasturi Toshkent traktor zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyatda joriy qilingan (O‘zAuto AJning 2023-yil 30-avgustdagi 15/06-25-1225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada vtulka ishchi qismlari eyilishbardoshliligini 1,1–1,2 barobarga oshirgan.